Volume , issue impact Factor: 249


Otni tepmaydi dema, Itni qopmaydi dema; “Itning achchigʼi quyrugʼidan bilinear



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/58
tarix28.11.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#133320
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58
564-99-PB

Otni tepmaydi dema, Itni qopmaydi dema; “Itning achchigʼi quyrugʼidan bilinear; 
Otning achchigʼi qulogʼidan bilinar; “Yuvosh otning tepkisi qattiq boʼladi; “Yuvosh mushuk qattiq 
timdalaydi 
maqollariga ma’nodosh deb hisoblaymiz. Bu maqollar bilan yuvosh, moʼminqobil, 
birovga ozor bermaydigan-ku, deb ishonib bamaylihotir yaqinlashib, istagan gap-soʼzingni, javob-
muomalangni qilib yuraverma. Xar bir narsadan xabardor boʼlib yur degan ma’noda qoʼllanadi.
Yuqoridagi maqolning mantiqiy davomi sifatida
Barking does seldom bite
(Hurag’on it 
kamdan kam tishlaydi) maqol ko’pincha hurib, tahdid qilgan itlar emas balki, jim turgan itlardan 
ehtiyot bo’lish kerakligi ogohlantiradi.
Har bir inson o’z Vatanida, o’z yurtida, o’z uyida o’zini xavfsiz va botir xis qiladi. Ona 
Vatanga bo’lgan muhabbat, sadoqat tushunchalari ingliz xalqida ham, o’zbek xalqida ham doimo 
ulug’lanadi. Inglizcha: 
Every dog is a lion at home
(Har it o’z uyida sherdir); 
Every dog is valiant 
at his door
(Har it o’z uyida jasurdir). Oʼzbek tilida yuqorida berilgan mazmundagi maqollarda 

it”, “laycha”, “qush”, “chumchuq”,“bulbul”, “kaklik”, “tovushqon”, “toycha” 
leksemalari 
ishtirok etadi: 
It uyasida oʼzini yoʼlbars sanar; Oʼz joyida laycha ham sher; Qush inida koʼrganini 
qilar; Chumchuq har narsani uyasida oʼrganar; Bulbulga bogʼ yaxshi, kaklikka togʼ; 
Tovushqonga tugʼilgan tepasi aziz; Har toycha oʼzi suv ichgan bulogʼini maqtar.
Tahlil qilingan 
paremiyalar har bir inson oʼz oilasini, oʼz uyini, oʼz Vatanini sevishi haqida darak beradi.
Zoonim komponentli maqollarda shaxsning hayvonlar bilan alaqadorligi aks etadi. Dunyo 
paremiologik fondida maqollarning ko’pchilik qismini hayvon nomlari ishtirok etgan maqollar 
tashkil etadi.
Hayvonlar har doim sayyoramiz hayotida muhim rol o'ynagan.Ko’pgina tilshunoslarning 
fikriga ko’ra, ular ilohiylashtirilgan va ko'pincha ibtidoiy odamlar tomonidan bajarilgan urf-odatlar, 
ya'ni marosimlarda o’z aksini topgan. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə