Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43

66
Okean tubi relyefi. Hind okeani tubida uch tarmoqqa bo‘-
linib ketgan tog‘ tizmalari mavjud. Bular Arabiston-Hindiston,
G‘arbiy Hind tog‘lari va Avstraliya-Antarktida ko‘tarilmalaridir.
Okeanning sharqiy qismida Markaziy va G‘arbiy Avstraliya
botiqlari mavjud. Ularni bir-biridan Sharqiy Hind tizmasi
ajratib turadi. Tog‘ tizmalarining kengligi 400 — 800 km,
balandligi 2 — 3 km. Hind okeanining eng chuqur joyi Yava
(Zond) cho‘kmasida bo‘lib, chuqurligi 7 729 m ga teng.
Iqlimi. Okeanning shimoliy qismida suv yuzasining harorati
yuqori +25 +28 °C, janubida esa ancha past. Suvining sho‘rligi
Dunyo okeani o‘rtacha sho‘rligidan yuqori. Qizil dengiz suvi
eng sho‘r (42 ‰), sho‘rligi eng past Bengaliya qo‘ltig‘i (30 —
34 ‰) suvlaridir. Yog‘inlar miqdori ekvatorial mintaqada ko‘p
(3 000 mm gacha), qutblar tomon kamayib boradi. Eng kam
yog‘in shimoli-g‘arbiy qismida (100 mm) kuzatilgan. Okeanda
shimolda subtropik, tropik, subekvatorial, ekvatorial, janubda
subekvatorial, tropik, subtropik, mo‘tadil, subantarktika va an-
tarktika iqlim mintaqalari tarkib topgan.
Organizmlari. Hind okeanining tropik mintaqalarida plank-
tonlar ko‘p. Planktonlar orasida kechasi nur sochadigan turlari
bor. Okean suvlarida baliqlardan sardinella, skumbriya, akula,
kitlar, iliq suvlarda ulkan dengiz toshbaqalari, dengiz ilonlari,
molluskalar (kalmarlar) yashaydi. Dengiz sayozliklarida, mar-
jon riflari atrofida organizmlar eng ko‘p tarqalgan. Bu yerlarda
haqiqiy  suvosti o‘tloqlarini uchratish mumkin.
Okeanning tabiat mintaqalari. Okeanning ekvatorial mintaqa-
sida iqlim sharoiti yil davomida kam o‘zgaradi. Yuzadagi suv ha-
rorati 20 — 28 °C. Yillik yog‘ingarchilik miqdori 2 000 —3 000 mm
ni tashkil etadi. Shunga mos tabiat kompleksi shakllangan.
Janubiy subtropik mintaqada ikkita yirik kompleksni — iliq va
sovuq suv massalaridan tashkil topgan tabiat komplekslarini
ko‘ramiz. Mintaqaning g‘arbiy qismida yog‘ingarchilik ko‘p
(1 000 mm), iliq oqimlar ta’sirida bo‘lganligidan yil davomida
suvi iliq, harorati ancha yuqori bo‘ladi. Sharqiy qismida esa so-
vuq oqimlar ta’sirida yil davomida suvning harorati past bo‘-
ladi, yog‘in kam (500 mm) yog‘adi.


67
Okeanning janubida mo‘tadil va subantarktika tabiat minta-
qalari joylashgan. Ular tabiatining shakllanishida g‘arbiy sha-
mollar va muzli Antarktida materigining ta’siri kuchli. Min-
taqalar yuza suvi nisbatan sovuq bo‘lganligi uchun shunga mos
organizmlar yashaydi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
„Chellenjer“, UNESCO, aysberg, dengiz toshbaqasi, de-
ngiz ilonlari, musson, tabiat mintaqalari.
Nazorat uchun savollar
1. Okean qaysi materiklar oralig‘ida joylashgan?
2. Kimlar okeanni o‘rganishgan?
3. Okeanda qanday tabiat mintaqalari bor?
Amaliy topshiriqlar
1. Bengaliya qo‘ltig‘ida suvning sho‘rlik darajasi eng past-
ligi sababini aniqlang.
2. Yozuvsiz xaritaga dengiz, okean tubi relyefini tushiring.
AVSTRALIYA VA OKEANIYA
29- §. Avstraliyaning geografik o‘rni,
o‘rganilish tarixi, geologik tuzilishi,
foydali qazilmalari. Relyefi
Avstraliyaning asosiy xususiyatlari. Eng mitti, eng past,
eng quruq materik, xaltali hayvonlar vatani, sayyoramizning
yaxlit noyob qo‘riqxonasi, o‘rtasidan janubiy tropik chizig‘i
o‘tadi, evkaliðt daraxti vatani (bo‘yi 2 m dan 150 m gacha),
materikdagi berk havza maydoni (60 %) jihatidan birinchi
o‘rinda, yagona davlat — Avstraliya Ittifoqi bor, aholisining
deyarli yarmi ikkita shaharda (Sidney, Melburn) yashaydi.
Maydoni — 7 mln 659 ming kv km.


68
Geografik o‘rni. Avstraliya (lotincha „australius“ — janubiy)
to‘liq janubiy yarimsharda joylashgan. Quruqlikni shimol, g‘arb
va janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okean suvlari o‘rab
turadi. Maydonining kichikligiga ko‘ra unga materik-orol nisba-
tini berishgan. Odam yashaydigan materiklardan ancha uzoqda
joylashgan.
O‘rganilish tarixi. Avstraliya odam yashaydigan materiklar
orasida eng keyin kashf etilgan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib
Avstraliya quruqligiga qadam qo‘ygan kishi niderlandiyalik
Uilyam Yanszondir. U 1606- yilda Keyp-York yarimorolini tek-
shirdi va materikka Yangi  Gollandiya deb nom berdi. Shu sana
Avstraliyaning kashf etilgan vaqti bo‘lib, geografiya tarixiga
kirdi. Keyinchalik, ispaniyalik L. Torres, niderlandiyalik A. Tas-
man va boshqalar materikni o‘rgandilar.
Geologik tuzilishi. Avstraliya qadimgi geologik o‘tmishda
Gondvana materigining bir qismi bo‘lgan. Mezozoy erasining
oxiriga kelib Avstraliya mustaqil materik tariqasida shakllandi.
Materik asosini qadimgi qattiq va mustahkam platforma tashkil
etadi. U Hind-Avstraliya litosfera plitasining bir bo‘lagidir. Plat-
formaning mustahkam kristalli zamini materikning shimolida,
g‘arbida va markaziy qismlarida yer yuzasiga chiqib yotadi.
Sharqiy qismidagi Katta Suvayirg‘ich tizmasi gersin tog‘ burma-
lanishida ko‘tarilgan. Keyingi tektonik harakatlar natijasida
Yangi Gvineya, Tasmaniya — materik orollari quruqlikdan ajralib
qolgan. Kuchli zilzilalar kuzatilmaydi, vulqonlar umuman yo‘q.
Foydali qazilmalari. Platformaning zaminida temir, mis,
qo‘rg‘oshin, rux, uran rudalari, qalay, oltin, platina kabi rudali
qazilmalar joylashgan. Cho‘kindi jinslar bag‘rida fosforit, osh
tuzi, toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir, neft, tabiiy gaz tarkib topgan.
Avstraliya temir va rangli metallar (boksit, qo‘rg‘oshin, rux,
nikel) hamda uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda
turadi. Ko‘pgina qazilma boyliklar yer yuzasiga yaqin joylashgan.
Shu bois, ular arzon — ochiq usulda qazib olinadi. Avstraliya —
rux, qo‘rg‘oshin va kumush qazib chiqarishda dunyoga mashhur.
Relyefi.  Materikning 95 % hududi pasttekislik va yassi tog‘-
liklardan, 5 % i tog‘lardan iborat. Avstraliya relyef tuzilishiga


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə