Geterogen sistemalar uchun fazalar qoidasi 1-§. Gomogen kimyoviy jarayonda muvozanat. Muvozanat sharoitlari. Le-Shatele printsipi


Kimyoviy muvozanat – bu boshlangʻich materiallar va mahsulotlar miqdori vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydigan kimyoviy tizimning holati hisoblanadi



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə2/35
tarix28.11.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#138629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
2-maruza. Kimyoviy muvozanat

Kimyoviy muvozanat – bu boshlangʻich materiallar va mahsulotlar miqdori vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydigan kimyoviy tizimning holati hisoblanadi.
Muvozanatning siljishi, Le-Shatelye prinsipi. Texnologik rejimning asosiy parametrlarining gomogen va geterogen tizimlardagi muvozanat holatiga taʻsiri termodinamikaning ikkinchi qonunini ifoda etuvchi Le-Chetelier printsipi bilan belgilanadi. Unga koʻra, muvozanatdan chiqqan tizimda oʻzgarishlar, tizimni muvozanatdan chiqaradigan taʻsirlarni kuchsizlantirishga yoʻnaltirilgan boʻladi. Muvozanat oʻzgarishiga haroratni, reaktivlar va reaktsiya mahsulotlarining nisbatlarini oʻzgartirish orqali erishish mumkin. Kimyoviy muvozanat faqat oʻzgarmas sharoitda saqlanib turadi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentrasiyasi, haroratsi yoki bosimi oʻzgarsa, muvozanat buziladi va reaksiyada katnashuvchi hamma moddalarning muvozanat vaqtidagi konsentrasiyasi oʻzgaradi.
Sharoit oʻzgarishi bilan reaksiyaga kirishuvchi moddalarning muvozanat konsentrasiyasining oʻzgarishi muvozanatni siljishi deyiladi. muvozanatni siljishi 1884 yilda taʻriflangan umumiy qoidaga - Le-Shatelye prinsipiga buysunadi. Le-Shatelye prinsipi quyidagicha taʻriflanadi: kimyoviy muvozanat holatida toʻrgan sistemada tashqi sharoitlardan biri (masalan: harorat, bosim yoki konsentrasiya) oʻzgartirilsa, muvozanat tashqi taʻsirni kamaytiradigan reaksiya tomoniga siljiydi.
Konsentrasiya oʻzgarishining taʻsiri. Reaksiyaga kirishuvchi moddalardan birining konsentrasiyasi ortganda, muvozanat shu modda konsentrasiyasining kamayishiga olib keladigan reaksiya tomonga siljiydi. Aksincha, reaksiyada qatnashuvchi moddalardan birining konsentrasiyasi kamayganda, muvozanat shu modda hosil boʻladigan reaksiya tomonga siljiydi. Buni ushbu reaksiya misolida koʻrib chiqamiz: CO + H2O(bugʻ) = CO2 + H2 (2.1)
Agar CO yoki H2O ning konsentrasiyasi oshirilsa, muvozanat oʻngga siljiydi. CO2 yoki H2 konsentrasiyasi oshirilsa, muvozanat chapga siljiydi. CO yoki H2O ning konsentrasiyasi kamaytirilganda ham muvozanat chapga siljiydi.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə