S. F. Abdirasilov


Naturaga qarab tasvirlash. Natyurmort



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

Naturaga qarab tasvirlash. Natyurmort.
Boshlang‘ich. smilarda asosiy vazita o'quvcniiarda narsaiaming 
nisbati, tuzilishi, shakli, rang jihatdan tahlil qilish va tasvirlash 
malakasini hosil qilishdan iborat. Shuningdek, o‘quvchilar avval 
tasvirlanayotgan narsaning umumiy va estetik jihatdan ahamiyatli 
tomonlarini aniqlab oladilar, keyin esa narsaning qismlari va detallarini 
aks ettirishni o‘rganadilar.
Naturaga qarab rasm chizish vazifalari 1-2 dars davomida va qisqa 
muddatli (5-15 daqiqa davomida bajaradigan lavha va chizgilar) bo‘lishi 
mumkin. Xomaki ish va chizgilar darsning muayyan mavzusidan kelib 
chiqib, darsning boshlanish qismi, o‘rtasi yoki oxirida bajarilishi 
mumkin. 0 ‘quvchilaming ko‘rib, eslab qolish qobiliyatini, makon
48
www.ziyouz.com kutubxonasi


haqidagi tasawurlarini rivojlantirish uchun ularga eslab va tasavvur 
qilib rasm chizish bo‘yicha ko'proq vazifa berish kerak boMadi.
Naturaga qarab chizilgan rasmlami bo'yash (ya’ni rangtasvir 
ishlash) mashg‘ulotlarida bolalar e’tibori ranglar uyg‘unligini idrok 
qilishni rivojlantirishga, akvarel yoki guash bo‘yoqlari bilan asliga 
qarab, eslab qolib va tasavvur qilib chizishga qaratilgan. Rangtasvir 
mashg'ulotlari o‘quvchilarga idrok qilish orqali atrof-muhitning 
ranglarda ifodalangan go‘zalligini bilish imkoniyatini berib, ularning 
ruhan o‘sishiga ko‘maklashadi, bolalarning estetik didini o'stiradi.
Naturaga qarab rasm ishlash mashg‘uiotlarida o‘qituvchi bolalar 
e’tiborini tasvirlanayotgan obyektlaming nafis va go‘zalligi, ranglaming 
hamohangligi, shakl mutanosibligiga, tasvirlanayotgan buyumlar 
orasidagi o'zaro mantiqiy bog‘liqlik kabilarga qaratadi.
b) 
Naturaga qarab haykal ishlash o‘quvchilar uchun qiziqarli 
mashg‘ulot turi bo‘lib, naturani ko‘ra bilish, uning shaklini, hajmini, 
tuzilishi va o‘lchov nisbatlarini to‘g‘ri olishga o'rgatadi. Shuningdek, 
bunday mashg‘ulotlarda haykaltaroshlikda qo‘llaniladigan material va 
asboblar bilan ishlash yuzasidan muayyan bilim va malaka hosil 
qilinadi. Bulardan tashqari o‘quvchilar tuzilishi jihatidan unchalik 
murakkab bo‘lmagan haykallarni alohida-alohida va yaxlit loy 
bo‘laklaridan ishlash yo‘llarini ham o‘rganadilar.
Bunday darslarda bolalar hajmli va relefli haykallar ishlaydilar. 
Natura uchun narsaning tuzilishi, rangi, proporsiyalari aniq ko‘rinib 
turadiganlari tanlab olinadi. Natura chizish uchun qo'yilgach, uni har 
tomonlama diqqat bilan kuzatish, qismlaming o‘zaro bog‘liqligini va 
farqini taqqoslash orqali aniqlab olish zarur boMadi.
Haykaltaroshlik ishlarida natura hajmdor qilib tasvirlanayotganligi 
tufayli ish jarayonida turli tomonlarga aylantirib turiladi. Mashg‘ulot 
o'tkazilayotgan xonada yorag'lik chap tomondan tushishi va naturaning 
shakli yaqqol ko‘rinib turishi maqsadga muvofiqdir.
Dars uchun kerakli natura topilmagan yoki uni sinfga olib kirish 
imkoni boMmagan taqdirda ulaming rasmini ishlash, tashqarida kuzatish 
yoki rasmiga qarab amalga oshiriladi.

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə