Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)

Mazmuni 
(1) … qutilmoq uchun yorug‘ni (2) … evrilur. To‘rt yoqni 
(3) … bilmayin Kun-oy tangriga, ikki (4) … tangrilarga qancha 
yozuq qilgan bo‘lsak, (5) … tangri deb topinmagan bo‘lsak, (6) 
… yolg‘on so‘zlarni aytgan bo‘lsak, yana Kun-oy (7) … erksiz 
holda tug‘ar va botar [ya’ni Kunning tug‘ishi va botishi] istagi 
… (8) … esa, o‘z o‘zimizni Kundan, Oydan (9) yuqori qo‘ygan 
bo‘lsak, bu ikkisini bilmay, yozuq qilgan … (10) … 
Yozug‘imizni kechirgaysan!
Uchinchi (bo‘lim).
Yana besh (11) tangriga, Xo‘rmuzta … 
a: birinchisi – Havo-tangri; (12) ikkinchisi – Yel-tangri; 
(uchinchisi) – Yorug‘-tangri; to‘rtinchisi – Suv-tangri; (13) 
beshinchisi 
– 
O‘t-tangri 
qabohat 
bilan 
to‘qnashib, 
jarohatlangani (14) uchun, qorong‘ulikka qorishgani uchun 
tangri yeriga bora (15) olmay, bu yerda erur. Yuqorida o‘n qat 
ko‘k, pastda (16) sakkiz qat yer besh tangri tufayli turur. Yer 
yuzidagi borliq- (17) ning baxtu saodati, rang-tusi, ruhi, vujudi, 
kuchi, yorug‘i, (18) asosi besh tangridandir. Tangrim, yozuq 
qilib, besh tangrini (19) bilmay, yovuz, bo‘lmag‘ur o‘ylar bilan 
ularni qancha vayron qilgan, shikast yetkazgan bo‘lsak, (20) 
o‘n to‘rt xil jarohat yetkazgan bo‘lsak, o‘nta ilon boshli (21) 
barmoqlarimiz bilan, o‘ttiz ikki tish bilan tirik jonni yemish 
qilib, (22) tangrini qancha ranjitgan bo‘lsak, qurug‘-ho‘l yerga, 
(23) besh xil jonzodga, besh xil o‘simlikka (24) qancha ozor 


327
yetkazgan bo‘lsak, … tangrim, yozuqdan qutqarg‘il deya 
o‘tinur- (25) miz. Yozug‘imizni kechirgaysan!
To‘rtinchi (bo‘lim).
Burungi tangrining (26) elchisi 
burxonlarga, taqvodor, pok rohiblarga (27) bilmay turib qancha 
yozuq qilgan bo‘lsak, yana tangrining sadoqatli elchisi 
burxonga (28) deb, ezgu qilmishli pok rohib deb e’tiqod 
qilmagan bo‘lsak, tangrining (29) qonunlarini [ya’ni qutlug‘ 
kitobdan] so‘zlaganda, bilimsizlik bilan unga qarshi chiqqan 
bo‘lsak, qonun- (30) qoidalarni yoyish o‘rniga ularni tiygan 
bo‘lsak, tangrim, endi o‘kinurmiz, (31) yozuqdan qutqarg‘il 
deya o‘tinurmiz. Yozug‘imizni kechirgaysan!

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə