S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Qoya emani-Quercus petraea Liebl
Dorivor xususiyatlari
: Eman po‘stlog‘idan olingan modda burishtiruvchi va antiseptik modda 
sifatida
 
og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida (gingivit, stomatit ) hamda tomoq shilliq pardasining 
yallig‘lanishida, milkdan qon oqqanda hamda og‘izda hid paydo bo‘lganda og‘iz chayish uchun 
ishlatiladi. Ba’zan 20 % li qaynatma terining kuygan yerlarini davolashda qo‘llaniladi. 
Yong‘oqdoshlar (Juglandaceae) oilasi 
Bu oilaning vakillari daraxt o‘simliklardir. Ularning 
tanasi baland bo‘yli, sershox, keng shox-shabbali bo‘ladi. Barglari yirik, toq patsimon 
murakkab tuzilgan bo‘lib, ma’lum bezchalaridan hidli efir moyi chiqadi. Ular navbat bilan 
joylashadi, kuzda to‘kiladi, yon bargchalari yo‘q. Bular bir uyli, ayrim jinsli o‘simlik, changchi 
gullari kuchala hosil qiladi. Kuchalalari barglar qo‘ltig‘ida vujudga keladi. Urug‘chi gullari 
shingilchalar shaklida bo‘lib, serbarg novdalar uchida bittadan yoki bir nechtadan joylashadi. 
Gulyon bargchalari bor. Gulqo‘rg‘oni oddiy bo’lib, gulyon bargcha bilan qo‘shilib o‘sib, meva 
po‘stini hosil qiladi. Mevasi danakli soxta meva. Mag‘zi burishgan, yirik urug‘pallali. U urug’i 
endospermsiz. Yog‘ochi qattiq, chiroyli bo’lganidan undan turli buyumlar ishlanadi. Ayrim 
turlarining mevasi, ya’ni yong‘og‘i iste’mol qilinadi. Oilaning 8 turkumi va 50 ga yaqin turi 
bor. Ular shimoliy yarim sharning mo‘tadil iqlimli mintaqalarida tarqalgan.


42 
Sistematikasi 
Bo‘lim
. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki Angyospermae) 
- Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki Dicotyledones) - 
Магнолиевые или Двудольные 
Ajdodcha (sinfcha)- 
Temirdaraxtkabilar (Hamamelididae)

Гамамелисовые
 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə