33
2.
Oddiy zirkka xos xususiyatlarini va dorivorlik xususiyatini sanang?
3.
Mahoniya turkumiga kiruvchi o‘simliklarni sanang?
4.
Padubbargli magnoliyani dorivorlik xususiyatlari?
5.
Ayiqtovondoshlar oilasiga xos xususiyatlar va sistematikasi haqida gapiring?
6.
Yumshoq tikanli ayiqtovonga ta’rif bering?
7.
O‘tkir mevali ayiqtovonga qayerlarda o‘sadi va qanday dorivorlik xususiyati mavjud ?
8.
Oq parpiga ta’rif bering?
6-mavzu. Ko‘knordoshlar (Papaveraceae) va SHotaradoshlar(Fumariaceae) oilasi
Ko‘knorguldoshlar oilasiga o‘tlar, ba’zan butalar, kamdan-kam hollarda,
tartib bilan
joylashgan, ko‘pincha chuqur o‘yilgan bargli daraxtlar (tropik mamlakatlardA. kiradi. Gullari
yakka yoki shingilsimon to‘pgulga yig‘ilgan, to‘g‘ri ba’zan qiyshiq bo‘lib,
ikki kosachabargi
bor, g‘unchasi ochilayotganda bular to‘kilib ketadi. Gultoji to‘rt yoki oltita gulbargdan tuzilgan.
Changchisi odatda ko‘p, ba’zan to‘rt yoki ikkita bo‘ladi. Urug‘chisi bitta bo‘lib, ikkita yoki
ko‘p urug‘chi bargdan tuzilgan.
Tugunchasi ustki, bir uyali. Mevasi ko‘sakcha yoki
yong‘oqcha. Tarkibida bo‘g‘imli sut naychalari yoki sut hujayralari,
shuningdek alkaloidlar
bo‘lishi ko‘knordoshlar uchun xos xususiyatdir. Ko‘knordoshlar oilasining,
asosan shimoliy
viloyatlarda tarqalgan 30 ga yaqin turkumi (600 turi) bor. Ko‘knoridoshlarning eng ko‘p
tarqalgan turkumlari: ko‘knori (Papaver), qizg‘aldoq (RoemeriA., o‘rmonqora (Glaucium),
burmaqora (Coridalis), shotaralar (FumariA. dir.
Dostları ilə paylaş: