Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64

170
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
Dum umurtqalari soni (uchtadan bir necha o‘nta 
gacha) dumning 
uzunligiga bog‘liq.
Sutemizuvchilar oldingi oyoq kamari skeleti ikkita kurak va 
unga qo‘shilib o‘sgan ko‘krak tirgak suyagi hamda ikkita o‘mrov 
suyagidan iborat. Itning o‘mrov suyagi rivojlanmagan. Orqa oyoq 
kamari, ya’ni chanoq 3 juft suyakdan iborat.
Tishlari. Sutemizuvchilarning tishlari har xil tuzilgan. Itning 
jag‘lari oldingi qismida ponasimon kurak tishlar, ulardan orqaroqda 
konussimon yirik qoziq tishlar, og‘iz bo‘shlig‘ining ikki yon tomoni-
da yassi oziq tishlar joylashgan. Har qaysi jag‘ lar 
dagi oziq tishlardan 
biri yirtqich tishga aylangan. Itlar va boshqa yirt 
 
 qich hayvonlarning 
kurak tishlari mayda, qoziq va yirtqich tish 
 
 
lari kuchli rivojlangan 
(97-rasm). Tishlarning har xil tuzilishi ular 
 
ning vazifasi bilan bog‘liq. 
Tishlar  jag‘larning  chuqurchasida  joy   lashgan.
97-rasm. Itning bosh skeleti va jag‘ muskullari: 
1 – yuz bo‘limi; 2 – bosh bo‘limi; 3 – yuqori jag‘; 4 – pastki jag‘; 5 – kurak tishlar; 
6 – qoziq tish; 7 – yirtqich tish; 8 – oziq tishlar; 9 – ko‘z kosasi;
10 – chaynash muskullari
1
2
3
4
5
6
10
3
4
7
8
9
Muskullari. Sutemizuvchilarning muskullari xilma-xil bo‘ladi. 
Ko‘pincha orqa muskullari, qo‘l va oyoq hamda qo‘l va oyoq 
kamarining muskullari kuchli rivojlangan. Itning pastki jag‘ini ha-
ra 
katga keltiruvchi muskullar kuchli rivojlangan.
1. Sutemizuvchilar jun qoplami qanday tuzilgan?
2. Ter bezlari qanday vazifani bajaradi?
3. Sutemizuvchilar skeleti qanday bo‘limlardan iborat?
4. Umurtqa pog‘onasi qanday tuzilgan?
5. Oyoqlar skeleti qanday tuzilgan?
6. Sutemizuvchilar tishlari qanday xillarga ajratiladi?


171
51-§. Itning ichki tuzilishi
1. Sutemizuvchilarning oyog‘i:
a) tanasi ostida tik joylashgan;
b) tanasining ikki yonida joylashgan;
d) ko‘kragidan keyinroqda joylashgan.
2. Sutemizuvchilarning barmoqlari uchida:
a) suyak tuyoq yoki tirnoqlar bo‘ladi;
b) yumshoq yostiqchalar bor;
d) muguz tirnoqlar yoki tuyoqlar bo‘ladi.
Tishlar va ularga xos tuzilish xususiyatlarini juftlab yozing.
a) kurak; 
1) konussimon;
b) qoziq; 
2) yassi;
d) oziq. 
3) ponasimon.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Tashqi quloq, quloq chig‘anog‘i, tirgak suyak, kurak tishlar, qoziq tishlar, 
oziq tishlar.
Jumboqni yeching. 1. Nima sababdan issiq havoda it tilini osiltirib, so‘lagi oqib 
turadi? 2. Yotib dam olayotgan it tanasi va oyoqlarini bukib oladi. Bu holat 
ular tuzilishining qaysi xususiyatlari bilan bog‘liq?
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2d.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-1, d-2.
51-§.        Itning ichki tuzilishi
Hazm qilish sistemasi. Hazm qilish organlari og‘iz bo‘shlig‘i, 
halqum, qizilo‘ngach, oshqozon  hamda ingichka, yo‘g‘on va 
to‘g‘ri ichakdan iborat. Itning og‘iz bo‘shlig‘ida tishlari va tili 
joylashgan. Tili yordamida ular oziqning ta’mini aniqlaydi. 
Og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak bezlaridan ajralib chiqadigan so‘lak 
oziqni ho‘llaydi. It tili yordamida oziqni so‘lak bilan ara-
lashtiradi. Og‘izda maydalangan oziq oshqozon shirasi bilan 
aralashib, qisman hazm bo‘ladi va ichakka o‘tadi. Ichakda 
oziq ichak va oshqozonosti bez 
laridan ajralib chiqadigan hazm 
shirasi hamda jigardan ajraladigan o‘t suyuqligi ta’sirida hazm 
bo‘ladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi yo‘g‘on ichakka tu-
shadi; u yerdan to‘g‘ri ichak va anal teshigi orqali tashqariga 
chiqib ketadi (98-rasm).
?!


172
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
Nafas olish sistemasi. Havo burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, kekir-
dak va bronxlar orqali ko‘krak qafasida joylashgan o‘pkaga kiradi. 
Ko‘krak qafasi diafragma parda orqali qorin bo‘shlig‘idan ajralgan. 
Nafas olganda qovurg‘alar ko‘tarilib, diafragma qorin bo‘shlig‘iga 
suriladi. Buning natijasida ko‘krak qafasining hajmi oshadi, atmos-
fera bosimi ta’sirida havo o‘pkaga otilib kiradi. Nafas chiqarishda 
qovurg‘alar pasayib, diafragma gumbaz shaklida ko‘krak bo‘shlig‘iga 
ko‘tarilishi tufayli ko‘krak qafasi torayadi va havo o‘pkadan chiqib 
ketadi.
Qon aylanish sistemasi. Sutemizuvchilar yuragi to‘rt bo‘lmali 
bo‘lib, ikkita qorincha va ikkita bo‘lmadan tuzilgan (99-rasm). Qon 
4
5
6
1
2
3
7
8
9
10
99-rasm. Itning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi: 
1 – kichik qon aylanish doirasi; 2 – katta qon aylanish doirasi; 3 – yurak; 4 – o‘ng 
yurak bo‘lmasi; 5 – o‘ng yurak qorinchasi; 6 – aorta qon tomiri; 7 – o‘pka arteriyasi; 
8 – o‘pka venasi; 9 – chap yurak bo‘lmasi; 10 – chap yurak qorinchasi
1
2
3
4
5
6
10
9
8
11
12
13
7
98-rasm. Itning hazm qilish, 
nafas olish va ayirish
sistemasi: 
1 – og‘iz bo‘shlig‘i; 2 – ke-
kirdak; 3 – o‘pka; 4 – ji-
gar; 5 – buyrak; 6 – to‘ g‘    ri 
ichak; 7 – diaf ragma; 8 – 
osh qo zon;  9  –  osh qo zonosti 
bezi; 10 – ingichka ichak; 
11 – ko‘ri chak; 12 – yo‘ g‘on 
ichak; 13 – qo vuq


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə