Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/150
tarix25.05.2022
ölçüsü2,75 Mb.
#87835
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   150
Turkiy til tarixi by Sodiqov Qosimjon. (z-lib.org)

O‘ninchi (bo‘lim).
Kunda to‘rt olqish – (95) Azrua 
tangriga, Kun-oy tangriga, kuchli tangriga, (96) burxonlarga, 
ixlos bilan, chin ko‘ngil bilan olqish aytish (97) farzi bor edi. 
Yana qo‘rqmasdan, erinib, yaxshi va tugal (98) alqamagan 
bo‘lsak, yana alqov aytganda ko‘nglimizni, (99) o‘y-fikrimizni 
tangriga tutmagan bo‘lsak, duolarimiz (100) tangriga poklik 
bilan yetmagan bo‘lsa, qay yerda tiyilib-tutilib qolgan (101) 
bo‘lsa, endi tangrim, yozuqdan qutqarg‘il deya o‘tinurmiz. 
Yozug‘imizni (102) kechirgaysan!
O‘n birinchi (bo‘lim).
Yana yetti xil ehson chin (103) 
aqoidga tortiq qilish farzi bor edi. Yana besh tangri yorug‘ini 
(104) yig‘uvchi farishtalar Xro‘shtag, Paduaxtag tangri 
tangriga (105) boruvchi, qutqarg‘uchi besh tangri yorug‘ini 
bizlarga keltirganda, (106) biz ularni sharhlab qonunga tortiq 
qilish farzi (107) bor edi. Yoki qayg‘u-musibatga atab ehson 
bergani qizg‘anib (108) yetti xil ehson, chin aqoidga butkul 


330
bera olmagan bo‘lsak, (109) tangriga boruvchi, (yozuqlardan) 
qutqarg‘uchi besh tangri yorug‘ini uy-joyga (110) bog‘lagan 
bo‘lsak, yovuz ishlar qilg‘uchi kishiga, iflos jonivorlarga (111) 
bergan bo‘lsak, to‘kib-sochgan bo‘lsak, tangri (112) yorug‘ini 
nojoiz yerga tashlagan bo‘lsak, endi tangrim, yozuqdan (113) 
qutilaylik deya o‘tinurmiz. Yozug‘imizni kechirgaysan.
O‘n ikkinchi (bo‘lim).
(114) Bir yilda ellik kun pok 
rohiblarcha farzni bajarish (115) kerak edi. Chin ro‘za tutib, 
tangriga ehson qilish (116) kerak edi. Yana uy-joyni tutish 
uchun, mol- (117) mulkka hirs qo‘yib yoki hojatimizni ko‘zlab, 
yana to‘ymas, (118) andishasiz, suq shayton uchun, yana 
qo‘rqmaydigan ko‘nglimiz (119) uchun erinib, bilib-bilmay 
ro‘zani buzgan (120) bo‘lsak, ro‘za tutib, ezgulik bilan qonun-
qoidalarga mos holda ro‘za tutmagan (121) bo‘lsak, endi 
tangrim, yozuqdan qutilaylik deya o‘tinurmiz. Yozug‘imizni 
(122) kechirgaysan!

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə