S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Sistematiksi 
Bo‘lim. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki Angyospermae) 
-
Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные 
Ajdod (sinf). Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki Dicotyledones) 
-
Магнолиевые или Двудольные 
Ajdodcha (sinfcha)- Ayiqtovonkabilar (Ranunculidae)
-
Лютиковые 
Qabila. Ko‘knornamolar (Papaverales) 
-
Маковые 
Oila.
Ko‘knordoshlar (Papaveraceae Juss.) 

Маковые
Turkum.
O‘rmonqora (Glaucium Mill.) 
-
Гляуциум 
15
Turkum. Ko‘knor (Papaver L.)
-
Мак. Bu turkumga sutsimon oq shira ajratadigan, yirik 
gullari yakka-yakka joylashgan, bir yillik hamda ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir kiradi. . Bu 
turkumga juda ko‘p ekiladigan ko‘knori (Papaver somniferum) kiradi. Uning yovvoyi holda 
o‘sishi aniq emas. Bu turning ko‘p navlari ikki guruhga: moyli va afyunli ko‘knoriga bo‘linadi. 
15
O‘. P. Pratov, M. M. Nabiyev O‘zbekiston yuksak o‘simliklarining zamonaviy tizimi., „
O'qituvchi” nashriyot- 
matbaa ijodiy uyi Toshkent 
- 2007 


34 
Moyli ko‘knorining urug‘i tarkibida 40 dan 50 foizgacha ovqatga va texnikaga ishlatiladigan 
moy bo‘ladi.
Tur. Afyunli ko‘knori
xom ko‘sakchalaridan quriydigan sutsimon shira – afyun olish uchun 
ekiladi. Bu alkoloid tibbiyotda ko‘p ishlatiladi. Afyunli ko‘nori, asosan, Qirg‘iziston va 
Qozog‘istonda ekilgan. 
Tur. Papaver somniferum L. -  Мак снотворный.  
Poyasi tik shoxlanmagan,bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘simliklar misol bo‘ladi. Barglar 
odatda bir-ikki yoki uch karra bo‘lingan, tuklar bilan qoplangan. Gullar katta, yakka 
joylashgan. Gullar hasharotlar tomonidan changlanadi, ba’zi turlarda o‘z-o‘zidan changlanadi. 
Ko‘knor mo‘tadil, subtropik va kamdan-kam hollarda sovuq zonalarda uchraydi. Ko‘knorlar 
ko‘pincha qurg‘oqchil joylarda-dashtlarda, yarim cho‘llarda, cho‘llarda, quruq toshli tog’ 
yonbag‘irlarida o‘sadi. Rossiyada va asosan, Kavkaz va Markaziy Osiyoda 75 ga yaqin tur 
mavjud. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə