S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Dorivorlik xususiyati. 
Abu Ali ibn Sino o‘simlik ildizidan tayyorlangan damlamasi barglari 
va mevalaridagi sharbatini jigar, oshqozon, qon kasalliklari va ichakni shikastlashida ishlatgan. 
Bu o‘simlik jigarni kuchaytiradi, safroni qattiq haydaydi. Ibn Sino issiq shishlar - mahalliy 
yallig‘lanish jarayonlarida, shuningdek qon ketganda o‘simlik damlamasini tavsiya qilgan.
 
Xalq tabobatida zirk barglaridan olingan mevalar va sharbatlarning tarkibida isitmani 
tushiruvchi, tashnalikni kamaytiruvchi vosita, isitma, jigar kasalliklari, podagra, revmatizm,
oshqozon va ichak kasalliklarida foyda beruvchi moddalar mavjud.


27 
Oddiy zirk - Berberis vulgaris L.
Zirkning farmakologik ta’siri o‘simlikdagi berberin alkaloidi tarkibiga qarab belgilanadi. U 
safroni suyultiradi, safro sekretsiyasini kuchaytiradi, qon ivishini tezlashtiradi. Shuning uchun 
zirkli preparatlar zamonaviy tibbiyotda gepatit, gepatoxoletsistit, xoletsistit kasalliklarida 
ishlatiladi. Zirkning damlamasi bachadondan qon ketishida va yallig‘lanish jarayonlari bilan 
bog‘liq qon ketishida yordamchi vosita sifatida ham ishlatiladi. Tibbiy amaliyotda berberin 
bisulfat tabletkalar va oddiy zirk barglaridan damlamasi shaklida qo‘llaniladi. Berberin 
tabletkalari xoleretik vosita sifatida ishlatiladi 
Turkum. 
Maxoniya (Mahonia Nutt.) - Магония. Bu turkumga barglari murakkab patsimon 
tuzilgan, doim yashil bo‘lgan, novdalari tikansiz butalar kiradi. Turkumning turlari ko‘p. 
Tur.
Padubbargli magoniya (Mahonia aquifolium Nutt.)
 
ayniqsa, diqqatga sazovor. Bu past 
bo‘yli, yerga yotib o‘sadigan buta bo‘lib, barglari qattiq, po‘sti qalin, to‘q yashil rangda, 
bargchalari o‘tkir tishchali. U may oyida gullaydi, gullari tilla rang sariq, yig‘ilib shingilcha 
hosil qiladi. Rezavor mevasi seret, qoramtir, havo rang, yumaloq shaklda bo`lib, diametri 8 mm 
gacha, ular kuzda yetiladi. Urug‘ olish uchun mevasini avgust oyida yig‘ish kerak. 
Magoniyaning bu turi Shimoliy Amerikadagi tog`li hududlarida tarqalgan. Bizda, asosan, 
manzarali buta sifatida ekiladi, chunki uning guli va barglari juda go‘zal. Sovuqqa, 
qurg‘oqchilikka chidamli. MDH ning Yevropa qismida, jumladan, Ukrainada, Rossiyaning 
Sankt-Peterburg, Ufa shaharlarida o‘sadi. Ildizidan oson bachkilaydi, soyada ham o‘saveradi. 
O‘rmon melioratsiyasi ishlarida tog‘ qiyaliklarini yomg‘ir suvi yuvib ketishidan saqlash 
maqsadida ekish uchun juda qulay o‘simlik. Ko‘kalamzorlashtirishda, ayniqsa, tog‘li 
hududlardagi shahar va qishloqlarda manzarali o ‘simlik sifatida keng qo‘llaniladi. 


28 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə