S. F. Abdirasilov


Adabiy asarga illyustratsiya ishlash



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

Adabiy asarga illyustratsiya ishlash.
Dekorativ 
kompozitsiya 
ishlaridan 
aw al 
naqsh 
tuzishda 
ishlatiladigan elementlami o‘ziga qarab rasmini chizish lozim. 
Shuningdek, o‘qu\ chilarga tabiiy shaklni stillashtirish bo^icha 
mashqlami bajarib borish foydalidir. Stillashtirish dekorativ tarzda qayta 
ifodalanadigan shakllarning tuzilishi, silueti, rangiga taalluqlidir.
0 ‘quvchilar naqsh namunalaridan ko‘chirish darslarida naqsh 
chizishning o‘ziga xos xususiyatlari, ritm, simmetriya va uning 
ahamiyati bilan tanishadilar, ranglarning nomlarini o‘rganadilar, bo‘yoq 
va ulami omuxta qilib ishlatish ustida ish olib boradilar.
52
www.ziyouz.com kutubxonasi


Naqsh namunalaridan ko‘chirish va mustaqil naqsh ishlash 
darslarida 
0
‘quvchilar ko‘z bilan chamalashni o‘rganadilar, qalam, 
akvarel, mo‘yqalam, rangli qog'ozlar, tabiiy materiallar bilan ishlash 
usullarini 
0
‘zlashtiradilar.
Mustaqil ravishda ijodiy naqsh ishlash orqali bolalaming ijodiy 
qobiliyati, fantaziya va tafakkuri o‘stiriladi.
Dekorativ-amaliy san’at asarlari xalqning go‘zallik, yaxshilik 
haqidagi tasawurlarini bolalarga yetkazib, mehnatni va xalq ustalari 
mahoratini ardoqlashga o‘rgatadi.
Adabiy asariarga illyustratsiyalar ishlash esa o‘quvchilaming eng 
qiziqarli mashg‘ulotlaridan bo‘lib, unda bolalar ertak, hikoya, masaldagi 
qahramonlarning obrazlarini o‘z rasmlarida ifodalashga harakat 
qiladilar.
Zamonaviy mavzulardagi asarlarga yoki dostonlarga hamda 
ertaklarga kompozitsiya ishlash uchun avvalo, bolalar mavzuga oid 
odam, hayvon rasmlari va ba’zi bir narsalaming o‘ziga qarab rasmini 
chizib oladilar. Adabiy asarlarga illyustratsiya ishlash mashg‘ulotlarida 
o‘quvchilarga asarlardagi voqea sodir bo‘layotgan mamlakat yoki 
davming madaniyati, xalqlar turmushining o‘ziga xos xususiyatlari, 
klyim-kechaklari, me’morchiligi va ulaming xarakterii tomonlari haqida 
so‘zlab berish, unga oid narsalar ko‘rsatish kerak bo‘ladi.
Rangshunoslik bo‘yicha beriladigan nazariy bilimlar o‘quvchilarga 
ranglar va uning nomlari, tuslari hamda ulaming kishilar hayotidagi 
ahamiyati haqida bilimlar berishni vazifa qilib qo‘yadi. Boshlang‘ich 
sinflarda o‘quvchilar asosan akvarel, guash bo‘yoqlar bilan rasm 
ishlaydilar. Rangtasvir, dekorativ ishlami bajarish jarayonida esa asosiy 
va hosila ranglar, ulaming tuslaridan foydalangan holda ish olib 
borishlariga to‘g‘ri keladi.
Avvalo, o‘quvchilar «Asosiy va hosila ranglar» bilan tanishadilar. 
Ularning nomlarini bilib oladilar. Bo‘yoqlami o‘zaro aralashtirish orqali 
yangi rang tuslarini hosil qilish bilan amaliy ravishda shug‘ullanadilar. 
Asosiy (qizil, sariq va ko‘k) ranglar v£ ulaming o‘zaro aralashuvidan 
hosil bo‘lgan hosila (yashil, binafsha va zarg‘aldoq) ranglardan o‘z ish 
faoliyatlarida to‘g‘ri foydalana olishni o‘rganadilar. 0 ‘quvchilai' keyin 
«Iliq va sovuq ranglar», «Rang tuslari va ulaming nomlari» kabi 
mavzularda nazariy bilimlami ham egallab boradilar. Shuningdek, 
o‘quvchilar «Ranglar halqasi» bilan yaqindan tanishadilar va tevarak- 
atrofdan ana shunday rang tuslarini topislini o‘rganadilar.
53
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mavjud bo‘yoq tarkibiga suvni oz yoki ko‘proq qo‘shish orqali 
rang tuslari hosil qilinadi. Bunda ma’lum bir (masalan qizil) rangning 
to‘qdan och ko‘rinishgacha boMgan bir talay tuslari hosil boMadi. 
0 ‘quvchilar dars jarayonida amaliy tarzda rang tuslarini hosil qilishni 
bajarib ko‘radilar.
0 ‘quvchilarda atrof-muhitdagi, borliqdagi rang tuslarining boyligi 
va xilma-xilligi haqida tushuncha hosil qilish uchun «Tabiatda rang» 
mavzusi kiritilgan. 0 ‘quvchilar sayohat paytida darsda o‘rgangan 
ranglarni va ulaming tuslarini tabiat qo‘ynidan topishga harakat 
qiladilar.
Rangshunoslik bo‘yicha beriladigan nazariy bilimlar kundalik 
turmushda uchraydigan ranglar va ulaming inson his-tuyg‘ulariga, 
kayfiyatlari ta’siriga ham bog‘liq bo‘ladi.
• Bulardan tashqari, o‘quvchilar o‘zlari yashab turgan joyda mavjud 
bo‘lgan idish-tovoqlar, kiyim-kechaklar, yog‘och buyumlarining qanday 
rangda va nima uchun ana shu rangga bo‘yalganligi haqida tushunchaga 
ega bo‘ladilar. Chunki ranglar inson hayotida muhim ahamiyatga ega 
bo‘lib, ayrimlari ko‘zni quvontirib, kayfiyatni chog‘ qiladilar, ba’zi 
birlari esa kishi ko‘nglida g‘ashlik, g‘amguzorlik uyg‘otadi. Ana shunda 
kishi didini o‘stiradigan, ko‘zni quvontiradigan ochiq ranglardan 
foydalanish lozimligi o'quvchilarga uqtiriladi.
d) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi real haykaltaroshlik va 
dekorativ haykaltaroshliklarga bo‘linadi.
Real haykaltaroshlikda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan tavsiya 
etilgan mavzularda haykallami asliga o‘xshatib ishlaydilar. Bunda 
o‘quvchilar tasviriy san’at mashg‘ulotlarining boshqa turlarida orttirgan 
bilim, ko‘nikma va malakalarga tayanadilar.
I
54
www.ziyouz.com kutubxonasi


Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida o‘quvchilar loy yoki plastilindan 
clumaloqlash, bosib yalpaytirish, siqimlab cho‘zish, ortiqcha qismlarini 
inaxsus sidirgich yordami bilan olib tashlash, stek bilan ishlash usullari 
bilan tanishadilar.
Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjud boiib, 
ular yaxlit, alohida-alohida loy yoki plastilin boiaklariga ishlov berish 
orqali amalga oshadi.
Dekorativ haykaltaroshlik haykaltaroshlikning turlaridan biri 
boiib, u o‘quvchilarda turli dekorativ bezakli releflar va o‘yinchoqlar 
ishlash orqali maxsus bilim hamda malakalar hosil qiladi.
Dekorativ haykaltaroshlikda ishlov berish usullarining soddaligi, 
shakllaming oddiyligi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Dekorativ 
haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida o‘zbek xalq kulol ustalarining 
dekorativ haykallaridan (mayda plastika) keng foydalaiüsh bolalami 
ijodiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Loydan ishlangan haykallarga bezak berilganidan so‘ng ular guash 
bo‘yogida bo‘yalib, ustidan lok qoplanadi. Lekin ayrim ishlar bo‘yoqsiz 
ishlanishi ham mumkin.

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə