O‘tkir mevali ayiqtovon - Ranunculus oxyspermus MB. Turkum. Parpi (Aconitum L.) - Аконит
Tur. Oq parpi (Aconitum talassium Popov) - bu ko‘p yillik o‘t o‘simlik, Tyan-Shan va
Pomir-Oloy tizmasidagi son jihatdan qisqarib borayotgan va areali bo‘lingan endem o‘simlik
turi hisoblanadi. Bo‘yi 1,5 metrga yetadigan, ko’p yillik, tuganak, ildizpoyali o‘t. Poyalari
oddiy tik o‘suvchi hisoblanadi. Poyaning yuqori qismidagi barglari bandsiz, poyasining pastki
qismidagilari bandli, yaprogi asosigacha yirik tishli bo‘laklarga ajralgan. Gullari shingil hosil
qiladi, gullarining rangi oqitmir tusda. Iyun-iyulda gullab, iyul-avgust oylarida mevasi pishib
yetiladi. Urug‘ bilan ko‘payadi. O‘zbekistonning Toshkent, Farg‘ona, Jizzax, Qashqadaryo
viloyatlari: Piskom, Chotqol, Qurama, Farg‘ona viloyatlari Turkiston, Zarafshon, Hisor tog‘-
tizmalarida nam yerlarda buloqlarning atroflarida o‘sadi. Ba’zan buloq bo‘ylarida kichik
parpizorlar hosil qiladi.
Oq parpi - Aconitum talassium Popov Turkum .
Uchma (Ceratocephala Moench)
- Рогоглавник turkumi erta bahorgi, efemer
o‘simlik. Barglari uchtalik qirqilgan va ildiz oldiga o‘mashgan. O‘simlikning bo‘yi 1 dan 10 sm
gacha, poyasi bargsiz. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, hasharot yordamida changlanadi. Gulkosa
va gultoji barglari 5 tadan, erkin o‘sgan, changchilari 5 tadan 15 tagacha, urug‘chisi cheksiz.
Gullagan davrida hayvonlar uchun zaharli hisoblanadi. O‘zbekistonda C. Ceratocephalus
orthoceras va C. falcatus turlari uchraydi.
32
Tur. Ceratocephalus orthoceras . Bu o‘simlik hayotiy shakliga ko‘ra bir yillik hisoblanadi.
balandligi 10-15 sm gacha, poyasi kalta. Gullar sariq, kichik. Mart - aprelda gullaydi.