Geterogen sistemalar uchun fazalar qoidasi 1-§. Gomogen kimyoviy jarayonda muvozanat. Muvozanat sharoitlari. Le-Shatele printsipi



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə27/35
tarix28.11.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#138629
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
2-maruza. Kimyoviy muvozanat

р = cRT,

bu yerda c = n/Vmolyar kontsentratsiya, mol/l. Bu ifoda ideal gazlar uchun Clapeyron–Mendeleyev tenglamasiga oʻxshaydi, lekin bu tenglamalar turli jarayonlarni tasvirlaydi. Osmotik bosim eritmada qoʻshimcha miqdorda erituvchi yarim oʻtkazuvchan membrana(toʻsiq) orqali kirganda paydo boʻladi. Bu bosim – kontsentratsiyani yanada tenglashtirishga toʻsqinlik qiladigan kuchdir.


Rasmiy oʻxshashlik Vant-Goffga (1887) osmotik bosim qonunini shakllantirishga imkon berdi: osmotik bosim, agar erigan modda ideal gaz shaklida, eritma bilan bir xil hajmni egallasa, bir xil haroratda erigan moddaning beradigan bosimiga teng.
Mendeleyev–Kliperon tenglamasi singari, Vant-Goff tenglamasi ham moddaning molekulyar ogʻirligini aniqlash imkonini beradi.
Koʻpgina biologik jarayonlar (turgor, plazmoliz, gemoliz) hujayralarda biologik membranalar deb atalishi tufayli osmos bilan bogʻliq. Tibbiy amaliyotda quyidagilar qoʻllaniladi:
a) izotonik eritmalar (ularning osmotik bosimi qon plazmasining osmotik bosimiga teng). Qon plazmasining umumiy normal osmotik bosimi 7∙106 – 8 ∙ 106 Pa;
b) gipotonik (gipotonik eritmalarning osmotik bosimi qon plazmasining osmotik bosimidan katta);
v) gipertonik (gipertonik eritmalarning osmotik bosimi qon plazmasining osmotik bosimidan katta).
Izotonik eritmalar hujayra hajmining oʻzgarishiga olib kelmaydi, shuning uchun ular tibbiy amaliyotda qon hajmini almashtirish va qon bosimini koʻtarish, shuningdek suvsizlanish uchun keng qoʻllaniladi (masalan, kuyish, kuchli qusishda 0,9% linatriy xlorlidni suvli eritmasi va 5%li glyukoza eritmasi ishlatiladi).
Plazmoliz – gipertonik eritmada sitoplazmaning hujayra membranasidan ajralishi;
Gemoliz – gipotonik eritmadagi qizil qon tanachalarining parchalanishi (eritilishi);
Turgor – toʻqima toʻqimalarni tarangligi va elastikligi holati, uning fiziologik holatiga qarab oʻzgaradi.
Keltirib oʻtilgan qonunlar cheksiz suyultirilgan ideal eritmalar taaluqlidir. Real eritmalar uchun bu qonunlarni qoʻllanilishi kontsentratsiya ortib borishi bilan tobora cheklanib boradi.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə