S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Dorivorlik xususiyati
: Abu Ali ibn Sino oqtut bargidan angina, quritilmagan barg shirasini esa 
tish og‘rig‘i kasalliklarida tavsiya qilgan. Meva shirasi bilan og‘iz va tomoqdagi shishlarni
dizenteriya kasalligini davolagan hamda siydik haydovchi dori vositasi sifatida ishlatgan. Xalq 
tabobatida oqtut ichak kasalliklarida, qonni tozalashda, kamqonlik, oshqozon-ichak xastaliklari, 
gastrit kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
17
Belolipov I.V., Axmedov X.A. va boshq. Botanikadan amaliy
 
mashg‘ulotlar: o‘quv qo‘llanma,- Toshkent: ToshDAU, 2002. - 956. 


38 
Oq tut
 - 
Morus alba
Tutlarning vatani Xitoy va Markaziy Osiyo. Tut bargi ipak qurti uchun oziqa manbayi 
hisoblanadi. Tut mevasi shifobaxsh ozuqa manbayi hisoblanadi.
Tur. 
Shotut
, shohtut
(Morus nigra) 
- tutdoshlarga mansub daraxt. Bu daraxt qadimdan 
Oʻzbekistonda ekib koʻpaytiriladi. Bu tut boshqa tutlarga nisbatan sekin oʻsadi. Boʻyi 8- 10 m. 
Shotut yorugʻsevar, namsevar, sovuqqa chidamli daraxt. Bargi yirik, yuraksimon, yaxlit yoki 
cheti yirik arra tishli, dagʻal, gullari ikki jinsli. Mevasi toʻq qizil, qora rangda. Meva tarkibida 
25 - 27% qand, shuningdek, turli vitaminlar va mineral moddalar bor. Bahorda kechroq 
uygʻonadi. Mevasi iyundan-sentabrgacha pishib yetiladi. 
Dorivorlik xususiyati
. Bargidan tayyorlangan qaynatmasi va mevasi xalq tabobatida qon 
bosimini pasaytiruvchi, milk kasalliklarida davo sifatida ishlatiladi. 
Turkum.
Anjir (Ficus)
 
— Инжир. 
Bu turkumning 
700 ga yaqin turi subtropik 
o‘simliklardir. Daraxt yoki butalardan iborat. O‘rta Osiyoda anjir (Ficus caricA. yovvoyi holda 
o‘sadi. Eng katta turkum anjir 
(Ficus) 
bo‘lib, 1000 ga yaqin turi bor. O‘zbekiston florasida 
anjirning 
Fcus carica 
turi uchraydi. Anjir sut shirasiga boy bo‘lgan daraxtsimon buta o‘simlik. 
Barglari yirik, panjasimon qirqilgan. Gullari ayrim jinsli bo‘lib, yassi to‘pgulga yashiringan. 
Yong‘oqcha mevalari yassi to‘pmevaning ichida. Mevasi tarkibida 80% gacha qand va 
vitaminlar bo‘ladi. Ikkinchi turi 
Ficus elastic 
manzarali o‘simlik sifatida ekib o‘stiriladi

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə