48
Dorivorlik xususiyati
: Bu o‘simlikning guli , ildizi va barglar ishlatiladi. O‘simlik moyidan
sirtga qo‘llansa qoraqo‘tir, qichishish kabi kasalliklarni davolaydi. O‘simlikdan og‘ir hayz
ko‘rish, gemoroidal qon ketish , oshqozon yarasi va turli xil yallig‘lanishlarga
qarshi vosita
sifatida qo‘llaniladi. Xalq tabobatida bargidan tayyorlangan damlamasi bosh og‘rig‘i va o‘sma
kasalliklari uchun, qovurilgan shaklda iste’mol qilish esa dizenteriya xastaligi uchun ishlatiladi
Sho‘radoshlar (Chenopodiaseae) oilasiga deyarli hamma qit’alarning sahro va cho‘llarida,
qumlarda va sho‘rtob yerlarda o‘sadigan 100
dan ortiq turkumga mansub, 1500 turga oid
daraxtlar, butalar, ko‘p yillik, ikki yillik va bir yillik o‘tlar kiradi. Bularning ko‘pchiligi
cho‘llarda o‘sadi. Bu o‘simliklar ko‘pincha etdor sersuv bo‘ladi.
Barglari oddiy, yonbargsiz,
ketma-ket yoki qarama-qarshi o‘rnashgan. Bargi juda kichrayib ketgan yoki butunlay yo‘qolib
ketgan bo‘lishi mumkin. Gullar mayda, yashil yoki rangsiz, to‘g‘ri
yoki qiyshiq, ikki jinsli,
ba`zan ayrim jinsli, boshoqsimon yoki shingilsimon to`pgulda o‘rnashgan. Tugunchasi bir uyli
va bir urug‘ kurtakli. Mevasi asosan yong‘oqcha.
Dostları ilə paylaş: