S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Manjuriya yong‘og‘i -Juglans manshurica Maxim



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Manjuriya yong‘og‘i -Juglans manshurica Maxim 


43 
Dorivorlik xususiyati:
Bargi tarkibida har xil moddalar, jumladan, alkaloidlar, oshlovchi 
moddalar va efir moylari bor, ulardan tibbiyotda raxit kabi kasalliklami davolashda 
foydalaniladi
.
Qayindoshlar (Betulaceae) oilasi
Bu oilaning vakillari daraxt va buta o‘simliklaridir. Barglari 
oddiy tuzilgan, cheti yirik yoki mayda tishchali, patsimon tomirli yonbargchalari mayda, tez 
to‘kilib ketadi. Barglari navbat bilan joylashadi. Oilaning turlari ayrim jinsli, guli bir uyli. 
Urug‘chi va changchi gullari kuchalaga o‘xshash to‘pgul hosil qiladi. Kuchalasi tangacha 
qo’ltig‘ida joylashgan. Tangacha yonbargchalar bilan birga o‘sib ketgan gulyon bargchalardan 
iborat. Mevasi quruq yong‘oq shaklida. Oiladagi turkum turlarining mevasi morfologiyasiga 
ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Jumladan, qayin va qandag‘och turkumlariga mansub 
daraxtlarning mevasi mayda yong‘oqchadan iborat bo‘lib, pardasimon qanotchalari bor. Grab 
va o‘rmon yong‘og‘ining mevasi qanotchasiz bo‘lib, hidli. O‘rmon yong‘og‘ining mevasi 
birmuncha yirik, iste’mol qilinadi. Oila tarkibidagi Betula, Alnus, Carpinus, Corylus 
turkumlari, ayniqsa, diqqatga sazovor.
19
 
Sistematikasi 
Bo‘lim
. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki Angyospermae) 
- Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki Dicotyledones) - 
Магнолиевые или Двудольные 
Ajdodcha (sinfcha)-
Temirdaraxtkabilar (Hamamelididae) - Гамамелисовые 
Qabila. Qayinnamolar (Corylales) 
- Берёзовые
 
Oila. 
Qayindoshlar (Betulaceae S.F.Gray) - Берёзовые
Turkum. 
Qayin (Betula L.) - Берёза 
Bu turkumning vakillari daraxt va buta o‘simliklardir. Ularning tanasi va shoxlarining 
po‘stlog‘i silliq, oq va jigarrangda bo’lib, yupqa po‘st tashlab turadi. Tanasining tubidagi 
po‘stlog‘i bo‘yiga ingichka yoriladi, rangi qorayadi. Kurtak va barglari navbat bilan joylashadi. 
Barglari oddiy tuzilgan bandli, tez to‘kiladigan yonbargchalari bor, kuzda to‘kilib ketadi. Barg 
plastinkasi butun, yumaloq va lanset shaklida, cheti tishchali, patsimon tomirli. Ular bir uyli, 
ayrim jinsli daraxt. Changchi gullari kuzda hosil bo‘ladi, ular silindrsimon kuchala bo’lib, 
shoxining uchida bittadan joylashadi. Qayin 40 yoshgacha yaxshi o‘sadi, so‘ng o‘sishi 
susayadi. U 100-120 yil yashaydi. Turkumning 100 dan ortiq turi bo‘lib, ularning ko‘pchiligi 
MDH da uchraydi. Ular tundra mintaqasidan dasht mintaqasigacha tarqalib, kata-katta 
o‘rmonzorlar hosil qiladi. Qayinning yog‘ochi qattiq bo‘lib, mexanikaviy xususiyatiga ko‘ra 
emanning yog‘ochidan qolishmaydi. Yog‘ochining tevaragi oq-sariq yoki oq qizg‘ish rangda, 
mexanikaviy xususiyatlari yuqori, qattiq, bukiluvchan, bir xil tuzilgan. Undan faner, miltiq 
qo‘ndog‘i tayyorlanadi, bochka, va boshqalar yasaladi. Undan pista ko‘mir tayyorlanadi va 
19
A.K. Qayimov, E.T. Berdiyev 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə