|
![](/i/favi32.png) Geterogen sistemalar uchun fazalar qoidasi 1-§. Gomogen kimyoviy jarayonda muvozanat. Muvozanat sharoitlari. Le-Shatele printsipi
|
səhifə | 23/35 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 2,18 Mb. | | #138629 |
| 2-maruza. Kimyoviy muvozanat Konovalobning ikkinchi qonuni. Oʻzgarmas temperaturada muvozanat bosimining eritma tarkibiga yoki oʻzgarmas bosimda (P-const) qaynash temperaturasi (kondensatsiya)ning konsentratsiyaga chiziqli bogʻliqligining ekstremum nuqtasida muvozanatda boʻlgan suyuqlik va bugʻ tarkiblari mos keladi.
Bunday eritmalar ajralmas qaynab turgan yoki azeotropik aralashmalar deb ataladi.
III qonun – oʻzgarmas temperatura va bosimda suyuq eritma bilan bugʻ tarkibi bir yoʻnalishda oʻzgaradi. Konovalov qonunlari suyuq va bugʻ fazalaridan iborat ikki komponentli sistemalar uchun 1881-84 yillarda D. P. Konovalov tomonidan nazariy asoslangan va amaliy tasdiqlangan. 1876–78 yillarda J. U. Gibbs bu qonunlarni umumlashtirgan holda keltirib chiqargan. Konovalovning 2– qonuni koʻpincha Gibbs-Konovalov qonuni deb ataladi; uni koʻp komponentli sistemalarga ham tatbiq etish mumkin. Konovalov qonunlari fazalar muvozanati diagrammalarini tuzishda, suyuqlik – bugʻ muvozanati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni amaliy jihatdan tahlil qilishda, moddalarni rektifikatsiya yoʻli bilan ajratish usullarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
1 – turdagi qoʻshaloq suyuq eritmalarni haydash(distillash).Uchuvchi komponentlari bir-birida cheksiz eriydigan va azeotrop aralashma hosil qilmaydigan (1-turdagi tizimlar) binar suyuq eritmaning holat diagrammalarini koʻrib chiqamiz. Holat diagrammasini tuzish uchun bitta grafikda ikkita bogʻliqlik chiziladi: toʻyingan bug ʻbosimining eritma tarkibiga bogʻliqligi va toʻyingan bugʻ bosimining bug ʻtarkibiga bogʻliqligi (2.14-rasm) yoki eritmaning qaynash temperaturasining eritma tarkibiga bogʻliqligi va eritmaning qaynash temperaturasining muvozanatli bug ʻtarkibiga bogʻliqligi (2.15-rasm). 2.14-rasmda koʻrsatilgan holat diagrammasini koʻrib chiqamiz. KLMN egri chizigʻi toʻyingan bug ʻbosimining eritma tarkibiga bogʻliqligini koʻrsatadi; egri chiziq ustida suyuqlik fazasiga mos keladigan maydon joylashgan. KRQN egri chizigʻi – toʻyingan bug ʻbosimining bugʻ tarkibiga bogʻliqligini koʻrsatadi; egri chiziq ostida gazsimon fazaga mos keladigan maydon joylashgan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|