Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43

69
ko‘ra uch qismga ajraladi. Birinchisi, G‘arbiy Avstraliya yassi
tog‘ligidir. U yassi tog‘lik va baland tekisliklardan iborat (atlasga
qarang). Nurash natijasida yemirilib, pasayib qolgan baland-
liklar va qoldiq tog‘lar ko‘zga yaqqol tashlanadi. Bunga yassi
tog‘liklar ustidan baland ko‘tarilib turgan Makdonnell (Zil
cho‘qqisi — 1 510 m) va Xamersli (Brus cho‘qqisi — 1 226 m)
tog‘lari misol bo‘ladi. Kelib chiqishiga ko‘ra ularni palaxsali
tog‘lar guruhiga kiritish mumkin.
Ikkinchisi, Markaziy pasttekislik bo‘lib, u materikning eng
past va yassi tekisliklaridan iborat. Ular dengiz va daryo yot-
qiziqlaridan tuzilgan. Tekislikning mutlaq balandligi 100 m dan
oshmaydi. Materikning eng past joyi (Eyr-Nord ko‘li, –16 m)
ham shu yerda. U Markaziy havza deb ham ataladi. Markaziy
pasttekislikning shimolida Karpentariya tekisligi bor. Markaziy
havzada toshloq quruq vodiylar — kriklar ko‘p uchraydi. Eng
kattalari Kuper-krik va Eyr-kriklardir. Bu joylar kriklar o‘lkasi
deb ataladi. Materikning sharqida uzoq masofaga cho‘zilgan
uchinchi tog‘li qismi — Katta Suvayirg‘ich tizmasini hosil qi-
ladi. Bu tizmaning eng baland joyi janubiy qismidagi Avstraliya
Alp tog‘lari (Kossyushko cho‘qqisi, 2 228 m) hisoblanadi. Òek-
tonik yoriqlar, daralar va daryo vodiylari tog‘larni alohida-
alohida massivlarga bo‘lib yuborgan.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Avstraliya, materik orol, eng quruq, xaltali hayvonlar va-
tani, eng past materik, V. Yanszon, L. Torres, A. Tas-
man, evkaliðt daraxti.
Nazorat uchun savollar
1. „Avstraliya“ so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
2. Relyef tuzilishiga ko‘ra necha qismga bo‘linadi?
3. Qaysi qazilmalar bo‘yicha dunyoda yetakchi?
Amaliy topshiriqlar (atlasdan foydalaning)
1. Avstraliyaning tabiiy xaritasini yozuvsiz xaritaga tushiring.
2. Foydali qazilmalar va relyef haqida jadval tuzing.


70
30- §. Iqlimi, ichki suvlari va
tabiat zonalari
Iqlim xususiyatlari. Avstraliyaning geografik o‘rni, havo
massalari, okean oqimlari, relyefi materik iqlimining o‘ziga xos
xususiyatlarini shakllantirgan. Shunga ko‘ra, Avstraliya Yeri-
mizdagi eng qurg‘oqchil materik hisoblanadi. Uning hududida
Afrikaga nisbatan besh baravar kam yog‘in yog‘adi. Bu yerda
quruq tropik iqlim tiði hukmronlik qiladi. Shuning uchun ma-
terikning markaziy va g‘arbiy qismlarida yog‘ingarchilik juda
kam bo‘ladi. Okeandan esadigan janubi-sharqiy passatlar Katta
Suvayirg‘ich tizmasining sharqiy yonbag‘irlariga yog‘in kel-
tiradi.
Iqlim mintaqalari. Avstraliya materigida to‘rtta iqlim min-
taqalari tarkib topgan. Subekvatorial iqlim mintaqasi mate-
rikning 20°
 
j. k. gacha bo‘lgan hududlarini egallaydi. Yozda
(dekabr-fevral) ekvatorial havo massalari ko‘p yog‘in kelti-
radi (800 — 2 000 mm). Qishda (iyun-avgust) esa tropik havo
massalari hukmronlik qiladi va havo quruq bo‘lib, yog‘in kam
yog‘adi. Bu mintaqada o‘rtacha havo harorati yozda +24 °C,
qishda esa 16 — 24 °C ni tashkil etadi.
Tropik iqlim mintaqasi katta maydonni egallaydi. Oldingi
mintaqa singari ko‘p quyosh radiatsiyasini oladi. Ikkita iqlim
tiði shakllangan.  1.  Quruq tropik iqlim tiði, tekislikni egallaydi,
yog‘in kam  (100 — 500  mm), yillik havo harorati  30 — 32 °C.
2.  Nam tropik iqlim mintaqasi, Tinch  okean sohilida tarkib
topgan, yog‘in ko‘p (2 000  mm gacha), yillik harorati  16 °C.
Subtropik iqlim mintaqasi materikning janubiy qismini va
Tasmaniya orolining shimoliy sohil bo‘ylarini qamrab oladi. Bu
mintaqada uchta iqlim tiði hosil bo‘lgan. G‘arbdan sharqqa
tomon dastlab O‘rta dengiz subtropik iqlim tiði (yog‘in  300 —
1 000 mm), so‘ngra kontinental (yog‘in 100 — 500  mm) va


71
janubi-sharqiy qismida nam subtropik iqlim tiðlari (yog‘in
2 000 — 3 000  mm) mavjud. Tasmaniya oroli g‘arbiy shamollar
ta’sirida bo‘lib, mo‘tadil iqlim mintaqasi asosiy qismini
egallaydi (yog‘in  500 — 2 000  mm, harorat qishda +8 °C, yozda
+16 °C).
Ichki suvlari. Materikning katta qismi quruq tropik iqlim
mintaqasida joylashganligidan daryolar oz. Avstraliyaning 60 %
maydoni oqmas ichki berk havzaga, 7 % i Tinch okean va
33 % i Hind okeani havzasiga qaraydi. Daryolarning quruq
o‘zanlari  kriklar deb ataladi. Bu daryolarda suv ahyon-ahyon-
da yog‘adigan yomg‘irlardan keyin paydo bo‘ladi va tez orada
qurib qoladi. Yil bo‘yi sersuv bo‘lib oqadigan daryolar Avst-
raliyaning sharqiy qismida mavjud. Daryolar yomg‘irdan va
yerosti suvlaridan to‘yinadi. Avstraliyaning eng katta daryo ti-
zimi — Murrey va uning yirik irmog‘i Darlingdan iborat. Avst-
raliyada kichik oqmas ko‘llar ko‘p. Ular juda sho‘rlangan.
Ko‘llar ichida eng yirigi Eyr-Nord ko‘li, uning maydoni suv
bilan to‘lgan paytda 15 ming kv km ga yetadi. Eyr-Nord okean
sathidan 16 m pastda joylashgan.
Tabiat zonalari. Avstraliya maydoniga ko‘ra qiyoslansa, cho‘l
zonasi egallagan hududlar bo‘yicha birinchi, o‘rmonlar may-
doniga ko‘ra oxirgi o‘rinni egallaydi. Materikda quyidagi tabiat
zonalari tarkib topgan. Fasliy nam doimiy yashil o‘rmonlar
materikning shimoli-sharqiy sohillarini egallaydi. Daraxtlardan
palma, lavr,  daraxtsimon paporotniklar, evkaliðtlar ko‘p uch-
raydi. Tropik o‘rmonlarda xaltali ayiq — koala, lirodum, kengu-
ru, xaltali iblis, o‘rdakburun, yexidna, rang-barang to‘tilar,
qushlar yashaydi (14- rasm). Savannalar materikning shimoliy,
sharqiy qismlarida katta maydonlarni egallaydi. Savannalarda
siyrak o‘rmonlar (evkaliðt, akatsiya, kazuara, butilkasimon
daraxtlar), o‘t  hamda  buta o‘simliklar mavjud. Bu zonada
kenguru, vombatlar (xaltali kemiruvchilar), xaltali chumoli-
xo‘r, suv havzalarida qushlar ko‘p.
Cho‘l zonasi materikning ichki qismida katta hududlarni
egallaydi. Bu zonada efemer o‘simliklar bilan birga doimiy


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə