S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Sistematikasi 
Bo‘lim. 
Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki Angyospermae) 
- Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные
 
Ajdod (sinf). 
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki Dicotyledones) — 
Магнолиевые или Двудольные 
Ajdodcha (sinfcha) - 
Chinnigulkabilar (Caryophyllidae) - Гвоздичные 
Qabila. 
Toronnamolar (Polygonales) - Гречишные
 
Oila. 
Torondoshlar (Polygonaceae Juss.) - Гречишные 
Turkum. 
Rovoch (Rheum L.) - Ревень 
Turkum. 
Toron (Polygonum L.) - Горлец 
Tur 
Tangut rovochi — Rheum palmatum L.
 
va tanguticum Maxim., torondoshlar oilasiga 
kiradi . Hayotiy shakliga ko‘ra ko‘p yillik, bo‘yi 1,5-2,5 m ga yetadigan ildizpoyali o‘simlik. 
Gulqo‘rg‘oni oddiy, olti bo‘lakka qirqilgan, oq-pushti yoki qizil tojbarglardan iborat. Mevasi 
qanotchali. Rovoch birinchi yili 5-7 tagacha to‘pbarglar chiqaradi. Keyingi yili poya chiqaradi. 
O‘simlik iyun oyida gullaydi, mevasi iyulda yetiladi. Shimoli-g‘arbiy Xitoy va Shimoliy 
Tibetning tog‘li tumanlaridagi o‘rmonlarida tabiiy holda, Moskva va Ukrainada hududlarida esa
o‘stiriladi


51 
 
Tangut rovochi - Rheum palmatum L
 
Dorivorlik xususiyati. 
Rovoch ildizidan tayyorlangan preparatlar surunkali me’da-ichak 
kasalliklarida, ichni yumshatish kabi kasalliklarda ishlatiladi.
Turkum. 
Otquloq (Rumex L.) - Щавель 
Tur. 
Dorivor otquloq (Rumex confertus WillD. torondoshlar oilasiga kiradi. Ko‘p yillik, bo‘yi 
60-150 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi kalta, lekin yo‘gon, poyasi tik, bo‘g‘imlarga 
bo‘lingan. Ildiziga yaqin qismidagi barglari barglari uzun bandli, shakli uchburchaksimon-
tuxumsimon, kalta tuklar bilan qoplangan joylashgan. Gullari mayda, ko‘rimsiz, ro‘vakka 
to‘pgulida o‘rnashgan. Mevasi-yong‘oqcha. May-iyun oylarida gullaydi, mevasi iyul oyida
yetiladi. 
Bu o‘simlik Ukraina, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekistonda uchraydi. Asosan, begona o‘t 
sifatida ariq bo‘ylarida, o‘tloqlarda, o‘rmon chetlarida, yo‘l yoqalarida, o‘sadi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə