Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)

O‘n uchinchi (bo‘lim).
Oy tangrining kuni sayin (123) 
tangriga, qonunga, pok ruhoniylar oldida yozuqlarimizdan 
(124) qutilishni so‘rab, o‘tinmak kerak edi. Yana bilib-bilmay, 
(125) parvosizlik bilan, yumushni bahona qilib, yozuqdan 
(126) qutilishni istamagan bo‘lsak, endi tangrim, yozuqdan 
qutilaylik deya (127) o‘tinurmiz. Yozug‘imizni kechirgaysan.
O‘n to‘rtinchi (bo‘lim).
(128) Bir yilda yettita diniy 
marosim o‘tkazish farzi bor edi. Bir oy (129) din 
ko‘rsatmalarini tutmoq kerak edi. Yana ibodatxonada topinib, 
(130) ro‘za tutib, tangri burxonga chin iymon bilan ko‘ngil 
qo‘yib (131) bir yilgi yozug‘imizdan tavba qilmoq kerak edi. 
Tangrim (132) yetti marosimni tugal ado eta olmagan bo‘lsak, 
bir oylik din ko‘rsatmalarini (133) ezgulik bilan, pokizalik 
bilan tuta olmagan bo‘lsak, bir yilgi yozug‘imizni (134) chin 
iymon bilan ko‘ngil qo‘yib xalos bo‘lishni tilay olmagan 
bo‘lsak, qancha (135) nuqsonlar bo‘lgan bo‘lsa, endi tangrim, 
yozuqdan qutilaylik deya (136) o‘tinurmiz. Yozug‘imizni 
kechirgaysan. 


331
O‘n beshinchi (bo‘lim).
Kun (137) sayin qancha yomon 
xayollarga berilamiz, qancha beadab (138) so‘zlarni aytamiz, 
qancha nojo‘ya (139) ishlarni qilamiz, yovuz ishlarga, yozuqqa 
o‘z-o‘zimizni (140) tutib, azoblanamiz. Yana kunlik rizqimizni 
deb, besh tangri tangri yorug‘i, o‘z (141) vujudimiz, to‘ymas, 
uyatsiz, suq, shayton istagicha (142) yurganimiz uchun yomon 
yerga boradi. Shuning uchun tangrim (143) butunlay yozuqdan 
qutilaylik deya o‘tinurmiz. Yozug‘imizni kechirgaysan! (144) 
Tangrim, yozuqlimiz, qarzdormiz, to‘ymas, (145) uyatsiz, suq 
iblis uchun xayol qilib, so‘z bilan, ish bilan, (146) yana ko‘z 
bilan ko‘rib, quloq bilan eshitib, til bilan so‘zlab, qo‘l bilan 
(147) sunub, oyoqda yurib, (besh tangri yorug‘ini) uzluksiz 
qiynaymiz. (148) Besh tangri yorug‘ini qurug‘ ho‘l yerga 
(tashlab), besh xil jonzodni (149) besh xil o‘simlikni 
(qiynaymiz). Yana yozuqlimiz. (150) O‘nta diniy aqoidga, yetti 
xil ehsonga, uch tamg‘aga nig‘o‘shak (151) otini tutamiz, 
amalda esa bajara olmaymiz. Yana yorug‘ (152) tangrilarga, 
chin qoidaga, xudojo‘y, ulamo, pok ruhoniylarga (153) qancha 
yozuqlar qilib, yanglishgan bo‘lsak, yana tangri aytgan o‘gut 
(154) bilimlarga amal qilib yurmagan bo‘lsak, tangrilar 
ko‘nglini sindirgan bo‘lsak, (155) yana marosimu farzlarni
olqishlarimizni diniy qoidalar, aqoidga mos holda tuta (156) 
olmagan bo‘lsak, qancha zarar yetkazgan bo‘lsak, kun sayin, 
(157) oy sayin yozuq qilarmiz. Yorug‘ tangrilarga, qutlug‘ 
qonun (158) sha’niga, pok rohiblar oldida, yozuqlardan 
qutilaylik deya (159) o‘tinurmiz. Yozug‘imizni kechirgaysan!
(Matnni) 
tugallagan 
Tarxon. 
(160) 
Tugadi 
nig‘o‘shaklarning yozuqlardan o‘kinuv kitobi – “Xuastuanift” . 

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə