Germaniyadagi tarixiy maktab Reja


 K.Marks: Renta nazariyasi



Yüklə 431,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/26
tarix21.05.2023
ölçüsü431,19 Kb.
#111775
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
79547-Germaniyadagi tarixiy maktab

3. K.Marks: Renta nazariyasi. 
 
K.Marks renta to’g’risida nazariya yaratdi. Uningcha, renta yerga bo’lgan 
mulkchilikni amalga oshirish shaklidir. Yer maydoni cheklanganligi, uning yer 
egalari qo’lida bo’lganligi sababli qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 
bahosi o’rtacha yerdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab emas, balki eng yomon 
yerdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab belgilanadi. Bu baho bilan yaxshi 
yerdagi (yoki eng yaxshi sharoitdagi) ishlab chiqarish bahosi o’rtasidagi farq 
differensial rentani bildiradi. K.Marks differensial rentani tahlil qilib, bu renta 
ayrim yer maydonlarining hosildorligi bir-biridan farq qilganda, yerga sarf qilingan 
kapital miqdori bir-biridan farq qilganda hosil bo’lishini ko’rsatib berdi. 
Differensial renta ikki shaklda – differensial renta I va differensial renta II shaklida 
mavjud bo’ladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish bahosini belgilovchi eng yomon yerdagi 
mahsulotlarning ishlab chiqarish bahosi bilan eng yaxshi va o’rtacha yerdagi 
mahsulotlarning individual ishlab chiqarish bahosi o’rtasidagi tafovut differensial 
yer renta I ning negizi hisoblanadi. Yerga qo’shimcha ishlov berish evaziga 
olinadigan renta differensial renta II ni tashkil etadi. 
K.Marks differensial renta bilan birga absolyut rentaning ham amal qilishini 
ko’rsatib beradi. U, absolyut rentaning paydo bo’lishini qishloq xo’jaligida kapital 
uzviy tuzilishining ancha past bo’lishi bilan va yerga bo’lgan xususiy mulkchilik 
bilan bog’lab tushuntiradi. Birinchi omil tufayli, uning fikricha, qishloq xo’jaligi 
mahsuloti qimmati uning «ishlab chiqarish bahosidan» hamisha ustun bo’ladi, 
ikkinchi omil ta’sir kuchiga ko’ra esa, foyda me’yorini o’rtacha darajaga keltiruvchi 
«kapital oqimi» mexanizmi qishloq xo’jaligida amal qilishi mumkin emas. 
Binobarin, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining o’z ishlab chiqarish baholaridan 
(qo’shimcha qiymatning o’rtacha foydadan) ortiqchasi kapitalistlar o’rtasida 
taqsimlanmaydi (sanoatdagi kabi) balki dehqonchilikda qoladi va yer egalari 
tomonidan absolyut renta shaklida o’zlashtiriladi. M.Blaugning yozishicha, 
markscha absolyut renta nazariyasi uning qo’shimcha qimmat nazariyasi doirasidan 
tashqarida, qimmatning (qiymatning) bahoga aylanish zarurligi kelib chiqqan 
sharoitda hech qanday kuchga ega emas. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi.
F.Kenening «Iqtisodiy jadvaliga» 
yuqori baho bergan K.Marks, o’zining takror ishlab chiqarish sxemasini ishlab 
chiqdi. A.Smit, J.B.Sey ijtimoiy mahsulotni daromadlarga bo’lib (moddiy sarflarni 
mavhumlashtirgan holda) ko’rsatgan bo’lsa, K.Marksda esa ijtimoiy mahsulot uch 
qismga bo’linadi: doimiy kapitalga (s) – moddiy sarflarga (amortizatsiya, xom 
ashyo, yoqilg’i va boshqalar qiymati), o’zgaruvchi kapitalga (v) – ishchi kuchini 
sotib olishga bo’lgan sarflar va qo’shimcha qiymatga(m). 
Takror ishlab chiqarish muammosini yechib berishda K.Marks iqtisodiyotni 
ikki bo’linmaga bo’ladi. I bo’linma ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish, II 
bo’linma iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish. Keyin u oddiy va kengaytirilgan 
takror ishlab chiqarish o’rtasidagi farqni ko’rsatib beradi. «Oddiy takror ishlab 


