S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Tur. Qora qandog‘och (Alnus glutinosA



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Tur. Qora qandog‘och (Alnus glutinosA.
taxminan 20 metr balandlikdagi daraxt. Tur 
tarkibidagi modda oshqozon-ichak trakti kasalliklarini, surunkali enterokolit va o‘tkir ichak 
infeksiyalarini davolashda ishlatilishi mumkin. Bu o‘simlikdan ichak mikroflorasini tiklash va 
yaxshilash va davolash uchun olinadigan moddalar asosida preparatlar olinadi. Bu o‘simlikni
barglaridan tayyorlangan damlamasi o‘tkir va surunkali enterit va kolitda ishlatiladi. 


46 
Qora qandog‘och
-
Alnus glutinosa
Nazorat savollari 
1.
Emandoshlar oilasining sistematikasini ayting. 
2.
Yong‘oqdoshlar oilasiga xos belgilarni ayting. 
3.
Yong‘oqdoshlar oilasining sistematikasini ayting. 
4.
Yong‘oq turkumiga xos belgilarni ayting. 
5.
Manjuriya yong‘og‘iga xos belgilarni ayting. 
6.
Manjuriya yong‘og‘ining dorivorlik xususiyatlarini ayting. 
7.
Qayindoshlar oilasiga xos belgilarni ayting. 
8.
Oq qayin tibbiyotda qanday maqsadlarda qo‘llaniladi. 
9.
Qayin turkumiga xos belgilarni ayting. 
10.
Qandag‘och turkumiga xos belgilarni sanang. 


47 
9-mavzu. Gultojixo‘rozdoshlar (Amaranthaceae), Sho‘radoshlar (Chenopodiaseae) va 
Torondoshlar (Polygonaceae) oilasi 
Gultojixo‘rozdoshlar oilasi – Amaranthaceae
. Bu oila vakillari bir yillik o‘t, ba’zan 
chalabuta va daraxt o‘simliklardir. Oilaning hozirgi vaqtda 65 ta turkum, 900 ta turi ma`lum 
bo‘lib, ular tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Ularning poyasi tik yoki yoyilib yer 
bag`irlab o‘sadi. Barglari tekis, bandli, navbatlashib yoki qarama-qarshi joylashgan, 
yonbargchasiz. Gullari bir jinsli yoki ikki jinsli, boshoqsimon to‘pgul hosil qiladi. Gulqo‘rg‘oni 
oddiy, 3-5 bargchali, oqimtir yashil yoki sarg`ish - ba’zan to‘q qizil rangli, changchisi 
gulqo‘rg‘on bargchalarining soniga teng (3-5). Tugunchasi ustki, 2-3 tumshuqli, bir uyali, bir 
yoki ko‘p urug‘kurtakli. Mevasi yong‘oq yoki ko‘sakcha. Urug‘lari sharsimon, yasmiqsimon va 
yaltiroqdir. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə