Gidroksihosilalar. Spirtlar. Fenollar. Gomologik qatori, nomlanishi olinish usullari. Tuzilishi, izomeriyasi. Fizikaviy va kimyoviy xossalari. Oddiy efirlar. Ishlatilishi



Yüklə 20,05 Kb.
səhifə3/7
tarix24.12.2023
ölçüsü20,05 Kb.
#159380
1   2   3   4   5   6   7
Gidroksihosilalar. Spirtlar. Fenollar. Gomologik qatori, nomlani-fayllar.org

Fizikaviy xossalari. Spirtlarning fizikaviy xossalari gomologik qatorda ma'lum tartibda o`zgaradi.
Gomologik qatorda spirtlarning molekulyar massasi ortib borishi bilan ularning qaynash va suyuqlanish temperaturalari, hamda zichligi asta-sekin oshib boradi. Metil, etil, propil va uchlamchi butil spirtlar suvda cheksiz eriydi. n-butil spirtdan boshlab gomologik qatorda yuqori pog`onaga ko`tarilgan sari spirtlarning suvda eruvchanligi keskin kamayadi. Quyi spirtlar o`ziga xos hidga ega. Gomologik qatordagi o`rta spirtlar o`tkir hidli, yuqori spirtlar esa hidsizdir.
Spirtlarning organizmga ta'sir kuchi ularning molekulyar massasi oshishi bilan kamayadi. Normal spirtlar tarmoqlangan zanjirli spirtlarga nisbatan ancha yuqori temperaturada qaynaydi. Uglerod atomlari soni bir xil bo`lgan birlamchi spirtlar ikkilamchi spkrtlarga nisbatan, ikkilamchi spirtlar esa uchlamchi spirtlarga nisbatan yuqori temperaturada qaynaydi Spirtlar molekulyar massalari yaqin bo`lgan tegishli uglevodorodlar va hatto galoidli alkillarga nisbatan kam uchuvchap bo`lib, suvda yaxshn eriydn, qaynash temperaturalari ancha yuqoridir. Masalan molekulyar massasi 58 u. b, ga teng n-butan 0,5°C da. molekulyar massasi 54,5 u.b. ga teng etil xlorid 12,4°C da, molekulyar massasi -60 u.b, ga tepg.n-propil spirt 970C da qaynaydi. Molekulyar massalari yaqin bo`la turib, spirtlarning uglevodorodlar va galoidli alkillarga nisbatan bunday yuqori temperaturalarda qaynashiga sabab nimaq Buning asosiy sababi spirtlarning molekulalari assotsilangan bo`lib, ular o`rtasida vodorod boglanish mavjudligidir.
Spirtning gidroksil gruppasidagi vodorod atomi qisman musbat, kislorod atomi esa manfiy zaryadlangan. Chunki kislorod bilan vodorod o`rtasidagi elektron bulutining zichligi elektromanfiy kislorod tomonga siljigan. Demak, OH gruppa qutblangandir. Shuniig uchun ham spirtlar molyokulalaridagi vodorod atomlari Bilan kislorod atomlari o`rtasida o`zaro elektrostatik ta'sirlashuv, ya'ni tortishuv vujudga keladi. Boshqacha aytgaida, molekulalararo vodorod atomi orqali bog`lanish vodorod bog`lanish vujudga keladi;

Yüklə 20,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə