Geografik joylashuvi va tabiati


Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari



Yüklə 34,69 Kb.
səhifə5/7
tarix11.12.2023
ölçüsü34,69 Kb.
#144414
1   2   3   4   5   6   7
Geografik joylashuvi va tabiati

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari


Xalq maorifi tizimi 6 yillik boshlangʻich maktab (6 yoshdan 12 yoshgacha bulgan bolalar uchun), 3 yillik kichik oʻrta maktab va 2 yillik katta oʻrta maktab (katta oʻrta maktab huzurida ijtimoiy, tabiiy-ilmiy va texnika hamda kasb-hunar taʼlimi boʻlimlari bor) dan iborat. Hunarmandchilik maktablari, oʻrta texnika kollejlari va oshirilgan toifadagi texnika kollejlarida ham turli kas-blar oʻrgatiladi. Kuala-Lumpur universiteti (1962), Milliy universitet (1970), Texnologiya universiteti (1972), qishloq xoʻjaligi universiteti (1973), Jorjtaundagi universitet oliy taʼlim beradi. Kuala-Lumpurda Milliy kutubxona (1971), Milliy muzey (1963, arxeologiya, etn., zool. majmuasi bilan) bor. Tabiiy kauchukni tadqiq qilish instituti, Malayziya ilmiy tadqiqot instituti, oʻrmonchilik va tropik baliqchilik tadqiqot markazlari, tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti, Ijtimoiy fanlar tarixi jamiyati, Malayya tili va adabiyoti agentligi, Tamil tili jamiyati mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi


Mamlakatda nashr etiladigan yirik gazetalar: „Berita harian“ („Kun yangiliklari“, Malayziya tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1957 yildan), „Biznes tayms“ („Biznes vaqti“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1976 yildan), „Malay meyl“ („Malayya pochtasi“, ingliz tilida chiqadigan kechki gazeta, 1896 yildan), „Mingguan Malayziya“ („Malayziya hafta ichida“, Malayziya tilida chiqadigan yakshanbalik gazeta, 1964 yildan), „Nanyan shanbao“ („Janubiy dengizlar savdo gazetasi“, xitoy tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1923 yildan), „Star“ („Yulduz“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1971 yildan), „Tamil nesan“ („Tamillar posboni“, taʼmil tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1924 yildan) va boshqa Bernama axborot agentligi, 1967 yilda taʼsis etilgan. Malayziya radiosi 1946 yildan, Malayziya televideniyesi 1963 yildan ishlaydi.

Adabiyot


Adabiyoti malayya, xitoy, tamil va ingliz tillarida. Malayya tilida yaratilgan adabiyoʻt asosiy oʻrinni egallaydi. 7-asrda tarixiy, huquqiy, diniy mavzulardagi asarlar, avliyo-anbiyolarning qissalari, nasihatgoʻylik adabiyoti yaratila boshladi. Malayya adabiyotining yangi davrini boshlab bergan adib Abdullo ibn Abdulqodir Munshiydir. U oʻzining „Abdullo haqida qissa“ (1849) asarida ijtimoiy tengsizlik, johilliklarni tanqid qiladi. 1925–26 yillarda Sayd Shayx ibn Axmad al-hodining zamonaviy Misr hayotidan olib yozgan „Farida Xonim“ romani maydonga keldi. Keyinchalik Ahmad Navobi bin Muhammad Ali, Ahmad ibn Ismoil va boshqa ham koʻplab asarlar yarata boshladilar. Ahmad bin Hoji Muhammad Rashid Tol ilk bor malayya qahramonlari ishtirokidagi „Haqiqiy doʻst“ (1927), „Bu Salmami?“ (1928) va boshqa romanlar yaratdi.
30-yillarda yaigi indonez adabiyotining taʼsiri kuchaydi; A. Samad bin Ahmad, A. Baxtiyor, R. Mansur va boshqalarning milliy ruhdagi romanlari paydo boʻldi. Xususan, milliy harakat arbobi Abdulloh Siddiqning „Birga kurashaylik“ (1941) romanida vatanpar-varlik va mustamlakachilarga qarshi kurash mavzulari keng yangradi.
50-yillarda adabiyotda asosiy oʻrinni xalq hayotiga bagʻishlangan sheʼr va hikoyalar egalladi. 1950 yil bir guruh qalamkashlar – K. Mas, U. Avang, M. Asraf, A. Samad Ismoil va boshqa „50-yillar avlodi“ adabiyot birlashmasini tashkil etdilar va „Sanʼat jamiyat uchun“ degan shiorni olgʻa surdilar. Milliy ozodlik harakati adabiyotning asosiy mavzui boʻlib qoldi.
Keyingi yillarda A. Samad Sayd („Salina“), A. Vati („Aylana“), A. Ali („Inqiroz“), A. Samad Ismoil („Vazir“), Ibrohim Umar („Chapdagi qadam“), S. Usmon Kelantan („Shimoli-sharqdagi shabada“) va boshqalarning asarlarida muxim ijtimoiy muammolar koʻtarilgan.
Malayziyada tamil (S. Vadivel, J. Perumal, G. S. Shanmugam), xitoy (Sun Ya, Szyan Jen) va ingliz (Li Kok-Yang, Uy Bun-Seng) tillarida ham adabiyot rivojlanayotir.

Yüklə 34,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə