Germaniyadagi tarixiy maktab Reja


 Marksning Qiymat nazariyasi



Yüklə 431,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/26
tarix21.05.2023
ölçüsü431,19 Kb.
#111775
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
79547-Germaniyadagi tarixiy maktab

2. Marksning Qiymat nazariyasi. 


Marks ta’limotiga binoan, har bir tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga 
sarflangan 
ijtimoiy zaruriy mehnat bilan o’lchanadi
. Bir turdagi tovarni ishlab 
chiqarish uchun turli miqdorda mehnat sarflanadi. Buning natijasida tovarlar har xil 
individual qiymatga ega bo’ladi. Lekin qiymat o’zida ijtimoiy mehnatni 
mujassamlashtirganligi sababli, uning miqdori individual mehnat sarflari bilan 
emas, balki ijtimoiy zarur mehnat bilan o’lchanadi, ijtimoiy zarur ish vaqti bilan 
belgilanadi. «Iste’mol qiymatiga ega bo’lgan qiymat miqdori, – deb yozadi 
K.Marks, – uni ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan 
ijtimoiy zarur mehnat miqdori 
bilangina
, ya’ni 
ijtimoiy zarur ish vaqti bilangina belgilanadi
. Har bir ayrim tovar 
o’z jinsidan bo’lgan tovarlarning faqat o’rtacha nusxasi sifatida ahamiyatga egadir». 
Ijtimoiy zarur ish vaqti
me’yoriy ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi 
mehnat malakasi va intensivligining darajasi o’rtacha bo’lgan sharoitda biron-bir 
tovar tayyorlash uchun sarflanadigan vaqtdir
. Ushbu tushunchalar yordamida 
qiymat qonuni shakllanadi: almashuv jarayonida (ekvivalent ekvivalentga singari) 
tovarlar o’zining qiymati bo’yicha ayirboshlanadi (Ularda mujassamlashgan 
ijtimoiy zarur ish vaqti bo’yicha). K.Marksning tasdiqlashicha, har qanday 
jamiyatda qiymat qonuniga amal qilmagan ayirboshlashning bo’lishi mumkin emas. 
Qiymat esa, yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, ayni jamiyatda o’rtacha mehnat 
sarflari bilan o’lchanadi. Bu ayirboshlanadigan tovarlarni taqqoslashning yagona 
o’lchovi mehnat ekanligini bildiradi. Tovarlarning foydaliligi bunday umumiy 
o’lchov bo’la olmaydi, negaki ular miqdor jihatidan taqqoslanmaydi. 
K.Marksning qiymat nazariyasining D.Rikardoning qiymat nazariyasidan 
farqlanishiga e’tibor berish zarur. D.Rikardo tovarlarning nisbiy qiymati to’g’risida 
so’z yuritadi: A va B tovarlar bir-biriga ayirboshlanadi, chunki ularni ishlab 
chiqarish taxminan bir xil mehnat sarflarini taqozo etadi. K.Marksda esa qiymat 
tovarga xos ob’ektiv xususiyatdir. 
Qo’shimcha qiymat nazariyasi. 
Qiymatni aniqlab va qiymat qonunini ta’riflab 
bergach, K.Marks qo’shimcha qiymatni tahlil qilishga o’tdi. Bu uning nazariyasida 
markaziy tushuncha hisoblanadi. Bu yerda asosiy savol tug’iladi: agar 
«ekvivalentli 
ayirboshlash»
tamoyili bo’yicha barcha mahsulotlar o’z qiymatiga olinsa va sotilsa, 
unda qo’shimcha qiymat qanday hosil bo’ladi? Marks ta’limoti bo’yicha, u 
quyidagicha ishlab chiqariladi. 
Tovar ishlab chiqarish taraqqiyotining ma’lum bosqichida pul kapitalga aylanadi. 
Tovar muomalasining formulasi T-P-T (tovar-pul-tovar), ya’ni boshqa bir tovarni 
sotib olish uchun tovar sotishdir. Kapitalning umumiy formulasi P-T-P, ya’ni sotish 
uchun tovarni sotib olishdir. T-P-T mazmuni: odamlar o’rtasida har xil foydalilik 
ayirbosh qilinadi. P-T-P doiraviy aylanishda maqsad foyda olish hisoblanadi. 
Demak, P’>P bo’lishi kerak. Bu o’sish qayerdan keladi? (Marks uni «
qo’shimcha 
qiymat
» deb ataydi). Qo’shimcha qiymat tovarlar muomalasida paydo bo’lmaydi, 
chunki tovar ekvivalentli ayirboshlanadi, qo’shimcha qiymat bahoning ustiga 
qo’shib sotishdan ham kelib chiqmaydi, chunki bunday bo’lganda xaridor va 
sotuvchilarning o’zaro yutuq va yutqiziqlari bir-birini qoplagan bo’lar edi, holbuki 
gap ayrim hodisa ustida emas, balki ommaviy, o’rtacha, ijtimoiy hodisa ustida 
boradi. Qo’shimcha qiymat olish uchun «pul egasi bozordan shunday bir tovar 
topish baxtiga erishmog’i kerakki, bu tovar iste’mol qiymatining o’zi qiymat manbai 
bo’lishdek orginal bir xususiyatga ega bo’lsin», u shunday tovar bo’lishi kerakki, bu 
tovarni iste’mol qilish jarayoni ayni paytda qiymat yaratish jarayoni ham bo’lsin. 


Bunday tovar – ishchi kuchidir. Ishchi kuchining iste’mol qilinishi mehnatdir
mehnat esa qiymat yaratadi. Pul egasi ishchi kuchini uning o’z qiymati bo’yicha 
sotib oladi. Ishchi kuchi tovarining qiymati ishchining va uning oilasining yashashi 
uchun zarur bo’lgan tirikchilik vositalari qiymati bilan belgilanadi. Ishchi o’z ishchi 
kuchi qiymatidan ortiqcha qiymat yaratish xususiyatiga ega. Faraz qilaylik, ishchi 
kun bo’yi 10 soat ishlaydi. Holbuki, ishchi 5 soat mobaynida (Marks atamasi 
bo’yicha «

Yüklə 431,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə