|
![](/i/favi32.png) S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)Sistematikasi
Bo‘lim
. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki Angyospermae)
-
Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki Dicotyledones) -
Магнолиевые или Двудольные
Ajdodcha (sinfcha)-
Dalachoykabilar (Dillemidae)- Дшлениевые
Qabila.
Gazandanamolar (Urticales)
-
Крапивные
Oila.
Tutdoshlar (Moraceae Link)
-
Тутовые
Turkum.
Tut (Morus L.) - Тут, Шелковица turkumi vakillari daraxt va buta o‘simlikIardir.
Barglari oddiy. Bu turkumda geterofiliya hodisasini ko‘ramiz, ya’ni bitta daraxtda har xil
shaklga ega bo‘lgan barglar uchraydi. Barglar butun, o‘yilgan qirqilgan yoki chuqur qirqilgan
bo’lishi mumkin. Gullari ayrim jinsli, zich sochoq to‘pgulga yoki sirg‘asimon to‘pgulga
joylashgan, bir yoki ikki uyli o‘simIiklar. Mevalari rezavor, to‘p meva bo‘lib, uglevodlarga va
vitaminlarga boy, ovqat uchun ishlatiladi. Barglari ipak qurti uchun yagona oziq hisoblanadi.
O‘zbekistonda shotut
(M.nigra)
va oq tut
(M. alba)
ko‘proq ekib o‘stiriladi. Maklyura
(MaclurA.
tikanli daraxt. Barglari oddiy, ketma-ket joylashgan. Yosh novdalari va mevalari sut
shirasiga boy
.
Turkumga oid 12 ta turi mavjud. Respublikamizda 2 ta turi keng tarqalgan.
17
Tur
. Oq tut (Morus alba ) Bo‘yi 15-20 m ga yetadigan daraxt. Barglari to‘q yashil, gullari
ko‘rimsiz, to‘pmevasi sershira, urug‘i mayda yong‘oqcha. Oq tutni 400 dan ortiq navlari bor,
ulardan ko‘pchiligi bargi va mevasi uchun ekiladi. Oq tut tabiiy holda Xitoyda o‘sadi. U yashil
bo‘yoq beruvchi, dorivor, oziq-ovqat va manzarali o‘simlik sifatida ko‘pchlikka ma’lum.
Xalqimiz orasida uni “marvarid tut” deb ham aytishadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|