Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə39/80
tarix25.03.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#103126
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80
Konfliktologiya. sirtqi lotin

Ta’sirli nutq - tasvirli nutq. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan nutqiy sifatlar bilan bevosita dahldor bo‘lgan omillardan biri nutqning ta’sirchanligidir. Ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchi orasidagi muloqot qanchalik ta’sirli bo‘lsa, dars shunchalik mazmunli, samarali bo‘ladi.
3-mavzu. 0 ‘zgani anglash (eshitish) va o’zini anglash qoidalari
Konflikt yechimida boshqa bir insonni eshitish hamda o'z fikrini o’tkazishni tenglik sharoitida olib borish muhim talablardan biriga aylanadi. Konflikt yechimida 0‘zgani eshitish va o ‘zini anglatish qonuniyatlariga rioya etish yo’llari.


Pedagogik konfliktlarni bartaraf etishda pedagogik hamkorlik
Pedagogik konfliktologiya nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ta’lim jarayonini insonparvarlashtirilgan, shaxsga yo‘naltirilgan modeli sifatida baholaydilar. Chunki, pedagogik konfliktga asoslangan pedagogik jarayonning maqsadi o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning erkinliklari va huquqlarini hurmat qilish asosida ta’lim-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishni nazarda to‘tadi.



10-rasm.Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik konfliktlarning yuzaga kelish turlari

Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik konfliktlarning yuzaga kelishida: o‘qituvchi-sinf jamoasi, o‘qituvchi-kichik guruh, o‘qituvchi katta guruh, o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘quvchi, kichik guruh-kichik guruh, kichik guruh-sinf kabi turlarida namoyon bo‘ladi. Pedagogik konfliktologiya fanini o‘qitish texnologiyalaridan samarali foydalanishning o‘ziga xos pedagogik-psixologik va uslubiy asoslari yaratilmoqda. Ular: DTS va ularga muvofiq darajada o‘zlashtirilishi talab qilinadigan yangi bilimlar hajmi asosida o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilarining hamkorlikda ishlashlari uchun shart-sharoit belgilash va ulardan foydalanish imkoniyatlari, o‘quv reja, o‘quv dastur, o‘quv materiallari, dars mavzusi, o‘quv jarayoni modeli, texnologik xaritasi, dars ishlanmasi va h k; Hamkorlik muhitiga kirishadigan o‘quvchilarning psixologik, yosh xususiyatlari va o‘zlashtirish imkoniyatlarini hisobga olish, mashg‘ulotlarda har bir o‘quvchi uchun qulay, erkin, hissiy ko‘tarinkilik muhitini yaratish, erkin muloqotni sifatli uyushtirishda dars mavzusi, mazmuni, qo‘llanilayotgan tushunchalar, atamalar, ta’riflar, formulalar va boshqalarning o‘quvchilar uchun tushunarli, qiziqarli bo‘lishini ta’minlash; mashg‘ulot uchun zarur didaktik, kognitiv, vizual vositalarni oldindan tayyorlash, muloqot usullari hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkilqilish kabilar. Shuni ta’kidlash kerakki, o‘qituvchi hamda o‘quvchilar orasidagi hamkorlik - ta’lim jarayonining asosini tashkil qilishi lozim. Pedagogik konfliktlar yechimini topishga asoslangan pedagogik jarayonning tarkibiy qismlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:


-ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion usullar;
-insonparvarlikka asoslangan demokratik yondashuvlar;
-o‘zaro ishchan muloqotga asoslangan dialog muhiti;
-ishchan pedagogik muhit kabilar.
Pedagogik konfliktlar yechimini topishda quyidagilarmuhim ahamiyatga ega. Ular: interaktiv usullardan foydalanish. O‘quvchilarga axborotlarni jadal tarzda taqdim qilish, muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, izlanuvchanlikka asoslangan ijodiy muhit yaratish, dialogdan samarali foydalanish, o‘quvchilarni turli didaktik o‘yinlarga jalb qilish kabilar.
Pedagogik konfliktlar yechimini ta’minlashning maqsadli yo‘nalishlari mavjud. Jumladan:
- pedagogik talabdan pedagogik bevosita va bilvosita muomala, muloqot va munosabatga o‘tish;
- o‘quvchilarga erkin, hissiy, insoniy va shaxsiy yondashuv asosida ta’lim berish: o‘zaro hamjihatlik, tushunish, anglash, qabul qilish, hamdardlik, ko‘maklashish, ijobiy his-tuyg‘ularni ifodalash muhitini ta’minlash kabilar.
Pedagogik konfliktlar yechimini topishga asoslangan ta’lim jarayoni o‘ziga xos jihatlarga ega. Bunday o‘ziga xosliklar sirasiga:

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə