Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)

Sakkizinchi (bo‘lim).
Haqiqiy (70) tangrini, chin 
qonunlarni anglab yetganimizda ikki asosni, (71) uchala 
zamonga tegishli qonunni bildik. Yorug‘likning asosini, tangri 
yerini, (72) zimistonning asosini, do‘zax yerini bildik. Yer va 
osmon yo‘q (73) ekanidan burun nima bo‘lganligini bildik. 
Tangri va iblis (74) nimadan keyin urushdilar, yorug‘lik bilan 
qorong‘ulik qanday qilib aralashdilar, yerni, (75) osmonni kim 
yaratganini bildik. Yana ilk zulmat, yeru (76) osmon nimadan 
so‘ng yo‘qolg‘ay, yorug‘lik va qorong‘ulik qanday qilib 
ajralg‘ay, (77) shundan keyin nima bo‘lishini bildik. Azrua 
tangriga (78) Kun-oy tangriga, kuchli tangriga, burxonlarga 
(79) inondik, tayandik, nig‘o‘shak bo‘ldik. To‘rt yorug‘ 


329
tamg‘ani (80) ko‘nglimizda tamg‘aladik: birinchisi – sevgi – 
Azrua tangri (81) tamg‘asi; ikkinchisi – e’tiqod – Kun-oy 
tangri tamg‘asi; uchinchisi – (82) qo‘rquv – besh tangri 
tamg‘asi; to‘rtinchisi – dono fikr – (83) burxonlar tamg‘asi. 
Tangrim, aqlimizni, ko‘nglimizni bu to‘rt (84) xil tangrilardan 
qaytargan bo‘lsak, o‘rnidan qo‘zg‘atgan (85) bo‘lsak, tangri 
tamg‘asi buzilgan bo‘lsa, endi tangrim, yozug‘imizni (86) 
kechirgin deb o‘tinurmiz. Yozug‘imizni kechirgaysan.
To‘qqizinchi 
(bo‘lim).
(87) 
O‘nta 
diniy 
aqoidni 
tutganimizda: uchtasi og‘iz bilan bog‘liq, uchtasi (88) ko‘ngil 
bilan, uchtasi qo‘l bilan, biri butun o‘zlik bilan bog‘liq 
(aqoidlarni) tugal tutmoq (89) kerak edi. Tangrim, bilib-bilmay 
vujud farog‘atiga (90) berilib, yomon yo‘ldosh, o‘rtoqlarning 
so‘ziga kirib, ko‘ngil bilan (91) ko‘rib, mol-mulkka hirs qo‘yib 
yoki hojatimizni (92) ko‘zlab bu o‘nta diniy aqoidni buzgan 
bo‘lsak, qancha zarar (93) yetkazgan bo‘lsak, tangrim, endi 
yozuqdan qutqarg‘il deya o‘tinurmiz. (94) Yozug‘imizni 
kechirgaysan!

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə