Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


SULTON UMARSHAYXNING UYG‘UR YOZUVLI YORLIG‘I



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)

 
SULTON UMARSHAYXNING UYG‘UR YOZUVLI YORLIG‘I 
 
Sulton Umarshayxning 1469 yili Marg‘ilon ulamolaridan 
bo‘lmish Mir Sayid Ahmadga bergan yorlig‘i uyg‘ur yozuvidadir. 


343
Quyida P. Melioranskiy keltirgan faksimili asosida (Мелиоранский 
1906,таблица I) yorliqning transkripsiyasini keltiramiz. 
 
Matn transkripsiyasi 
(1)
Sultān Umar šayx bahadur sözüm.
(2)
Divānlarğa, barča (3) M(a)rğin(a)n určïnnïŋ (4) tüšämäl 
amaldār, sāhib čamlarïğa!
M(a)rğïn(a)n büzrügläridin Mir Sayid Ahmadğa (5) 
M(a)rğïn(a)n qasabasïdïn burun bir milk bağï bilä iki qošluq 
ekininiŋ har ne (6) divānğa čïqar har türlüg mālïnï suyurğal 
berilip erdi. Emdi uy yïlïda (7) riāyat qïlïp qasabadïn otuz altun 
tawačï tartusïnï dağï suyurğal (8) berildi. Emdi bu tarixğa 
berilgänni uy yïl šavval ayïnïŋ yigirmi yetisidin (9) bašlap 
burunğï suyurğalïnï dağï berilgän nišānï yosunï bilä musallam 
tutup, (10) yïlğa yaŋgi niš(ā)n tilämäyin bu niš(ā)n bilä yïl sayu 
heč türlüg saltïq (11) salmayïn daftarlarğa surusun. Özi alïp 
yesün. Heč kiši māl, (12) tartu (?) tilämäsün, küč uğa 
tegürmäsün tep muhurluğ ni(šā)n uy yïl (13) šavval ayïnïŋ 
yigirmi sekizi Andigändä bitildi.
 
Matnning mazmuni 
 
(1)
Sulton Umarshayx bahodur so‘zim. 
(2)
Devonxonalarga, barcha (3) Marg‘inan yurtining (4) 
tushim yig‘uvchilari, coliq idoralarining boshliqlariga!
Marg‘inan buzurglaridan Mir Sayid Ahmadga (5) 
Marg‘inan qasabasidan ilgari bir milk bog‘ bilan ikki qo‘shliq 
ekinning har ne (6) devonga chiqar har turli molini [ya’ni 
xazinaga to‘lanuvchi daromadni] suyurg‘al qilib berilgan edi. 
Endi sigir yilida (7) (bunga) rioyat qilib, qasabadan o‘ttiz oltin 
tavachi tartusini[ya’ni don-dun, uy hayvonlari va savdodan 
olinadigan daromadni?] yana suyurg‘al (8) qilib berildi. Endi 
bu sanada berilganni sigir yili shavval oyining yigirma 
yettisidan (9) boshlab avvalgi suyurg‘alni yana berilgan 


344
nishoni yo‘suni bilan musallam tutib, (10) har yili yangi nishon 
talab qilmay, bu nishon bilan yil bo‘yi har turli soliq (11) 
solmay, daftarlarga qayd etilsin. (Daromadlaridan) o‘zi 
foydalansin. Hech kishi (undan) mol, (12) don-dun talab 
qilmasin. Unga ziyon-zahmat yetkazmasin deb, bu muhrli 
nishonni sigir yili, (13) shavval oyining yigirma sakkizida 
Andiganda bitildi.

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə