Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)

Beshinchi (bo‘lim).
(32) Besh xil jonzodga: birinchidan
yana ikki oyoqli insonga, ikkinchidan, (33) to‘rt oyoqli 
hayvonga, 
uchinchidan, 
uchuvchi 
jonzodlarga, 
(34) 
to‘rtinchidan, suv ichidagi jonzodlarga, beshinchidan, yerdagi
sudralib (35) yuruvchi jonzodlarga ozor yetkazib, tangrim, bu 
besh xil (36) mavjudotni, ulug‘idan kichigiga qadar qancha 
qo‘rqitib (37) hurkitgan bo‘lsak, qancha urib azoblagan 
bo‘lsak, qancha ranjitgan (38) bo‘lsak, qancha o‘ldirgan 
bo‘lsak, shuncha jonzodga (39) qarzdor bo‘ldik. Tangrim, endi 
yozuqdan xalos etgin deya (40) o‘tinurmiz. Yozug‘imizni 
kechirgaysan!
Oltinchi (bo‘lim).
Yana (41) tangrim, yozuq qilib yomon 
xayollar bilan, so‘z bilan, ish bilan o‘n (42) xil yozuq qilgan 
bo‘lsak, qancha soxta ishlar qilgan (43) bo‘lsak, yana qancha 
yolg‘on so‘zlab, ont ichgan bo‘lsak, qancha yolg‘onchi (44) 
kishiga qo‘l tutgan bo‘lsak, yana yozuqsiz kishini qancha (45) 
g‘iybat qilgan bo‘lsak, yana gap tarqatib, kishini qancha (46) 
yomonlagan bo‘lsak, ko‘nglini, bilimini yerga qorgan bo‘lsak, 
(47) qancha jodu-afsun qilgan bo‘lsak, yana qanchadan-qancha 
jonivorlarni (48) o‘ldirgan bo‘lsak, qancha aldagan bo‘lsak, 
(49) qancha bola-chaqali kishining omonatini yeb ketgan 
bo‘lsak, Kun-oy tangri (50) ma’qul ko‘rmagan ishni qanchalar 
qilgan bo‘lsak, yana ilk chog‘lardan (51) shu kezga qadar rohib 


328
o‘g‘lonlar yaralgandan buyon, qancha yozuq qilgan, (52) 
yanglishgan bo‘lsak, buncha ko‘p jonzodga qanchalik qahr-
g‘azab (53) qilgan bo‘lsak, tangrim endi bu o‘n xil yozuqdan 
(54) qutqargin deya o‘tinurmiz. Yozug‘imizni kechirgaysan! 
Yettinchi (bo‘lim).
(55) Yana yozuq qilib ikki og‘uli yo‘l 
boshiga, do‘zax eshigiga, (56) ozdiruvchi yo‘lga, kim desa: 
birinchi – yolg‘on qonunu odatlarni (57) tutuvchi, ikkinchi – 
yana shaytonu iblislarga tangri deb sig‘inuvchi (58) yozuq 
qilib, tangrim, haqiqiy tangrini, chin qonunlarni (59) bilmay, 
anglamay, burxonlar, pok ruhoniylar da’vat qilsalar, (60) 
topinmay, 
aksincha, qayta 
yozuq qilib 
xudojo‘yman, 
ulamoman deb (61) har kimsaga ergashib, uning so‘zini olib, 
qancha yanglishib, ro‘za (62) tutgan bo‘lsak, qancha 
yanglishib, topingan bo‘lsak, qancha yanglishib (63) ehson 
qilgan bo‘lsak, yana savob ishlar qilamiz deb, yanglishib, (64) 
qancha yovuz ishlar qilgan bo‘lsak, yana shaytonu iblislarga 
(65) tangri debon (ularning haqiga) tirik jonivorlarni o‘ldirib, 
topingan bo‘lsak, yana (66) burxon deb soxta aqoidga 
topingan, inongan bo‘lsak, (67) (ulardan) qut tilab yukungan 
bo‘lsak, tangriga yozuq qilib, shaytonga (68) topingan bo‘lsak, 
tangrim endi o‘kinurmiz, yozuqdan xalos etgin deya (69) 
o‘tinurmiz. Yozug‘imizni kechirgaysan!

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə