Geterogen sistemalar uchun fazalar qoidasi 1-§. Gomogen kimyoviy jarayonda muvozanat. Muvozanat sharoitlari. Le-Shatele printsipi


-§. Muvozanat sharoitida muvozanat doimiysining mahsulot unumiga bog‘liqligi



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə7/35
tarix28.11.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#138629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
2-maruza. Kimyoviy muvozanat

3-§. Muvozanat sharoitida muvozanat doimiysining mahsulot unumiga bog‘liqligi

Deyarli barcha reaksiyalar maʻlum darajada qaytar boʻlganligi sababli sanoat va laboratoriya amaliyotida ikkita muammo paydo boʻladi: “foydali” reaktsiya mahsulotini maksimal rentabellik bilan olish va “zararli” reaktsiya mahsulotlarining unumini qanday kamaytirishdir. Ikkala holatda ham muvozanatni reaktsiya mahsulotlari yoki boshlangʻich moddalarga siljitish kerak boʻladi. Buni qanday amalga oshirshni oʻrganish uchun har qanday teskari reaktsiyaning muvozanat holatini aniqlaydigan omillarni bilishingiz kerak.


Muvozanat holati quyidagilarga bogʻliq boʻladi:
1) muvozanat doimiysining(konstantasining) qiymatiga (yaʻni reaktivlarning tabiati va harorat boʻyicha),
2) reaksiyada ishtirok etuvchi moddalar konsentratsiyasi va
3) bosimiga (gaz tizimlari uchun u moddalar kontsentratsiyasiga mutanosib).
Bu juda xilma – xil omillarning kimyoviy muvozanatiga taʻsirini sifatli baholash uchun, nafaqat kimyoviy balki har qanday muvozanat tizimlariga taalluqli boʻlgan, yuqorida §1 da qayd etib oʻtilgan, tabiatan universal Le Chatelʻe printsipi qoʻllaniladi.
Reaksiyada ishtirok etuvchi moddalar kontsentratsiyasining muvozanat holatiga taʻsiriga misol sifatida, vodorod yodini ishlab chiqarish uchun maʻlum boʻlgan teskari reaktsiyani koʻrib chiqamiz.

H2(g) + I2(g)  2HI(g).


massa taʻsiri qonuniga koʻra muvozanat holati


Hajmi 1 litr boʻlgan reaktorda maʻlum doimiy haroratda muvozanat oʻrnatilgan, bunda reaksiyaning barcha ishtirokchilarining konsentratsiyasi bir xil va 1 mol/l ga teng ([H2] = 1 mol/l; [I2] = 1 mol/l; [HI] = 1 mol/l). Shuning uchun bu haroratda KC = 1. Reaktorning hajmi 1 litr boʻlgani uchun n(H2) = 1 mol, n (I2) = 1 mol va n(HI) = 1 mol. t1 vaqtida reaktorga yana 1 mol HI kiritamiz, uning konsentratsiyasi 2 mol/l ga teng boʻladi.


Ammo КС doimiy boʻlib qolishi uchun vodorod va yod kontsentratsiyasi ortishi kerak va bu quyidagi tenglamaga muvofiq vodorod yodning bir qismining parchalanishi tufayli sodir boʻlishi mumkin:

2HI(g) = H2(g) + I2(g).





Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə