Pedagogning professional kompetentligi va mahorati



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78
2.3.Pedagogning

Pedagogik madaniyat
– 1) pedagogning shaxs va mutaxassis sifatida 
muayyan xulq-atvor, odob, muomala va xatti-harakat ko„nikma, malakalarini 
o„zlashtirish darajasi; 2) pedagogning kasbiy vazifalarni hal qilish usul va 
vositalarini o„zlashtirganlik, pedagogik bilimdonlik, takt, texnika va madaniyatni 
namoyon qila olishning yuqori darajasi
Pedagogik majburiyat
– jamiyat tomonidan o„qituvchi shaxsiga, u 
tomonidan bir qator pedagogik majburiyatlarning bajarilishiga nisbatan 
qo„yiladigan talab va axloqiy yo„l-qo„riy, ko„rsatmalar majmuasi. 
Pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismlari
– o„qituvchilarda 
namoyon bo„ladigan kasbiy mahorat asosini tashkil etuvchi element (unsur)lar 
(pedagogik odob, pedagogik bilimdonlik, pedagogik qobiliyat, pedagogik muloqot 
madaniyati, pedagogik relaksatsiya, kommunikativ ta‟sir ko„rsatish qobiliyati, 
pedagogik takt (nazokat), pedagogik texnika, nutq texnikasi, pedagogik ijodkorlik, 
pedagogik tajriba, pedagogik madaniyat)
Pedagogik mahorat
– 1) o„qituvchining pedagogik jarayonni tashkiliy, 
metodik, ruhiy va sub‟ektiv jihatdan o„ta mohirlik, ustalik bilan tashkil etish va 
boshqarish qobiliyati, ko„nikma-malakasiga egaligi; 2) ta‟lim-tarbiya jarayoniga 
ongli, ijodiy yondoshuv, metodik bilimlarni samarali qo„llay olish qobiliyati, 
yuksak pedagogik tafakkur; 3) pedagog tomonidan kasbiy faoliyatning ustalik, 
mohirlik bilan, san‟atkorona tashkil etilishini ta‟minlovchi bilim, ko„nikma va 
malakalar majmui
Pedagogik muloqot
– pedagogning o„quvchilar jamoasi, ota-onalar, 
hamkasblar hamda rahbariyat bilan uyushtiradigan suhbati
Pedagogik muloqot madaniyati
– pedagogning o„quvchilar jamoasi, ota-
onalar, hamkasblar, rahbariyat bilan pedagogik odob va muloqot talablariga 
muvofiq holda uyushtiriladigan suhbati
Pedagogik muloqotning avtoritar uslubi
– pedagogik muloqotda 
o„qituvchining mutloq ustunligini ifodalovchi uslub

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə