S. F. Abdirasilov



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

Kompozitsion faoliyat
Kompozitsiya boMimi dasturda yetakchi o‘rinni egallaydi va 
quyidagi qismlardan tashkil toradi:
a) rangtasvir kompozitsiyasi;
49
www.ziyouz.com kutubxonasi


b) dekorativ kompozitsiya;
d) haykaltaroslilik kompozitsiyasi.
a) 
Rangtasvir kompozitsiyasi mavzu asosida, xotira va tasavvurdan 
rasmlar ishlash jarayonida o‘z aksini topadi. Bunda tanlangan mavzuga 
ko‘ra, uning elementlari qog‘oz yuzasida bir-biriga bogMiq holda 
joylashib, yaxlit kompozitsiyani hosil qiladi. Mavzuli kompozitsiyalar 
îuzishda detallarning o‘rnini almashtirish, qo'shimcha detallar kiritish 
orqali kompozitsiya mazmunini boyitish kabilar ham muhim ahamiyat 
Icasb etadi. Mazmunni ifodalashda kompozitsiyaning asosiy qonuniyat- 
lariga rioya qilish lozim. Bular kompozitsiyaning bir butunligi, 
detallarni, shakllami, ranglami xillashtirish orqali hamma tasviriy 
vositalarni bosh g‘oyaga bo'ysundirishdan iborat.
-Kompozitsiyada asar yaratishning muayyan qoidasini simmetriya, 
nosimmetriya, muvozanat, detallaming oichovi, shakli, rangi kabilarga 
rioya qilinadi.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlaii asosan tevarak-atrofdagi 
hayotni aks ettiruvchi mavzularda rasm ishlashga asoslanadi. 
0 ‘quvchilar mashg‘ulotning bu turida rasmni naturadan emas, baiki 
xayoldan va tasavvurdan ishlaydilar. Xayoldan va tasavvurdan ishlangan 
kompozitsiya narsaning o‘ziga qarab rasm ishlashga qaraganda ancha 
murakkab bo‘lib, u o‘quvchidan ham, o'qituvchidan ham katta 
mas’uliyat talab etadi.
B.Boboyev. Do‘stIik iplari.
50
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mavzuli 
kompozitsiya 
mashg‘ulotIarida, 
bolalar 
rasmda 
tasvirlanishi kerak boMgan obyekt bilan tanishtirilishi, undagi ba’zi bir 
narsaiaming xomaki chizmalarini ishlashlari lozim bo'ladi.
Odatda o‘qituvchi bolalarga bir yoki bir necha mavzuni tavsiya 
etadi. 0 ‘quvchilar esa mavzulardan birini tanlab, shu asosda 
kompozitsiya ishlaydilar. Mavzu asosida rasm chizishda o‘quvchilar 
narsaiaming asliga qarab rasm ishlash, dekorativ rasm ishlash, san’atni 
va borliqni idrok etish darslarida olgan bilim va malakalariga 
tayanadilar. Mavzu asosida rasm ishlash darslarida bolalarning 
fantaziyasi va tasawurlari faollashadi.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlarining asosiy vazifalari 
bolalarga narsaiaming shakli, rangi, ularning tuzilishi haqida 
tushunchalar berish, eng qiziq mavzu tanlay olish, qog‘ozda rasmni 
to‘g‘ri joylashtirishga o‘rgatish kabilardan iboratdir. Bulardan tashqari 
perspektivaning elementar qoidalari haqida tushuncha berish (yaqindagi 
narsaiaming kattaroq, uzoqdagilaming kichikroq ko‘rinishi), mavzu 
asosida rasm chizishda, obraz va narsaiaming o‘zaro munosabatlarini 
to‘g‘ri tasvirlashga o‘rgatish ham kompozitsiyaning vazifasiga kiradi.
Tasviriy san’at asarlaridagi kompozitsiyaning prinsipi va qonunlari 
bilan o‘quvchilaming mazmunli rasm ishlash usuli o‘rtasida muayyan 
umumiylik bor. Shuning uchun tasviriy san’atdagi kompozitsiyaning 
hamma qonunlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tiladigan 
tasviriy san’at predmetidagi kompozitsiyaga yoppasiga tatbiq etish 
mumkin.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi 
o‘quvchiIarda ijodiy tafakkur, tasawur va fantaziyani kerakli darajada 
rivojlantirishdir. Kompozitsiya qonuniyatlarini o‘quvchilar ongiga 
yetkazishda tasviriy san’at asarlarining reproduksiyalaridan foydalanish 
va ularni tahlil qilishning ahamiyati katta.
Mavzu 
asosida 
kompozitsiyalar 
ishlashda 
bo‘yoqlardan 
foydalanish murakkab vazifalardan hisoblanadi. 
Chunki bunda 
ko‘rgazmaIi vosita va metodik usullardan to‘g‘ri foydalanilgan 
holdagina rangshunoslikka oid bilim, malaka va ko‘nikmalami 
o‘zlashtirishga erishiladi. Bulardan tashqari rangtasvir kompozitsiyasi 
mashg‘ulotlarida bolalami rangli qog‘ozlar bilan ishlashga o‘rgatish 
ijodiy ishlaming yanada qiziqarli bo‘lishiga yordam beradi.
b) 
Dekorativ 
kompozitsiya 
turli 
shakldagi 
naqshlaming 
namunasidan ko‘chirish, mustaqil ijodiy naqsh ishlash hamda dekorativ- 
bezak ishlari singarilami qamrab oladi.
51
www.ziyouz.com kutubxonasi


U o‘quvchüarga turmushda uchraydigan narsalaming vazifalari, 
ulaming shakli, bezak elementlarining o‘zaro bog‘liqligi haqida 
tushuncha berishni hamda yuksak mahorat bilan tasvirlangan narsalami 
didsiz, pala-partish ishlangan narsalardan farq qila bilishga o^rgatishni, 
shuningdek, ulaming badiiy didini tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi.
Dekorativ 
kompozitsiya darslarida 
bolalarga 
har qanday 
naqshlaming elementlarini tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardan 
olingani haqida tushuncha beriladi. Binobarin, naqsh ishlash mashg'u- 
lotlarida rasm ishlovchi real shaklni o‘zgartirishi, uni soddalashtirishi, 
unga yangi detallar qo‘shishi mumkinligi qayd qilinadi.
Boshlang‘ich sinflarda dekorativ tarzda qayta ishlangan tabiiy va 
geometrik shakllarga asoslangan yo'lsimon, kvadrat, doira, to‘rtburchak 
shakllardagi naqshlar chizdiriladi.

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə