Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43

63
ekspeditsiyasi davrida okean hayotiga va tabiat komponentlariga
taalluqli juda ko‘p ma’lumot to‘plandi.
Geologik tuzilishi va relyefi. Gondvana va Lavraziya mate-
riklarining gorizontal yo‘nalishdagi parchalanishi natijasida
Atlantika okeani paydo bo‘lgan.
Geologik tuzilishida turli xil yotqiziqlar qatnashadi. Jumla-
dan, o‘rta okean tizmalarida bazaltli va vulqonli jinslar, materik
sohillarida daryolar oqizib keltirgan qum, gil, loyqa jinslar
tarqalgan.
Materik sayozligi okeanning shimoliy qismida, Florida ya-
rimoroli, Folklend orollari yonida katta maydonlarni egallaydi,
Afrikaning g‘arbiy sohillarida esa tor yo‘lakni hosil qiladi. Ma-
terik yonbag‘ri ancha tik. Okean tubida O‘rta Atlantika suvosti
tog‘ tizmasi shimoldan janubga 15 000 km masofaga cho‘zilgan.
O‘rta Atlantika tizmasi, o‘z navbatida, Shimoliy va Janubiy At-
lantika tizmalariga bo‘linadi. Bu tizmalar oralig‘ida bir nechta
botiqlar joylashgan. Mazkur botiqlarning chuqurligi 3 000 m
dan 7 000 m gacha yetadi. O‘rta okean tizmasining tepa qismini
ko‘ndalang va bo‘ylama chuqur daralar — riftlar kesib o‘tgan.
Okeanning eng chuqur qismi Puerto-Riko cho‘kmasi bo‘lib,
8 742 m chuqurlikda joylashgan.
Iqlimi.  Atlantika okeani yuza suvlarining harorati Òinch va
Hind okeanlari suvlariga nisbatan past (+16,5 °C). Bunga Shi-
moliy Muz okeanidan va Antarktida tomonidan sovuq oqimlar-
ning kirib kelishi sababchidir. Termik ekvatorda suv yuzasining
o‘rtacha yillik harorati 27 — 28 °C. Okeanning janubiy va shi-
moliy qismlarida 0 –1 °C gacha pasayadi.
Okeanda barcha iqlim mintaqalari mavjud. Uning janubiy
o‘rtacha kengliklarida yil davomida kuchli shamollar kuzatilsa,
subtropiklarda haftalab shtil — shamolsiz kunlar bo‘ladi.
Okeanning o‘rtacha sho‘rligi (37,5 ‰) Dunyo okeani o‘rta-
cha sho‘rligidan yuqori. Okeanning shimoliy va janubiy chegara-
larida suvning sho‘rligi 34 — 35 ‰, eng sho‘r dengizi O‘rta de-
ngiz (37 — 39 ‰) hisoblanadi.
Oqimlari. Atlantika okeanida oqimlar halqalar hosil qiladi.
Mashhur Golfstrim oqimi okeandagi qudratli daryo singari


64
Shimoliy Amerika va Yevropa iqlimiga ta’sir qilib, shimol to-
mondagi muz va muztog‘ (aysberg)larning erishiga hamda tu-
manli kunlar ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Okeanning tabiat mintaqalari. Atlantika okeanining o‘rta
qismida ekvatorial mintaqa joylashgan. Bu mintaqaning yillik
yog‘in miqdori 1 770 mm ga va suvning o‘rtacha sho‘rligi 35 ‰
ga teng. Undan shimolda va janubda tropik, subtropik, mo‘tadil,
subqutbiy va bitta qutbiy mintaqalarning bepoyon suvlari joy-
lashgan. Subtropik va tropik mintaqalarda yog‘ingarchilik kam
bo‘lganligi tufayli ular suvining sho‘rligi biroz ko‘tariladi.
Shimoliy subtropik mintaqada tabiati o‘ziga xos bo‘lgan
Sargasso dengizi joylashgan. Dengiz suvining sho‘rligi 37 ‰ ga
teng, harorati qishda 23 °C ni va yozda 28 °C ni tashkil etadi.
Insonning xo‘jalik faoliyati. Buyuk geografik kashfiyotlar
Atlantika okeanidan boshlangan. Mashhur dengizchilar shu
okean orqali safarga chiqqanlar. Hozir ham transportdagi aha-
miyati jihatidan birinchi o‘rinni egallaydi. O‘rta dengiz sohillari
dunyo turizmida birinchi o‘rinda turadi. Suvaysh (1869- y.) va
Panama (1914- y.) kanallarining ishga tushirilishi okeanning
ahamiyatini yanada oshirdi.
Okean shelflaridan xilma-xil boyliklar qazib olinadi, baliq
ovlash ko‘proq okeanning shimolida olib boriladi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Atlantika, Atlantida, o‘rta okean tizmasi, Golfstrim, shtil,
Buyuk geografik kashfiyotlar, tabiat mintaqalari.
Nazorat uchun savollar
1. Atlantika okeanini qaysi materiklar o‘rab turadi?
2. Okeanni kimlar o‘rgangan?
3. Okeanda qanday tabiat mintaqalari bor?
Amaliy topshiriqlar
1. Yozuvsiz xaritaga okean tubi relyefini tushiring.
2. Okeanni o‘rgangan dengizchilarni daftaringizga yozing.


65
28- §. Hind okeani
Asosiy xususiyatlari. Eng sho‘r okean, eng issiq ko‘rfazi
mavjud, eng katta suvosti deltasi bor, cho‘kindi jinslar eng
qalin (5,5 km, Gang deltasi), asosiy qismi janubiy yarimshar-
da, o‘simlik va hayvonlarga eng kambag‘al, eng uzun bo‘g‘izi
bor, neft va gaz zaxirasi va qazib olinishi, tashiladigan neft
hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Marvarid va durlar yig‘ib
olishda yetakchi hisoblanadi.
Geografik o‘rni. „Hind“ so‘zi sanskritcha daryo degan ma’-
noni anglatadi.
Hind okeani to‘rtta materik (Afrika, Yevrosiyo, Avstraliya,
Antarktida) oralig‘ida joylashgan. Okeanning asosiy qismi Ja-
nubiy yarimsharda joylashgan. Shimoli-sharqiy va shimoli-g‘ar-
biy qirg‘oqlari ancha parchalangan. Maydoni 76 mln kv km.
O‘rganilish tarixi. Dastlab arablar, shumerliklar Fors ko‘r-
fazi, Qizil dengiz va Hind okeanida suzishgan (er. av. IV — V
asrlarda) bo‘lsalar, finikiyaliklar (er. av. VI asrda) Hind
okeani orqali Afrikani janubdan aylanib o‘tib, g‘arbdan qaytib
kelganlar.
Eramizning  boshlaridan  arablar (ayniqsa, VII — XII asr-
larda) Hind okeanini o‘zlashtirdilar. Ular okean qirg‘oqlarini,
orollar, oqimlarni, shamollarni atroflicha o‘rgandilar. Vasko
da Gama Hindistonga dengiz yo‘lini  ochdi  (1498- y.). Hind
okeanini birinchi bo‘lib A. Òasman (1642 — 1643) g‘arbdan
sharq tomonga (Avstraliya janubiga) suzib o‘tgan bo‘lsa, J. Kuk
(1771 — 1775) okean chuqurligini aniqladi.
Okeanni muntazam o‘rganish XIX asrning oxiridan bosh-
landi. „Chellenjer“ kemasi a’zolari, UNESCO tashabbusi bilan
1960 — 1965- yillarda tashkil etilgan Xalqaro Hind okeani ilmiy
ekspeditsiyasi okean to‘g‘risida mukammal ilmiy ma’lumotlar
to‘pladi.
5 — A. Soatov,  A. Abdulqosimov, M. Mirakmalov


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə