Geterogen sistemalar uchun fazalar qoidasi 1-§. Gomogen kimyoviy jarayonda muvozanat. Muvozanat sharoitlari. Le-Shatele printsipi



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə3/35
tarix28.11.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#138629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
2-maruza. Kimyoviy muvozanat

Haroratning taʻsiri. Le-Shatelye prinsipiga muvofiq, harorat koʻtarilganda muvozanat endotermik reaksiya (yaʻni issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiya) tomonga siljiydi. Harorat pasaytirilsa, muvozanat ekzotermik reaksiya (yaʻni issiqlik chiqarishi bilan boradigan reaksiya) tomonga siljiydi. Masalan:

(2.2)



Bu reaksiyada harorat oshirilsa, muvozanat oʻng tomon, yaʻni NO ni hosil boʻlish reaksiyasi tomoniga siljiydi. Aksincha, haroratni pasaytirilsa, muvozanat chap tomon, yaʻni NO ni parchalanish reaksiyasi tomoniga siljiydi.
Endotermik reaksiyalar uchun (∆Q < 0) muvozanat konstantasi Kp ning qiymati haroratning oshishi bilan ortadi, ekzotermik reaktsiyalar uchun esa kamayadi((∆Q > 0) (2.1 - rasm).


2.1 - rasm. Qaytar reaktsiyalar uchun muvozanat konstantasining haroratga bogʻliqligi.


R eaksiya(2.2) uchun tenglamadan, endo – va ekzotermik reaktsiyalar uchun muvozanat konversiya darajasi X* ning T ga bogʻliqligi quyidagi shaklga ega (2.2 – rasm).
2.2-rasm. Qaytar reaktsiyalar uchun muvozanat konversiy darajasi X* ning haroratga bogʻliqligi


Kp(T) ni X*(T)ga bogʻliqligini va toʻgʻri va teskari reaktsiyalarning konstantasi K1 va K2, har xil va ikki xil haroratda bogʻliqligini bilgan holda va muvozanatning kinetik talqinini

ishlatib, turli X, T da va vaqtlarda jarayonning kinetik tavsifini tiklash mumkin.
Bosimning taʻsiri. Sistemada gaz moddalari ishtirok etsa, bosim ahamiyatga ega boʻladi, chunki bosimning oʻzgarishi konsentrasiyaning oʻzgarishi demakdir. Le-Shatelye prinsipiga muvofiq bosimning ortishi, muvozanatni gaz aralashmasidagi molekulalar umumiy sonining kamayishiga va demak, sistemada bosimning kamayishiga olib keladigan reaksiya tomonga siljitadi. Aksincha, bosim kamaytirilsa, muvozanat gaz molekulalarining umumiy sonining ortishiga va natijada sistemada bosimning ortishiga sabab boʻladigan reaksiya tomonga siljiydi(2.3-rasm). Masalan:
(2.3)


Bu reaksiyada bir molekula azot bilan uch molekula vodoroddan faqat ikki molekula ammiak hosil boʻladi.



Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə