Tur. Seversov burmaqorasi (Corydalis severzowii). G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir-Oltoy
tizmalarida, Janubiy Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Shimoliy Tojikiston uchun
endemik tur hisoblanadi. Balandligi 15 sm gacha bo‘lgan, ko‘p yillik o‘t o‘simlik.
Dorivorlik xususiyati: Xalq tabobatida o‘simlik yer ustki qismlaridan olingan choy gipnoz
qiluvchi, tinchlantiruvchi, shuningdek, oyoq-qo‘llar qaltirashi, gipertoniya, semirish, aqliy va
ayol kasalliklari uchun ishlatiladi. O‘simlik damlamasi sirtga qo‘llasa ko‘karishlar, ekzema va
yiringli yaralarni bartaraf etadi.
Seversov burmaqorasi (Corydalis severzowii).
Nazorat savollari. 1. Ko‘knorguldoshlar oilasiga xos xususiyatlar?
2. Ko‘knorguldoshlar oilasining sistematikasi?
3.
O‘rmonqora (Glaucium Mill) turkumiga kiruvchi o‘simlik tibbiyotda qaysi kasalliklarni
davolashda ishlatiladi?
4.
Afyunli ko‘knor qaysi turkumga mansub o‘simlik?
5. Shotaradoshlar oilasining sistematikasini ayting.
6.
Burmaqora turiga xos belgilar va dorivorlik xususiyatlari.
7-mavzu.Tutdoshlar (Moraceae) va Gazandadoshlar (Urticaceae) oilasi Tutdoshlar (Moraceae) oilasi 60 ga yaqin avlodni va 1550 ta turi o‘z ichiga oladi. Oila
vakillari daraxt, buta o‘simliklari bo‘lib, sut shirasiga boy bo‘ladi. O‘tsimon turlarida sut shirasi
bo‘lmasligi mumkin. Barglari oddiy, butun, qirrali, o‘yilgan yoki qirqilgan, yon bargchali
poyaga navbatlashib joylashgan. To‘pgullari barg qo‘ltigida o‘rnashgan. Gullari ayrim jinsli, bir
37
yoki ikki uyli. Gulqo‘rg‘oni oddiy yashil rangda, gulkosasimon 4 ta bargchali. Changchilar soni
gulkosachabarglar soniga teng. Mevasi to‘pmeva.