chiqarish» o’zgarmas bo’lib, unda sof investitsiya nolga teng. Oddiy takror ishlab 
chiqarish bir xil hajmda, o’zgarmas bo’lib qolishi uchun qanday shartlar bo’lishi 
kerak? K.Marks buning uchun quyidagi shartlarni ko’rsatib beradi. Oddiy takror 
ishlab chiqarishda I bo’linmaning barcha mahsuloti har ikkala bo’linmadagi 
kapitalni qoplash uchun sarflanishi kerak: I (c+v+m) = Ic+IIc. Shu bilan birga, II 
bo’linma mahsuloti ish haqi fondi plyus mulkdan keladigan daromadga – sof milliy 
mahsulotga teng (ekvivalent) bo’lishi kerak: II (c+v+m)=I (v+m)+II (v+m). Bu 
ikkala tenglamadan natijada I (v+m) = IIc kelib chiqadi, ya’ni I bo’linmaning sof 
mahsuloti II bo’linmada yil davomida iste’mol qilinggan kapitalni qoplash uchun 
zarur bo’lgan talab miqdoriga teng bo’lishi kerak. Agar I (v+m)>IIc bo’lsa, unda 
doimiy kapitalni qoplashga bo’lgan investitsiya sarflari amortizatsiya ajratmalari 
miqdoridan oshib ketadi, ya’ni sof investitsiya ijobiy bo’ladi. Lekin amortizatsiya 
jamg’armalari iste’mol qilingan kapitalni qoplashga ishlatilmasligi, albatta, ishlab 
chiqarishning pasayishini keltirib chiqaradi. Keltirilgan dalillar ancha puxta 
makroiqtisodiy o’zaro bog’liqlik borligini tasdiqlaydi. 
Keyin K.Marks kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahlil qiladi. Uning 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sxemasini fan-tarixidagi iqtisodiy o’sishning 
birinchi matematik modeli hisoblash mumkin. Lekin uning kamchiliklari yo’q emas. 
Xususan, «kengaytirilgan takror ishlab chiqarish»ning bir tekisda rivojlanib 
borishining shartlarini aniq ko’rsatib berilmagan. Bundan tashqari, u sur’at 
o’zgarmagan iqtisodiy o’sishni tahlil qiladi, bunday vaziyatda esa, o’sish Q 
(mahsulot miqdori) da hech qanday o’zgarish bo’lishini taqozo etmaydi. K.Marks 
ko’rsatib bergan iqtisodiy o’sishning zarur bo’lgan shartlari: I bo’linmaning milliy 
daromadi ushbu bo’linmadagi ishchi va tadbirkorlarning ehtiyojlarini qondirish 
uchun II bo’linmadan sotib olinadigan iste’mol buyumlaridan ko’p bo’lishi kerak – 
milliy daromadning bir qismi ishlab chiqarishni kengaytirishga ketadi, ya’ni 
I(v+m)>IIs. Shunday qilib, I bo’linmaning mahsuloti yil boshidagi har ikkala 
bo’linmaning ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan talabidan ko’p bo’lishi kerak, 
ya’ni I(c+v+m)>Ic+IIc. Shunga muvofiq, jamiyatning barcha milliy daromadi 
iste’molga sarflanmaydi, ya’ni I(v+m)+II(v+m)>II(c+v+m). 
Takror ishlab chiqarishning bunday talqini ayrim masalalarga oydinlik 
kiritishda qo’llanishi mumkin. Lekin u shu qadar cheklanishlarga asoslanganki, bu 
undagi barcha dalillarni kuchsizlantiradi. Yopiq iqtisodiyot: barcha mahsulotlar 
«me’yorl bahoda» sotiladi; har ikkala bo’linmada kapital aylanish tezligi bir xil; 
faqat kapitalistlar jamg’aradi; texnika taraqqiyoti yo’q; real ish haqi doimiy; bir 
ishchiga bo’lgan real mahsulot doimiy va boshqalar. Bundan tashqari, ikki 
bo’linmadan iborat bo’lgan model o’zgaruvchan real iqtisodiyotni tahlil qilishda 
ishonchli vosita hisoblanmaydi. Kapital buyumlarni ham iste’mol buyumlarini ham 
ishlab chiqaruvchi ko’pchilik tarmoqlar – masalan, tosh ko’mir qazib olish, 
transport, ximiya – u yoki bu kategoriya tushunchasiga to’liq kirmaydi. Buning 
ustiga, bunday tarmoqlar ichida kapital va iste’mol buyumlarini kategoriyalarga 
bo’lish vaqti-vaqti bilan talab strukturasidagi o’zgarishga qarab o’zgarib turadi. 
Natijada kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning markscha shartlari deyarli o’z 
kuchini yo’qotadi. Shunday bo’lsada, tenglama K.Marks tizimida alohida o’rin 
tutadi. U iqtisodiy o’sish bir tekisda borishi mumkin emasligi, ishlab chiqarishning 
davriy bo’lishi to’g’risida fikr yuritishga imkon beradi. 



Yüklə 431,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə