Pedagogning professional kompetentligi va mahorati



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   78
2.3.Pedagogning

Noyob qobiliyatlar
– shaxsga xos individual psixologik xususiyatning 
shunday turi bo„lib, u juda kam sonli shaxslardagina kuzatiladi va ko„p 
uchraydigan psixologik hodisa sanalmaydi
Nutq apparati
– nutqni hosil qilishda ishtirok etuvchi organlar.
Nutqli
(yoki tovushli) 
nafas olish
(fonatsion, yunon. “phono” – “tovush”) – 
nafasning nutq jarayonidagi olinishi
Nutq madaniyati
– o„z fikrini nutq yordamida mantiqli, to„g„ri, obrazli, 
aniq va ifodali etkazib berish malakalarining o„zlashtirilganlik darajasi
Nutq texnikasi
– nutqni tinglovchi yoki o„quvchiga etkazishda 
qo„llaniladigan vositalar majmui
Nutq hosil qiluvchi organlar
– nutqni hosil qilish jarayonida ishtirok 
etuvchi organlar (o„pka, ikkita bronx, traxeya, kekirdak, bo„g„iz, hiqildoq, halqum, 
tishlar, burun bo„shlig„i, lablar)
Pantomimika
– pedagog tomonidan bayon etilayotgan muayyan fikrni 
alohida ajratib ko„rsatishga, ma‟lum qiyofa orqali gavlantirishga imkon beradi 
gavda, qo„l va oyoqlarning harakati
Paralingvistik tizim
(yunon. “pará” – yaqin, nem. “linguistik” – til) – 
muloqot tarkibida so„zli, nazariy ma‟lumotlarniso„zsiz vositalar bilan birgalikda 
uzatilishi anglatuvchi tizim.
Pedagogik bilim
– bolalarni o„qitish va tarbiyalash, ta‟lim hamda tarbiya 
jarayonini tashkil etish asosida shaxsni har tomonlama kamol toptirishga doir 
tizimlangan ma‟lumotlar yig„indisi
Pedagogik bilimdonlik
– 1) pedagog tomonidan mutaxassislik bilimlarining 
puxta egallanganligi; pedagogning bilag„onligi; 2) pedagogning kasbiy faoliyatni 
mavjud ijtimoiy talab, huquqiy me‟yor va standartlarga muvofiq tashkil etishga 
bo„lgan qobilligi, kasbiy tayyorgarlik darajasi
Pedagogik boshqarish
– pedagogik jarayonlarni tashkiliy-metodik jihatdan 
uyushtirish (talabalar faoliyatni boshqarish; talabalar jamoasini boshqarish)

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə