Geterogen sistemalar uchun fazalar qoidasi 1-§. Gomogen kimyoviy jarayonda muvozanat. Muvozanat sharoitlari. Le-Shatele printsipi



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə5/35
tarix28.11.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#138629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
2-maruza. Kimyoviy muvozanat

2.4 – rasm. Borayotgan bosim (P2> P1) bilan muvozanat aralashmasidagi umumiy molekulalar soni kamayadi – tizim bosimning oshishiga “qarshilik koʻrsatadi:
a) tizimda koʻproq NO2 molekulalari mavjud (aralash qoramtir rangga boʻyalgan); b) NO2 molekulalarining bosimi oshganidan keyin kamroq boʻladi (rang zaiflashadi).


Inert komponentlar miqdorining taʻsiri. Inert komponentlar miqdorining muvozanat siljishiga taʻsiri bosim taʻsiriga teskari boʻlib, xuddi yuqoridagidek, ∆V belgi bilan belgilanadi. Suyultirish (inert modda miqdorining koʻpayishi) umumiy bosimning pasayishiga oʻxshaydi. (2.4) – (2.6) reaktsiyalarni hisobga olgan holda aytishimiz mumkinki, azot –vodorod aralashmasidagi inert moddalarlarning koʻpayishi (2.4) muvozanatni chapga (∆V < 0), reaksiyada (2.5) – oʻngga, va reaktsiyada (2.6) muvozanatni holati oʻzgarmaydi.


2-§. Massalar ta’siri qonunidan muvozanat doimiysini topish. Muvozanat doimiysini ifodalash usullari

Miqdoriy ravishda, kimyoviy reaktsiyadagi muvozanat holati massalar taʻsir qonuni bilan tavsiflanadi:


doimiy harorat va muvozanat sharoitida reaksiya mahsulotlarining massalari koʻpaytmasini boshlangʻich moddalarning massalari koʻpaytmasiga nisbati doimiy qiymatga ega boʻladi.
Ushbu konstantani muvozanat konstantasi K deb atashadi. Muvozanat konstantasini hisoblashda komponentlarining qisman(patsial) bosimlari pi, konsentratsiyasi ci yoki mollar sonidan ni foydalanish mumkin. Kp, Kc va Kn shunga mos ravishda olinadi. Muvozanat konstantalari uchun ifodalarni quyidagi reaktsiya misolida koʻrib chiqamiz

aA + bB rR + sS ± ΔH (2.9)


Agar A, B, R va S moddalar gaz boʻlsa, u holda


bu yerda pi I komponentning partsial bosimi.


Agar taʻsir qiluvch massa sifatida ci kontsentratsiya olinsa, formula quyidagi


koʻrinishda boʻladi.


Agar muvozanat holidagi mollar soni ni va muvozanat holidagi molyar qism(moluar) Ni boʻlsa unda quyidagi ifodalarni olamiz:

h amda


Real tizimlar uchun muvozanat konstantasini uchuvchanlik f yoki aktivlik a orqali ifoda etiladi. Unda koʻriladigan reaktsiyalar uchun


(2.10)
Muvozanat konstantalari bir–biri bilan quyidagi oddiy nisbatlarda boladi:




Kp = Kc (RT)Δn (2.11)


Kc = Kp (RT)Δn (2.12)

(2.13)

bu yerda,


Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə