|
Volume , issue impact Factor: 249564-99-PB
№6 | 2023
54
properties being thoroughly studied, the plant will continue to contribute to the field of pharmacology
and contribute to future work.
Keywords:
shrub, pharmacology, medicinal plant, medicine, phraseologism, phytonym.
Xitoy tabobati necha asrlardan buyon samarali rivojlanib kelishi bevosita kasallikni oldini olish,
tashxis qo`yish va davolashda qo`llaniladigan dorivor moddalar bilan chambarchas bog`liqdir. Xitoy
dorilarining kelib chiqishi va qo`llanilish tarixi bir necha ming yilliklarni o`z ichiga oladi. Biroq
“xitoy farmakologiyasi” tushunchasi ancha keyin paydo bo`ldi. Bu tushuncha xitoyda mamlakatga
evropa medicinasi kirib kelgandagina uni evropa farmakologiyasidan farqlash maqsadida qo`llanila
boshlandi.
Xitoy xalq respublikasi tashkil etilgandan so`ng (1949 yil) mamlakatda ilmiy izlanishlar
yuzasidan katta burilish yuz berdi, jumladan farmakologiya sohasida ham. Bu xitoy
farmakologiyasiga ilmiy yondoshishga asos bo`lib xizmat qildi. 1961-yil butun mamlakat bo`ylab
farmatsevt olimlar ishtirokida “xitoy farmakologiyasi” deb nomlangan farmakoepiya tuzildi. 1977
yilga kelib “xitoy farmakologiyasi katta ensiklopedik lug`ati” dunyo yuzini ko`rdi, unda xitoy
dorishunosligiga tegishli bo`lgan 5767 xildan ortiq dori turlari yoritib berilgan. Shu bilan bir qatorda
xitoy farmakologiyasiga oid turli-tuman qo`llanma, gazeta va jurnallar chop etila boshlandi. Shuni
ta’kidlab o`tish joizki, ilmiy tadqiqot markazlari va o`quv muassasalari tashkil etilishi xitoy
farmakologiyasi rivoji uchun katta hissa qo`shdi.
Xitoy farmakologiyasi tarixiga qisqacha to`xtaladigan bo`linsa, Sya, Shan va Chou
davrlaridayoq xitoyda dorivor damlama va qaynatmalar paydo bo`lgan edi. 11 asrda yozib qoldirilgan
“shijin” she’rlar to`plamida eng dastlabki dorivor giyohlardan tayyorlangan dorilar haqida
ma’lumotlar etib kelgan. Bundan tashqari “huandi neyjin” nomli tibbiy asarda xitoy
farmakologiyasining nazariy asoslari bitilgan.
Aynan farmakologiyaga bag`ishlangan xitoydagi eng qadimgi asar
神
农本草经
shénnóng
běncǎo jīng
(Shennun farmakonsepsiyasi) hisoblanadi. Ushbu kitob Tsin va Xan sulolasi davrida
yozilgan bo`lib, o`sha davrning juda ko`p mashxur tabiblari tajribasi va qo`lyozmalariga asoslangan.
Asarga hozirgi davrga qadar tibbiyotda qo`llanilib kelayotgan dorivor o`simliklarning 365 turi
kiritilgan. Mana shu asar asnosida xitoy farmakologiyasi shakllandi desak xato bo`lmaydi.
Tan davrida (618-907)
唐本草
táng běncǎo
dorishunoslikka oid asar yaratilgan bo`lib, unda 850
tur dorivor o`simliklar suratlari bilan keltirilgan.
Min sulolasi davrida (1368-1644) esa Li Shizhen 27 yil davomida
本草
纲目
běncǎo gāngmù
nomli dorishunoslik asarini tuzishga musharraf bo`ldi. Bunda 1892 tur dorivor o`simliklar va boshqa
dorivor moddalar haqida batafsil ma’lumotlar ko`rsatilgan.
1977 yilga kelib “xitoy farmakologiyasi katta ensiklopedik lug`ati” dunyo yuzini ko`rdi, unda
xitoy dorishunosligiga tegishli bo`lgan 5767 xildan ortiq dori turlari yoritib berilgan. Shu bilan bir
qatorda xitoy farmakologiyasiga oid turli-tuman qo`llanma, gazeta va jurnallar chop etila boshlandi.
Shuni ta’kidlab o`tish joizki, ilmiy tadqiqot markazlari va o`quv muassasalari tashkil etilishi xitoy
farmakologiyasi rivoji uchun katta hissa qo`shdi.
Qadim zamonlardayoq Janubiy Amerika hindulari kasal bo‘lib qolgan puma (yovvoyi
mushuk)lar qandaydir daraxtning po‘stlog‘ini g‘ajishini sezganlar. Hindular bu daraxt po‘stlog‘i
qaynatmasi bilan bezgakdan azob chekayotgan kasal kishilarni davolab ko‘rganlar. Shu yo‘sinda xin
daraxti kashf etildi (Janubiy Amerikani zabt etgan ispanlar bu daraxtni shunday deb ataganlar). Bu
daraxtning po‘stlog‘idan olinadigan xinin butun dunyoda bezgakka qarshi dori sifatida ishlatiladigan
bo‘ldi.
Bizning davrimizda esa maral bug‘u olimlarga yangi dorivor o‘simlik — levzeyani topishga
yordam berdi. Kuz faslida bug‘ular o‘z raqibi bilan olishish maqsadida levzeya ildizini kemiradilar.
Aniqlanishicha, maral iste’mol qiladigan bu ildiz odamga ham kuch-quvvat bag‘ishlaydi.
Lekin inson hamma vaqt ham hayvon ketidan ergashmagan.U dorivor o‘simliklarni o‘zi ham
qidirib topgan.
MUALLIM |
УЧИТЕЛЬ | TEACHER
Dostları ilə paylaş: |
|
|