|
S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)Sistematikasi:
Bo‘lim.
Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki Angyospermae)
- Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki Dicotyledones)
-
Магнолиевые или Двудольные
Ajdodcha (sinfcha)-
Ayiqtovonkabilar (Ranunculidae)
-
Лютиковые
Qabila.
Ayiqtovonnamolar (Ranunculales)
-
Лютиковые
Oila.
Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae Juss.)
-
Лютиковые
Turkum.
Ayiqtovon (Ranunculus L.)
-
Лютик
Tur.
Yumshoq tikanli ayiqtovon
-
Ranunculus muricatus L.
11
.
Bir yillik o‘simlik. Poyasi tuksiz yoki uzun tuklar bilan qoplangan, 10 25 sm. Ildiz
oldi barglari uzun bandli, buyraksimon yoki yumaloq, uchta bo‘lakka bo‘lingan.
Bo‘laklari keng, yirik tishli yoki 2-3 marta qirqilgan, birlamchi segmentlari bandli,
parraksimon tishchali. Poyadagi barglarning asosi ponasimon, ko‘p marotaba uch
bo‘lakka bo‘lingan, kam hollarda butun plastinkali, bandli yoki bandsiz. Guldor
poyasi juda ko‘p, ingichka. Guli 1-1,5 sm enlilikda. Kosachabarglari tuklar bilan
qoplangan. Tojbarglari cho‘ziq teskari tuxumsimon, 5-8 mm uzunlikda,
kosachabargidan biroz uzunroq. Gulo‘rni ingichka siyrak tukli. Mevasi yulduzsimon,
yassi, 7-8 mm. uzunlikda, tuxumsimon, biroz kengaygan chetlari qo‘sh hoshiyali,
yonlari tikanli o‘simtalar bilan qoplangan. Tumshuqchasi qilichsimon, asosi
yo‘g‘onlashgan, tekis yoki biroz egilgan, mevaning butun uzunligining deyarli
yarmiga teng. Aprel – may oylarida gullab, mevasi etiladi. Daryo o‘zanlari, ariq
bo‘ylari, yo‘l yoqalari, o‘rmonlar, o‘tloqlar, butazorlar, bog‘lar, ekin maydonlarida
begona o‘t sifatida o‘sadi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida
uchraydi. Umumiy tarqalishi: O‘rta Osiyo, Qrim, Kavkaz O‘rta yer dengizi atrofi,
11
O‘. P. Pratov, M. M. Nabiyev O‘zbekiston yuksak o‘simliklarining zamonaviy tizimi., „
O'qituvchi” nashriyot-
matbaa ijodiy uyi Toshkent
- 2007
30
Janubiy va G‘arbiy Yevropa, Eron. SHimoliy Amerika va Avstraliyaga olib borilgan.
Kimyoviy tarkibi: γ-laktonlar: 0,3% ranunkulin. Mevasida 17,7% yog‘-moy mavjud .
Dostları ilə paylaş: |
|
|