Germaniyadagi tarixiy maktab Reja



Yüklə 431,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/26
tarix21.05.2023
ölçüsü431,19 Kb.
#111775
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
79547-Germaniyadagi tarixiy maktab

Iqtisodiy sikllar. 
K.Marks tugallangan, yaxlit iqtisodiy sikllar nazariyasini 
yaratgan emas. Uningcha, inqirozlar – bu «kapitalizmning asosiy ziddiyatlarining» 
namoyon bo’lishidir. Xo’jalikdagi anarxiya ishlab chiqarish strukturasi bilan 
iste’mol strukturasi doimo mos kelmasligini keltirib chiqaradi. Rivojlanishning 
siklli xarakterda bo’lishi, ortiqcha ishlab chiqarish inqirozining muqarrarligi 
kapitalistik iqtisodiyotga xos xislatdir. Markscha iqtisodiy sikllar nazariyasi uning 
kapital jamg’arilishi tahlili asosida ko’rilgan. Siklli jarayon, K.Marks bo’yicha, 
yuksalishdan boshlanadi. Yuksalish davrida mehnatga bo’lgan talab (jamg’arish 
sababli) uning taklifidan oshib ketadi; ishsizlik tugatiladi va ishchi kuchining 
nisbatan yetishmasligi ish haqining oshishiga olib keladi; natijada foyda kamayadi 
va jamg’arish sekinlashadi. Kapital jamg’arilishi me’yorining pasayishi yalpi 
talabning kamayishiga va shunga muvofiq bozor kon’yunkturasining pasayishiga 
olib keladi. Bunday inqirozli vaziyatda kapital qimmati qadrsizlanadi, ishsizlik esa 
qaytadan ko’payadi va u ish haqining pasayishini keltirib chiqaradi. Bu hol ishlab 
chiqarishning foydaliligini qayta tiklaydi, jamg’arishni qaytadan boshlash uchun 
sharoit yaratib beradi; inqiroz bir vaqtning o’zida ham buzadi, ham tuzatadi. 
Inqirozlar «hamma vaqt mavjud ziddiyatlarning faqat vaqtincha zo’rma-zo’raki hal 
qilinishidan, zo’rma-zo’raki portlashlardan iborat bo’lib, ular buzilgan muvozanatni 
bir lahzada tiklaydi». Inqiroz siklni tugallaydi va yangi navbatdagi sikl boshlanadi. 
Bu sikl davri mobaynida innovatsiya va yangi ish joylarini tashkil etish bilan birga 
iqtisodiyot tarkibini qayta qurish, jamg’arish jarayonida foyda me’yorining pasayish 
tendensiyasi va kapital qimmatining qadrsizlanishi, ishsizlar armiyasining 
ko’payishi va ish haqining pasayishi qaytadan kelib chiqquncha va inqirozli vaziyat 
yuzaga kelguncha davom etadi. 
K.Marks Sey qonunini tanqid qiladi. Bu qonunga muvofik tovarlar taklifi 
avtomatik tarzda o’ziga talabni keltirib chiqaradi Boshqacha aytganda, tovarlarni 
sotishdan tushgan daromad ularni sotib olish uchun xarajatga aylanadi. K Marks 
tovarlarni sotish (T-P) va sotib olish (P-T) aktlari makon va zamonda mos 
tushmasligini ko’rsatib berdi (tovar qiymati pulda saqlanadi). «Hech kim zudlik 
bilan sotib olishga majbur emas, chunki uning o’zi nimanidir sotgan». Demak, 
yalpi xarajatlar yalpi daromadlardan kam bo’lganda ortiqcha ishlab chiqarish 
inqirozi mumkinligi kelib chiqadi, ya’ni siklli rivojlanishga olib keladi. 
K.Marksning ko’rsatib berishicha, iqtisodiy sikllarning moddiy asosi 
kapitalning vaqti-vaqti bilan yangilanib turishi zarurligi hisoblanadi (har 5-10 yilda). 
Bunda texnika taraqqiyoti asosiy kapitalning ma’naviy eskirishi natijasida 
yangilanib turish muddatini qisqartirishi mumkin. Texnik kashfiyotlar va 
innovatsiyalar davriyligining xo’jalik jarayoniga bo’lgan ta’siri tahlili sikllar 
nazariyasining keyingi rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 
Iqtisodiy determinizm. 
K.Marksning iqtisodiy nazariyasi uning ijtimoiy 
qarashlari bilan, ayniqsa, ijtimoiy rivojlanish konsepsiyasi bilan bevosita bog’liq. 
Keyingisining shakllanishi jarayonida u uch asosiy ilmiy manbaga: Smit-
Rikardoning ingliz klassik siyosiy iqtisodiga, Gegel-Feyrbaxning nemis klassik 
falsafasiga va fransuz utopik sotsializmiga asoslanadi. Markscha ijtimoiy rivojlanish 
sxemasida markaziy o’rinda iqtisodiy determinizm («tarixni materialistik 
tushunchasi») turadi. K.Marks ijtimoiy rivojlanishga va uning tarixiga tatbiq etilgan 
determinizmning asosiy qoidalarini «Siyosiy iqtisod tanqidiga doir» asarida 
quyidagicha aniq va to’liq ifodalab beradi: 


«Kishilar o’z hayotlarida ijtimoiy jihatdan ishlab chiqarishda muayyan, zarur
o’zlarining irodalariga bog’liq bo’lmagan munosabatlardaishlab chiqarish 
munosabatlarida bo’ladilar, bu munosabatlar ularning moddiy ishlab chiqaruvchi 
kuchlari taraqqiyotining muayyan bosqichiga muvofiq keladi. Bu ishlab chiqarish 
munosabatlarining yig’indisi jamiyatning iqtisodiy tuzilmasini, real bazisini tashkil 
etadi, yuridik va siyosiy ustqurma shu real bazis ustiga quriladi hamda ijtimoiy 
ongning muayyan shakllari shu bazisga muvofiq keladi. Moddiy hayotni ishlab 
chiqarish usuli umuman hayotning ijtimoiy, siyosiy va ruhiy jarayonlariga sababchi 
bo’ladi. Kishilarning ongi ularning borlig’ini belgilamaydi, balki aksincha ularning 
ijtimoiy borlig’i ularning ongini belgilaydi. Jamiyatning moddiy ishlab chiqaruvchi 
kuchlari o’z taraqqiyotining ma’lum bosqichida mavjud ishlab chiqarish 
munosabatlariga yoki – buning yuridik ifodasigina bo’lgan – mulkchilik 
munosabatlariga zid bo’lib qoladi; ular shu paytgacha mazkur munosabatlar bag’rida 
rivojlanib kelgan edi. Bu munosabatlar ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanish 
shakllaridan ularning kishaniga aylanadi. Ana shu vaqtda ijtimoiy inqilob davri 
boshlanadi. Iqtisodiy asos o’zgarishi bilan butun bir g’oyat katta ustqurmada ham 
ozmi-ko’pmi tezlik bilan tub o’zgarish yuz beradi… Ayrim odam haqida uning o’zi 
to’g’risidagi fikriga qarab xulosa chiqarish mumkin bo’lmagani singari, bunday 
o’zgarish davri to’g’risida ham shu davrning ongiga qarab hukm chiqarish mumkin 
emas. Aksincha, bu ongning sababini moddiy hayot ziddiyatlaridan, ijtimoiy ishlab 
chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasida bo’ladigan 
ixtiloflardan topmoq kerak… Burjua ishlab chiqarish munosabatlari ijtimoiy ishlab 
chiqarish jarayonining so’nggi antagonistik shakli hisoblanadi,… lekin burjua 
jamiyatning bag’rida rivojlanayotgan ishlab chiqaruvchi kuchlari shu bilan birga bu 
antagonizmni yechish uchun moddiy sharoit yaratadi». 
Demak, K.Marksning nazariy konsepsiyasida ishlab chiqarish shakli o’zining 
maxsus xususiyatiga, o’zining ichki mantig’iga ega. Ishlab chiqarishning 
rivojlanishi bilan yangi munosabatlar kelib chiqadi. Ishlab chiqarish munosabatlari 
yig’indisi jamiyatning moddiy bazisini tashkil etadi, unga jamiyat ustqurmasi: 
huquq, idealogiya, siyosat, din va boshqalar bog’liq bo’ladi. Huquq, siyosat, din 
bazis tomonidan boshqarilib turiladi. Ishlab chiqarish omillari yig’indisi jamiyatning 
ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil etadi. Industrial tizimi ishlab chiqaruvchi 
kuchlarining muhim elementi deb K.Marks ishlab chiqarish vositalarini, eng avvalo, 
mehnat qurollarini, mashina va asbob-uskunalarni hisoblagan. Jamiyatning ishlab 
chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi (ya’ni hozirgi zamon tushunchasida iqtisodiy 
o’sish) ishlab chiqarish munosabatlarining (yoki ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning) 
takomillashuvini taqozo etadi. U, o’z navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlarining 
rivojlanishiga faol aks ta’sir ko’rsatadi, iqtisodiy o’sishiga imkon berishi yoki 
to’sqinlik qilishi mumkin. Ijtimoiy organizmning ikki tomoni o’rtasidagi o’zaro 
aloqa juda murakkab, ko’p qirrali va ziddiyatlidir. Iqtisodiyot yagona aniqlovchi 
omil hisoblanmaydi. 


Jamiyatda amal qiluvchi ijtimoiy qonunlar ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan 
ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasidagi hamda ideologik va siyosiy ustqurma 
bilan bazis o’rtasidagi muvofiqlik tamoyilni ifodalab beradi. Bunday muvofiqlik 
tamoyilning amal qilishi iqtisodiy o’sishga olib keladi, ishlab chiqarish 
munosabatlarining iqtisodiy o’sishiga to’sqinlik qilishi esa bunday tamoyilning 
buzilganligini bildiradi. Shu bois, K.Marks fikricha, ular ijtimoiy taraqqiyot 
dialektikasiga muvofiq o’z o’rnini boshqa progressiv ishlab chiqarish 
munosabatlariga bo’shatib berishi kerak. 

Yüklə 431,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə