Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64

167
49-§. Parrandachilik
ler olish uchun boqiladi, ikki oylik jo‘jalarining og‘irligi 1,6 kg va 
undan ortiq keladi.
O‘rdaklar.  Yovvoyi o‘rdak bundan 3 000 yil oldin xonaki 
lash-
tirilgan. Xonaki o‘rdak tuxumining ta’mi uncha yaxshi bo‘lmaganligi 
tufayli, odatda, go‘sht olish maqsadida boqiladi. Ularning Moskva, 
Pekin, Ukraina zotlari ko‘paytiriladi. O‘rdaklarning ikki oylik jo‘ja-
lari og‘irligi 2,6 kg va undan ham ko‘proq keladi.
G‘ozlar.  Xonaki g‘ozlar yovvoyi kulrang g‘ozlardan kelib chiqqan. 
Ular xonakilashtirish oqibatida yiriklashib, uchish qobiliyatini yo‘qot-
gan. Xonaki g‘ozlar go‘sht va momiq par olish uchun boqiladi.
Kurka  zotlari Amerika qit’asida yashagan yovvoyi kurkadan kelib 
chiqqan. Kurkani Amerikadagi mahalliy xalqlar qo‘lga o‘rgatishgan. 
Bu parranda XVI asrda Yevropaga olib kelingan. Kurka xonakilash-
tirilgan parrandalar orasida eng yirigi bo‘lib, vazni 16 kg ga boradi. 
Parrandachilik sanoati. O‘zbekistonda aholini parrandachilik 
mahsulotlari bilan ta’minlash uchun parrandachilik fabrikalari va 
naslchilik zavodlari tashkil etilgan. Fabrikalarda ishlab chiqarish 
jarayonlari mexanizatsiyalashtirilgan. Har bir fabrikada nasl beruv-
chi (erkak va urg‘ochi) va tuxum qiluvchi parrandalar, jo‘ja ochi-
rish (inkubatsiya) sexlari hamda tuxum va go‘sht ishlab chiqarish, 
chiqindilarga ishlov berish sexlari bo‘ladi. Go‘sht yetishtiriladigan 
fabrikalarda bundan tash 
qari, go‘sht uchun boqiladigan, ya’ni jo‘jalar 
(broylerlar) o‘sti 
ri 
ladigan sex ham bo‘ladi. Bu sexda jo‘jalar og‘irli-
gi 1,4–1,5 kg ga yetguncha 60–70 kun boqiladi. Broyler go‘shti 
yumshoq va mazali, yog‘i kam bo‘ladi.
Parrandachilik fabrikalarida tovuqlar maxsus kataklarda asra 
ladi; 
oziq ifloslanmasligi uchun donxo‘rak va suvdon katakdan tashqarida 
joylashgan novga qo‘yiladi. Maxsus apparatlar sexda harorat, namlik 
va kun uzunligini boshqarib turadi. Qishda bino sun’iy yoritiladi
kun uzayganida tovuqlar ko‘proq tuxum qiladi. Jo‘jalar maxsus 
inkubatorlarda ochiriladi.
1. Tovuq zotlari qanday maqsadda boqiladi?
2. Qaysi tovuq zotlari tuxum olish maqsadida boqiladi?
3. Qaysi tovuq zotlari go‘sht olish uchun boqiladi?
4. O‘rdaklar qanday maqsadda boqiladi?
5. G‘ozlar qanday maqsadda boqiladi?
6. Parrandachilik fabrikalarida qanday sexlar mavjud?
7. Broylerlar qanday yetishtiriladi?


168
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
1. Broylerlar boqiladi: 
2. Kurkalar:
a) tuxum olish uchun; 
a) Hindistonda xonakilashtirilgan;
b) go‘sht yetishtirish uchun; 
b) Amerikada xonakilashtirilgan;
d) par olish maqsadida. 
d) Tropik Afrikada xonakilashtirilgan.
Lug
at daftaringizga yozib oling.
Parrandachilik, zotlar, bankiv tovuqlari, kurkalar, sanoat parrandachiligi
broyler.
Ushbu topishmoqlarda qaysi hayvonning turq-atvori aks ettirilgan?
52. Jang qiladi ikki polvon, 
  53. Tojlari bor qizil go‘shtdan,
 
Boshlarida qizil alvon. 
   
Sahar turib, solar shovqin,
54. Ovozasi azonda, 
   
Xabari yo‘q hech bir ishdan.
 
Mazaligi qozonda.
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2b.
8.5.
 
 SUTEMIZUVCHILAR SINFI
Sutemizuvchilar – yuksak tuzilgan issiqqonli hayvonlar. Ular-
ning tanasi yung bilan qoplangan, quloq suprasi, sut va ter bezlari 
bo‘ladi. Lablari yumshoq bo‘lib, bolasini sut bilan boqadi. Ko‘pchilik 
sutemizuv chilar tirik bola tug‘adi. Bosh miya yarimsharining po‘stlog‘ida 
ilonizi burmalari rivojlangan. 
Sute 
mizuvchilarning tuzilishini it misolida o‘rganamiz.
      Itning tashqi tuzilishi, 
50-§.  skeleti va muskullari
Tashqi tuzilishi. Sutemizuvchilarning oyoqlari, odatda, ancha 
baquvvat va uzun bo‘lib,  tanasi ostida joylashgan. Shuning uchun 
ularning tanasi yerdan dast ko‘tarilib turadi. It yurganida barmoq-
lariga tayanadi. Boshi harakatchan bo‘yin orqali tanasiga birikkan. 
Sutemizuvchilarda uchinchi qovoq rivojlanmagan; sutemizuvchilarning 
tashqi qulog‘i va quloq suprasi rivojlangan. Itlarning quloq suprasi 
harakatchan bo‘ladi.
Jun qoplami. Sutemizuvchlarning terisi jun bilan qoplangan 
bo‘ladi. Jun qoplami ikki qavatdan iborat. Sirtqi qavati uzun va 
?!


169
50-§. Itning tashqi tuzilishi, skeleti va muskullari
qayishqoq, lekin dag‘al qiltiqlardan, ostki qavati esa mayin va kalta 
tuklardan tashkil topgan. Mayin tuklar orasida havo ko‘p bo‘ladi, 
ular hayvon tanasidagi haroratni yaxshi saqlaydi. Dag‘al qiltiqlar 
tuklar bilan birga terini himoya qilib turadi. Sutemizuvchilar ta-
nasida  tuyg‘u vazifasini bajaradigan yirik va uzun qillar ham bor.
Ko‘pchilik sutemizuvchilarning terisida ter bezlari bor. Bezlar 
issiq havoda tana haroratini doimiy saqlash va qo‘shimcha ajra 
tish 
organi vazifasini bajaradi. Issiq havoda bezlar orqali ajralib chiqadi-
gan ter hayvon tanasini sovitishi bilan birga organizmdan ortiqcha 
tuzlarni chiqarib yuboradi. Itlarning terisida ter bezlari bo‘lmagani-
dan ularning tanasi nafas olishi tufayli soviydi. Shu ning uchun itlar 
issiq havoda og‘zini ochib, tez-tez nafas oladi.
Sutemizuvchilarning barmoqlari uchida muguz tirnoqlari yoki tu-
yoqlari bo‘ladi. Ba’zi hayvonlar (qoramollar, karkidonlar, antilopalar)
ning boshidagi shoxlari ham muguzdan iborat.
Skeleti. Sutemizuvchilar skeleti bosh, umurtqa pog‘onasi, ko‘krak 
qafasi, oldingi va orqa oyoqlar hamda ular kamarlari skeletlaridan 
iborat (96-rasm). Bosh miyasi ancha kuchli rivojlanganligi tufayli 
miya qutisi ham boshqa umurtqali hayvonlarnikiga nisbatan yirik 
bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasi bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza va dum 
bo‘limlariga ajratiladi. Bo‘yin 7 ta umurtqadan iborat.  Ko‘krak 
umurtqalari 12–15 ta bo‘lib, qo 
vurg‘alar va to‘sh suyagi bilan 
birgalikda ko‘krak qafasini hosil qiladi. Bel 2–9 (itlarda 6) ta 
umurtqadan iborat. Bel umurt 
qalari o‘zaro harakatchan qo‘shilganligi 
tufayli hayvonlarning tanasi beldan bukilishi mumkin. Dumg‘aza 
bo‘limidagi 3–4 ta umurtqa chanoq suyagi bilan qo‘shilib ketgan. 
96-rasm. It skeleti: 
1 – bosh; 2 – bo‘yin umurt-
qalari; 3 – ko‘krak umurt qa-
lari; 4 – bel umurt qalari; 5 – 
chanoq; 6 – dum umurtqalari; 
7 – son; 8 – kichik boldir; 9 – 
katta boldir; 10 – tovon; 11 – 
kurak; 12 – yelka; 13 – bilak; 
14 – tir sak; 15 – qovurg‘alar
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
1


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə