24
yilgacha yashaydi.
Dorivorlik xususiyati
.
Bu turdan qadimdan qon ketish, varikoz
kengayishi, gemoroid,
bachadondan qon ketish, gripp, spazm, asabiylashish, oshqozon-ichak
kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Ba’zi mamlakatlarda zamonaviy tibbiyotda
efir moyidan
va o‘simlik preparatlaridan podagra, gingivit, varikoz kengayishi
kabi kasalliklarda
foydalaniladi. Bronxoial o‘pka kasalliklari, kistalar uchun buyuriladi tuxumdonlar, asab
kasalliklar,
dermatit, allergik kasalliklarga ham qo‘llaniladi. O‘simlikning turli organlarining
kimyoviy tarkibi Cupressus sempervirens L. yetarlicha o‘rganilmagan.
9
Turkum.
Archa (Juniperus L.) - Можжевельник
Tur. Zarafshon archasi yoki qora archa - Juniperus zeravschanica Kom.
bo‘yi 10-15 m,
diametri 1-1,5 m li,
shox-shabbasi qalin, sharsimon, piramida yoki yoyiq shakldagi daraxtdir.
Changchi qubbalari yoz o‘rtalarida paydo bo‘ladi va qish bo‘yi (bahorgachA. rivojlanadi.
Urug‘chi qubbalari ham yozda hosil bo‘ladi va kelgusi yili bahoridan rivojlanadi. Bu archa ikki
uyli daraxt bo‘lib, bahorda changlanadi. Urug‘chi qubba changlanishi yoki changlanmasligiga
qaramay, urug‘ kurtak rivojlanaveradi. Tashqi ko‘rinishdan urug‘chi qubbaning urug‘i bor yoki
yo‘qligini aniqlash mumkin emas, lekin urug‘lanmagan qubba tez to‘kilib ketadi. Qubbada
urug‘lar ikkinchi yili kuzda yetiladi. Qubbalar kalta novdalarda joylashadi.
Ular yumaloq,
diametri 1,5 sm gacha bo‘lib, zangori rangda, tarkibida smola bor, zich nuqtali. Yetilganda
ranggi o‘zgarib, undagi nuqtalar to‘kilib ketadi. Qubba 4-6 ta
tangachasimon barglarning o
‘zaro qo‘shilib o‘sishi natijasida hosil bo‘ladi. To‘liq urug‘li qubba yetilgandan so‘ng keyingi
yili bahorda to‘kiladi. Archa turi urug`idan ko‘payadi. Urug‘i uchburchak, tuxumsimon, yerga
to‘kilgandan so‘ng qulay sharoitda 1-3 yilda unib chiqadi. Katta yoshida ildizi baquvvat bo‘lib
rivojlanadi. Zarafshon archasi qurg‘oqchilikka chidamli va issiqsevar daraxt. Sernam tuproqli
yerda yaxshi o‘sadi. 1000 yilgacha yashaydi. Tog‘li mintaqalarda dengiz sathidan 2800 m
balandlikda o‘sadi. Ular Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Buxoro tog‘li hududlarining quruq
toshli, shag‘alli va mayda tuproqli yon bag‘irlarida o‘sadi. Qurg‘oqchilikka chidamli va ildiz
tizimi baquvvat bo‘lganligi sababli uni tog‘ qiyaliklariga ekish muhim ahamiyatga ega. Bu
archa Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham uchraydi.
10
Dostları ilə paylaş: