Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43

72
yashil butazorlar (asosan, evkaliðt, akatsiyadan iborat) o‘tib
bo‘lmas changalzorlarni — skreblarni hosil qiladi. Bu zonada gi-
gant kengurular, vombatlar, yexidna, dingo iti, emu tuyaqushi,
zaharli ilonlar, mali — inkubator tovug‘i va kemiruvchilar
yashaydi.
Eng janubdagi subtropik iqlim mintaqasidagi tabiat zonalari
hududiy xususiyatga ega. Materikning g‘arbiy qismida qattiq
bargli o‘rmonlar va butalar (asosan, evkaliðtlar), janubi-shar-
qida evkaliðt o‘rmonlari, undan janubda doimiy yashil dub
(eman)lar o‘sadi. Avstraliya Alp tog‘larida balandlik mintaqalari
mavjud. Tasmaniya aralash o‘rmonlar bilan qoplangan.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Eng quruq materik, Tasmaniya, paporotnik, evkaliðt, sa-
vannalar, skreblar, mali — inkubator tovug‘i.
Nazorat uchun savollar
1. Avstraliya qit’asida qanday iqlim mintaqalari shakllangan?
2. Krik va skreb nima?
3. Afrika va Avstraliya tabiat zonalarining o‘xshash va farqli
jihatlari nimalardan iborat?
14- rasm. Avstraliya hayvonlari.
Koala
Kenguru
O‘rdakburun
Yexidna


73
Amaliy topshiriqlar
1. Iqlim mintaqalarini yozuvsiz xaritaga tushiring.
2. Daryo va ko‘llarni tavsiflab, daftaringizga yozing.
31- §. Materik aholisi va uning
tabiatga ta’siri
Aholisi va uning hududiy tarqalishi. Yevropaliklar kelgunga
qadar avstraliyaliklar juda past taraqqiyot darajasida bo‘lishgan.
Aborigenlar ovchilik, termachilik bilan kun ko‘rishgan. Ular
dehqonchilik bilan ham, chorvachilik bilan ham shug‘ullanish-
magan. Aborigenlar, asosan, Avstraliyaning tabiiy sharoiti inson
hayoti uchun qulay bo‘lgan sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida
o‘rnashgan edilar. Keyinchalik materikka yevropaliklar kelish-
ganidan so‘ng va qo‘ychilikning rivojlanishi bilan ular qurg‘oq-
chil, yashash uchun noqulay yerlarga siqib chiqarildi.
Kelgindi aholi yevropaliklar avlodlaridir, asosiy qismi ing-
lizlar — ingliz tilida so‘zlashuvchi avstraliyaliklardan iborat.
Avstraliya boshqa aholi yashaydigan materiklardan aholi zich-
ligining kichikligi bilan ajralib turadi. Aholining ko‘p qismi
materikning yashash uchun qulay bo‘lgan sharqiy, janubi-
sharqiy va janubi-g‘arbiy chekkalarida to‘plangan.
Tabiatiga insonning ta’siri. Avstraliya tabiati yevropaliklar
ko‘chib kelganidan so‘ng va ular xo‘jalik faoliyati ta’sirida juda
tez hamda kuchli darajada o‘zgardi. Hayvonlarni ko‘plab ov-
lash, yashash sharoitining o‘zgarishi natijasida ularning ko‘pi
qirilib ketdi. Kenguruning ba’zi turlari, xaltali bo‘ri, vombat-
larning ayrim turlari yo‘qolish arafasida. Ayniqsa, Avstraliya-
ning sharqiy, janubi-sharqiy va janubi-g‘arbiy aholi zich yashay-
digan qismlari tabiati ko‘p o‘zgargan. Ilgari quruq siyrak o‘r-
monlar va butazorlar o‘rnini endilikda antropogen landshaft-
lar — bug‘doyzorlar, uzumzorlar, zaytunzorlar egallagan. Sa-


74
noatining rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda ko‘p antropogen
tabiat komplekslari vujudga keldi.
Tabiatni muhofaza qilish va yo‘qolib borayotgan kamyob
o‘simlik va hayvonlarni saqlab qolish uchun milliy bog‘lar va
qo‘riqxonalar bunyod etilgan.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Aborigenlar, avstraliyaliklar, kenguru, antropogen land-
shaftlar, milliy bog‘lar va qo‘riqxonalar
Nazorat uchun savollar
1. Aholining ko‘p qismi materikning qaysi qismida to‘p-
langan?
2. Avstraliyaning qaysi qismlari tabiati ko‘p o‘zgargan?
Amaliy topshiriqlar
1. Xarita asosida Avstraliyaning aholi zich joylashgan hu-
dudlarini tahlil qiling va tushuntiring.
2. Avstraliyaning tabiati ko‘p o‘zgargan qismlarini aniq-
lang va ularning sabablarini tushuntiring.
   
32- §. Takrorlash
Geografik qobiq, Dunyo okeani, Afrika va Avstraliya mate-
riklarining asosiy xususiyatlarini gapirib bering.
Atlasdagi xaritadan foydalanib, Avstraliyaning chekka nuq-
talari oralig‘idagi masofani o‘lchang.
Afrika va Avstraliyaning endemik hayvonlarini eslang.
Tuxumdan bola ochib, suti bilan boqadigan hayvonlar
(o‘rdakburun va yexidna) haqida ma’lumot bering.
Yakuniy nazorat uchun ikkinchi chorak (19 — 31- darslar)
mavzularidan 20 ta test topshiriqlarini tuzib  yeching.


75
33- §. Tinch okean
Asosiy xususiyatlari. Okeanlar ichida eng keksa va eng kat-
tasi, eng issig‘i, „olovli halqa“ si mavjud, eng chuqur, bio-
massaga eng boy. Baliq ovlashda, dengiz, orollar soni, kuchli
shamol, baland to‘lqin, suv tubi vulqonlari bo‘yicha Dunyo
okeanida birinchi o‘rinda.
Geografik o‘rni. Tinch okean Dunyo okeani maydonining
yarmini va Yer yuzining 1/3 qismidan ortig‘ini egallagan. Bu
okean kattaligi sababli Ulug‘  okean deb ham ataladi. Okeanni
beshta materik chegaralab turadi. Uni shimoli-sharqda Shimoliy
Amerika, janubi-sharqda Janubiy Amerika, janubda Antarktida,
janubi-g‘arbda Avstraliya, shimoli-g‘arbda Yevrosiyo materiklari
o‘rab olgan. Shimoldan janubga qarab qariyb 12 ming km va
g‘arbdan sharqqa qarab 17,2 ming km masofaga cho‘zilgan. Eng
keng joyi ekvatorda va uning atrofida. Maydoni 180 mln kv km.
O‘rganilish tarixi. Birinchi bo‘lib ispaniyalik V. Balboa 1513-
yilda Panama bo‘ynidan o‘tib, Tinch okeanni ko‘rgan va unga
Janubiy okean deb nom bergan. F. Magellan 1520 — 1521- yil-
lardagi sayohati davrida uni Tinch okean deb atagan.
Okean to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar F. Magellan va
J. Kuk sayohatlari tufayli to‘plangan. V. Bering va A. I. Chiri-
kovlar 1741- yilda okeanning shimoliy qismini o‘rganishdi.
I. F. Kruzenshtern, Y. V. Lisyanskiy, S. O. Makarov „Vityaz
kemasida va Jak Iv Kusto Tinch okeanda mukammal tadqiqot
ishlari olib bordilar. Hozirgi vaqtda Tinch okeanni o‘rganish
yuzasidan maxsus xalqaro tashkilotlar tuzilgan.
Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Tinch okean boti-
g‘i eng keksa va Yer po‘stining juda katta maydonini egallaydi.
Shunga asoslanib, mustaqil litosfera plitasi tariqasida ajratilgan.
Ayni paytda Tinch okean litosfera plitasi o‘rta okean tizmasi
zonasida kengaymoqda. Tinch okean litosfera plitasi eng serha-


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə