Gidroksihosilalar. Spirtlar. Fenollar. Gomologik qatori, nomlanishi olinish usullari. Tuzilishi, izomeriyasi. Fizikaviy va kimyoviy xossalari. Oddiy efirlar. Ishlatilishi



Yüklə 20,05 Kb.
səhifə2/7
tarix24.12.2023
ölçüsü20,05 Kb.
#159380
1   2   3   4   5   6   7
Gidroksihosilalar. Spirtlar. Fenollar. Gomologik qatori, nomlani-fayllar.org

Izomeriyasi. Spirtlarda izomeriyaning ikki turi: uglerod skeletining izomeriyasi va gidroksil holatining izomeriyasi uchraydi. Spirtlar izomeriyasini butil spirt C4H9 ning izomerlari misolida qarab chiqamiz;


Olinishi. 1. Galoidli alkillar ishqorlarning suvdagi eritmalari bilan gidrolizlanganda spirtlar hosil bo`ladi:
R-X+NaOH R-OH+NaХ
Bunda ishqorlar reaksiyani tezlashtiradi va qaytmas qiladi
(mul'timediya Videos A4, A6, A7,Ch06,)
2. Etilen uglevodorodlarni gidratlash orqali ham spirtlar olinadi. Etilendan birlamchi, uning gomologlaridan esa ikkilamchi va uchlamchi spirtlar hosil bo`ladi.

Reaksiyalar alkenlarni H2SO4 H3PO4, ZnCl2 va boshqa katalizatorlar ishtirokida suv bilan qizdirish orqali olib boriladi.


3. Al'degid va ketonlarni aktivlangan Ni, Pt va Pd katalizatorlar ishtirokida vodorod, LiAlH4 va boshqa qaytaruvchilar bilan qaytarnsh orqali olinishi mumkin. Bunda al'degidlardan birlamchi, ketonlardan esa ikkilamchi spirtlar hosil bo`ladi:

propion al'degid n- propil spirt

metiletilketon ikkilamchi butil spirt
4. Al'degid va ketonlardan metallorganik birikmalar ta'sirida spirtlar sintez qilish laboratoriyada keng qo`llaniladi. Bu usulda olingan spirtlarning uglevodorod skeleti dastlabki olingan al'degid va ketonlarning uglerod skeletiga nisbatan ancha murakkab tuzilgandir.
Magniyorganik birikmalarping al'degid va ketonlarga birikishidan tegishli
magniygaloidalkogolyatlar hosil bo`ladi. Ularni suv bilan parchalab spirt olinadi. Magniyorgank birikmalarning chumoli al'degid Bilan ta'sirlashuvidan birlamchi spirtlar hosil bo`ladi:
Magniyorganik birikmalar ketonlar bilan reaksiyaga kirishganda uchlamchn spirtlar hosil bo`ladi:

5. Murakkab efirlarni gidroliz qilish orqali ham spirtlar olish mumkin.


Sanoatda olinishi. Metil spirtini birinchi bo`lib, yog`och sanoatida chiqindi hisoblangan qipiqni quruq haydab olingan.
Haydash natijasida yonuvchan gaz (CO, CO2, CH4, H2)lar va suyuq qism(sirka kislota, metil spirt, atseton) ajralib chiqadi. Suyuq qismni ikkinchi marta fraksiyalarga bo`lib haydab metil spirti ajraladi.
Hozirgi vaqtda sanoatda metil spirtni 90% is gazi bilan vodorod aralashmasini yuqori temperetura va bosim ostida Rux oksidi katalizatori ishtirokida olinadi:

Etil spirtini qadimda uzum suvlarini bijg`itishda hosil bo`lgan vinoni haydab olingan, shuning uchun ham vino spirti deyiladi.


Sanoatda etil spirt neftni qayta ishlash sanoatida chiqindi hisoblangan etilendan sintez qilinadi. Yog`och (selyuloza) ishlab chiqarish korxonalarining chiqindilaridan va go`zapoyani ham gidroliz yo`li bilan ko`p miqdorda spirt olinadi. Bu spirt gidroliz spirti deyiladi. Shu bilan birga kraxmalli mahsulotlarni bijg`itish bilan fermentlar amilaza, maltoza ishtirokida quyidagi sxema bo`yicha olinmoqda.
2(С6 Н10О5)n + nH2OnC12H22O11
C12H22O11+ H2O 2C6H12O6
C6H12O6 C2H5OH + 2CO2

Yüklə 20,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə