Pedagogning professional kompetentligi va mahorati



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
2.3.Pedagogning

Pedagogik texnika
– pedagog tomonidan o„zlashtirilgan alohida talaba va 
talabalar jamoalariga pedagogik ta‟sir ko„rsatish metodlarini amalda samarali 
qo„llay olish uchun zarur bo„lgan BKM yig„indisi (o„zini o„zi hissiy boshqarish, 
pantomimika, mimika, jest (gavda, qo„l, oyoq harakatlari), nutq texnikasi, alohida 
so„z yoki ifodalarni ifodalash sur‟ati (ritmika))
Pedagogik hamdardlik
(empatiya) – pedagogga xos sifat (talabalar, ota-
onalar, hamkasblar va rahbarlarning xatti-harakatlari, hissiyotlari, hayotiy 
intilishlari, tabiatlarini tushunish, boshqalar nuqtai nazarini ma‟qullash asosida 
jamoadagi munosabatlarni me‟yorda tashkil etilishini ta‟minlash; o„zgalarning 
ichki holatini, o„y-fikrlarini va his-tuyg„ularini tushuna olish; boshqalarning 
boshiga tushgan kulfat, falokatlardan qayg„urish; rollarni qabul qilish – og„ir 
vaziyatda bo„lgan kishilarning o„rniga o„zini tasavvur, mushohada yordamida 
qo„yib ko„rgan holda ulardagi ijobiy his-tuyg„ularini qayta tiklashga 
ko„maklashish; o„zgalarning qayg„u-alamlaridan, kulfatlaridan qayg„urish, 
ko„ngilni ko„taruvchi, taskin beruvchi so„zlar bilan og„ir vaziyatda qolgan 
kimsalarga ijobiy ta‟sir ko„rsatish
Pedagogik qobiliyatni rivojlantirish
– faqat pedagoglargagina xos bo„lgan 
qobiliyatlarni yanada boyitish va takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitni 
yaratish
Pedagogik qobiliyat
–pedagogik faoliyatni oqilona tashkillashtirish va olib 
borilishiga imkon beradigan, amaliy vazifalarning samarali bajarilishini 
ta‟minlashda ahamiyatli bo„lgan pedagogga xos xususiyatlar
Perseptiv-pedagogik qobiliyatlar
(lot. “perceptio” – o„zlashtirish) – 
shaxsning ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o„quvchining 
psixik holatlarining nozik jihatlarini tushuna olish qobiliyati
Psixologik kompetentlik
– pedagogik jarayonda sog„lom psixologik 
muhitni yarata olish, talabalar va ta‟lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan 
ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o„z vaqtida 
anglay olish va bartaraf eta olish 
Relaksopediya
(lot. “relaxation” – “quvvatsizlik”, “zaiflashish”, ruhan yoki 
jismonan holda toyishni bartaraf etish pedagogikasi) – shaxsda ruhiy va jismoniy 
toliqishlarni bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə