Gimnastikada umumiy va maxsus tayyorgarlik mashqlari bo‘yicha mahoratini oshirish. Reja



Yüklə 38,66 Kb.
səhifə4/4
tarix11.12.2023
ölçüsü38,66 Kb.
#146819
1   2   3   4
Gimnastikada umumiy va maxsus tayyorgarlik mashqlari bo‘yicha mahoratini oshirish.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Achilov A. Badiiy gimnastika.: Т., G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010

  2. Бирюкова Л. Хореографическая подготовка в спорте. Киев: КГИФК, 1990.

  3. Бирюк Э.В., Ovchinnikova N.A. Хореографическая подготовка в спорте. Киев: КГИФК, 1990.

  4. Борбова Г.А. Художественная гимнастика в школе.-М.: FIS, 1984.

  5. Венгерова П.Н. Федорова О.С. Средства классического экзерсиса на уроках хореографической подготовки в сложно-координационных видах спорта. O'quv-uslubiy qo'llanma -SPb.:SPbGAFK,2000.

  6. Вербова З.Д. искусство произвольных упражнений. -М.: FIS, 1967.

  7. Гавердовский Ю. Техника гимнастических упраж­нений- М: Terra-sport, 2002.

  8. Karimov М.К. Xoreografiya mashqlari va badiiy gimnastika. O'quv qo'llanma. T.:2003.

  9. Каримов М.К. Упражнения хореографии, художествен­ной гимнастики и народные игры. O'quv qo'llanma. Т.:2005.

GIMNASTIKA TAYYORGARLIK TURLARINING O'RNI
Reja:
1 . Gimnastikada tayyorgarlik jarayoni uslublari

2 .Gimnastikachi tayyorgarligining ko‘p yillik bosqichlari


3 .Gimnastikachilarni tayyorlashni boshqarish


Gimnastikada tayyorgarlik jarayoni uslublari
Sport gimnastikasi – insonning jismoniy garmonik rivojlanishida samarali vositadir. Sport gimnastikasi mashqlarini shug‘ullanuvchiga yaxshi ta’sir etishini baholash murakkab. Ular qo‘l, gavda, yelka kamarining muskul bo‘g‘im apparatini yaxshi rivojlanadi, yangi jismoniy mashqlarni o‘zlashtirish uchun sharoit yaratadi, ko‘pgina mashqlar bevosita amaliy ahamiyatga ega. Masalan, asboblardagi ba’zi ko‘tarilish va to‘ntarilishlar, ulardan sakrab tushishlar.
Sport gimnastikasi jasorat, qat’iyat, kutilmagan sharoitda mo‘ljalni ola bilishni tarbiyalaydi. U epchillik, kuch va chidamlilik kabi jismoniy sifatlarni takomillashtirishga yordam beradi. Gimnastikachi sportga rivojlanish jarayonida borgan sari murakkab mashqlarni o‘zlashtiradi. Sport gimnastikasi bilan shug‘ullanish faqatgina mushak – bo‘g‘im apparatiga, balki ichki organlariga ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumki, trenirovka qilmagan odam tayanch sharoiti uning uchun odatdagiday bo‘lmaganda, gorizontga nisbatan g‘ayritabiiy holatlarga tushganda, uning ba’zi ichki orgonlari yurak, o‘pka, oshqozoni siljiydi, natijada ish faoliyati yomonlashadi.
Sport gimnastikasi g‘ayritabiiy sharoitlarda ichki orgonlarning siljishi bilan kurashishda ajoyib vositadir.Gimnastika mashqlarini ko‘p marotaba takrorlashlar odam organizmini borgan sari tanining g‘ayritabiiy xolatini kam sezadigan bo‘ladi.
Malakali gimnastikachilarning ichki orgonlari shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan ancha kam siljiydi. Odamning boshi pastga qarab to‘ntarilganda diafragma pastga tushadi va unga qorin bo‘shlig‘i bosib qo‘yadi. Buning natijasida malakasiz gimnastikachi deyarli qorindan nafas ololmaydi, ko‘krakdan nafas olish esa qiyinlashadi. Boshni pastga qilgan holatda ko‘krak qafasi sig‘imi kamayadi, buning natijasida nafas olish qiyinlashadi va nafas chiqarish osonlashadi. Bunda o‘pkaning tiriklik sig‘imi deyarli 1 litrga kamayadi.
Trenirovka qilib yurgan gimnastikachining boshini pastga qilgan xolatdagi nafas chuqurligi trenirovka qilmagan gimnastikachiga qaraganda ko‘proq. O‘pkaning tiriklik sig‘imi to‘g‘risida ham shuni aytish mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, malakali gimnastikachi gimnastika mashqlarini bajarayotganda o‘pka ventilyatsiyasi juda ijobiy amalga oshadi, bu vaqtda bu xolatlarni yaxshi bajara olmaydigan gimnastikachida haddan tashqari zo‘riqish, nafasning ushlanishi va o‘pka ventilyatsiyasining yetishmasligi kuzatiladi. Shunday ekan, sport gimnastikasi g‘ayritabiiy tayanch xolatlarda nafas tizimi faoliyatini rivojlantirishda yaxshi vosita hisoblanadi.
Ma’lumki, asboblarda mashq bajarishda nafas olish va qon aylanishi o‘ziga xosdir. Agarda, ko‘pgina sport turlari bilan shug‘ullanganda o`pka ventilyatsiyasi va kislorod almashish ish jarayonida ishning keyingiga qaraganda ko‘p bo‘lsa, ko‘pgina gimnastika mashqlarini bajarishda buning aksidir. Masalan, Lingandning ma’lumotiga ko‘ra, turnikda qo‘llarni bukib osilish vaqtida yurak xajmi daqiqasiga 11.3 litr bo‘lsa, bevosita buni bajargandan so‘ng esa 12.3 litr. Xuddi shu muallifning ma’lumotiga ko‘ra, kislorod almashishi xuddi shu osilishni bajarilayotgan vaqtdagi bajarib bo‘lgandagisi ko‘proq (ish paytida kislorodni singdirish – 542 sm , ishdan keyin esa – 707 sm). Lekin gimnastika mashqlarining hammasi to‘g‘risida buni aytib bo‘lmaydi. Qo‘llarda tik turishni yaxshi bajaruvchi gimnastikachida ishdan keyingi o‘pka ventilyatsiyasi kislorodni singdirish va daqiqalik xajm uni bajarish paytidagiga qaraganda kamroq. Mashqlarni yaxshi o‘zlashtirgan gimnastikachi nafas fazasi bilan harakat fazasini mohirona moslashtira oladi. Natijada snaryadda nafasni ushlanishi kam bo‘ladi, shu bilan birga qisqa vaqt oralig‘ida. Nafas ritmi buzilmaydi, kislorod qarzi esa (qachonki, u paydo bo‘lganda) tez tiklanadi.
Sport gimnastikasi bilan shug‘ullanish turli atsiklik faoliyatlarda nafas fazasi bilan harakat fazasini moslashtira olish qobiliyatini tarbiyalashga ijobiy ta’sir etadi. Sport gimnastikasi mashqlari ta’sirida yurak va qon tomirlar funksiyasi rivojlanadi. Snaryadda trenirovka qilish paytida qon bosim darajasi o‘zgaradi. Birgina, qo‘llarda tortilishda qon bosimi 160 – 170 gacha ko‘tarilishi mumkin. Trenirovka qilmagan odam boshni pastga qilib aylanish bilan bog‘liq harakatlarni bajarganda boshning qon tomirlarida bosim ko‘tariladi, yuz birdan qizarishi kuzatiladi. Mashg‘ulotlar ta’sirida bu hodisalar yo‘qoladi.
Trenirovka qilib chiniqqan gimnastikachininig tana holati o‘zgarganda qon tomirlar tonusi o‘zgaradi; boshni pastga qilib aylanishi paytida qon tomir diametri qisqaradi va shuning uchun yuz qizarmaydi. Gimnastika mashqlarini bajarish natijasida qon tomir funksiyasi rivojlanadi va gimnastikachi tanasining har bir holatdagi o‘zgarishlarida qonni taqsimlashni ta’minlovchi shartli reflekslari shakillanadi. Ba’zi paytlarda oldinga yoki orqaga siltanib ko‘tarilishni bajarganda odamning markazdan qochuvchi kuchiga ta’sir etish bilan bog‘liq bo‘lgan snaryaddagi bir qator xarakatlarni va katta aylanishlarni bajarishda ham qon aylanishi o‘zgarishini kuzatish mumkin.
Yuqoridagi ko‘rsatilgan harakatlarda, ayniqsa, yuqori tezlikda bajariladigan harakatlarda markazdan qochuvchi kuch qon oyoq tomonga harakatlanadi va agar qon aylanish tartibi buzilsa bosh miyaning qon bilan ta’minlanishi kamayadi.
Trenirovka qilgan gimnastikachilar fazoda tananing tez o‘zgartirishni qon aylanishiga ta’sir etuvchi turli tezlikdagi va boshqa omillarni yengil bajara oladilar.
Shuningdek, sport gimnastikasi mashqlarining shug‘ullanuvchilar vestibulyar apparatiga ijobiy ta’sirini ta’kidlab o‘tish joiz. Ular vestibulyar apparat uchun ham qo‘zg‘atuvchi, ham trenirovka qilidiruvchi omil hisoblanadi. Ularni bajarish natijasida gimnastikachilarda tana holatining o‘zgarishiga, tezkorlik harakatiga turg‘unligi rivojlanadi. Vestibulyar apparat paydo bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi vegetativ va reflekslar sport bilan shug‘ullanmaganlarga va boshqa sport bilan shug‘ullanadiganlarga nisbatan gimnastikachilarda kamroq bo‘ladi.
Sport gimnastikasi bilan shug‘ullanuvchilarda boshqa sport turlarining turli harakatlari texnikasini shu bilan birga, ko‘pgina maishiy va mehnat harakat malakalari texnikasini ham tez o‘zlashtirish qobiliyati rivojlanadi, gimnast trenirovka jarayonida harkatlarning katta qismini o‘zlashtiradi, katta harakat tajribasini oshiradi va shuning uchun har bir harakat malakasini tez o‘zlashtiradi.
Sport gimnastikasi shug‘ullanuvchilarda dadillik va qat’iyatlilik kabi sifatlarni namoyon bo‘lishiga yordam beradi. Ma’lumki gimnastikachilar ko‘pincha qo‘rquv, himoya refleksi tormozlanishi uni yengishga majburlovchi xavfli elementlarni o‘zlashtirishga to‘g‘ri keladi. Ular yuqori balandlikdan sakrab tushishni, ancha yuqori qarshiliklarni turli usullar bilan yengishni, yuqori tezlikda aylanib snaryadni qo‘yib yuborishi va yana uni ushlab olishni, qisqa tayanch maydonida muvozanat saqlashni va boshqalarni bajarishlariga to‘g‘ri keladi. Bu harakat tajribasi gimnastikachiga ko‘pincha bebaho xizmat harakat vazifalarini teng sharoitda kimning tajribasi ko‘p bo‘lsa, o‘sha muvaffaqiyatli yecha oladi.
Sport gimnastikasi bilan shug‘ullanuvchilar qancha ko‘p trneriovka qilsa, shuncha katta muvoffaqiyatga erishadilar, salomatliklari qancha mustahkam bo‘lsa, jismoniy rivojlanish ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Mubolag‘asiz aytishimiz mumkinki, yoshlarning sportdagi yutuqlari ularning salomatliklari va jismoniy rivojlanishi ko‘rsatgichi hisoblanadi.

Gimnastikachi tayyorgarligining ko‘p yillik bosqichlari




Asosiy vazifalarni tobora murakkablashish belgisiga qarab tayyorgarlikning alohida bosqichlarini ajratish tashkiliy va pedagogik asoslangan. Keltirilgan maxsus adabiyotlarda to‘rtta bosqich belgilangan: saralash va boshlang‘ich tayyorgarlik, maxsuslashtirilgan tayyorgarlik, yuqori muovfaqqiyatlarga erishi va yakuniy. Asosiy vazifalarga qarab bosqichlar davrlarga bo‘linadi. Gimnastikachi muvoffaqiyatining darajasi o‘zlashtirilgan dasturning hajmi va murakkabligi bilan xarakterlanadi. Dastur materiallarini o‘zlashtirish gimnastikachi yoshini hisobga olib rejalashtiriladi. Sport gimnastikasi rivojlanishining zamonaviy bosqichida ko‘p yillik trenirovka jarayoni yangi kelgan bolalar hisoblangan tayyorgarlikning yagona tizimi deb qarash kerak. Mazkur sport turi uchun xarakterli hisoblangan ilk ixtisoslik yosh gimnastikachilarning yoshini hisobga olgan holda muhim xususiyatlarni hisobga olishini mo‘ljallaydi. Yosh gimnastikachilar tayyorgarligi tizimi ilgari qandayligini ko‘rib chiqilganda gimnastikachilar tayyorgarligining umumiy tizimidan alohida bo‘lishi maqsadga muvofiq emasligi ma’lum bo‘ldi. Har bir bosqichda yechiladigan, asosiy yo‘nalish vazifalar bosqichining nomida aks etadi. Saralash va boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida gimnastika guruhiga bolalarni dastlabki saralab olish bilan amalga oshiriladi. Bolalar bilan ishlash jarayonida sport maktablarida keyinchalik mashg‘ulot olib boruvchi yangi qobiliyatli bolalar tanlab olinadi. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichi shug‘ullanuvchilarni tayanch harakat apparatining garmonik rivojlantirish maqsadidadgi turli-tuman umumrivojlantiruvchi mashqlar qo‘llanilishi bilan xarakterlanadi. Yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish elementlari ishtirok etgan harakatli o‘yinlardan foydalaniladi. Asta sekin aniqlik va harakat koordinatsiyasi elementlari kiritiladi. Bolalar yutuqlari ishlab chiqilgan tenglamalar bilan baholanadi. Bolalarga ularga tanish bo‘lgan “kim tezroq”, “kim yuqoriroq”, “kim aniqroq”va shunga o‘xshash kabi harakatlar tavsiya etiladi. Bosqichning oxirida gimnastika ko‘pkurashi turlaridagi mashqlar qo‘llaniladigan maxsus mashg‘ulot boshlanadi. Texnik tayyorgarlik poydevori quriladi – yosh gimnastikachilar uchun klassifikatsion dasturga kiruvchi, oddiy, tayanch va yengil sharoitlarda bajariladigan tuzilishi bo‘yicha ancha murakkab elementlar o‘zlashtiriladi (masalan batutda salto, paralonli chuqurga sakrash bilan). Boshlang‘ich bosqichining eng muhim vazifasi shug‘ullanuvchida sadoqat va butun umrga sevimli bo‘lib qoladigan sport turi sifatida gimnastikaga mehr-muhabbat hissini tarbiyalash hisoblanadi. Albatta, keyingi bosqichlarda bu hissiyotlar har taraflama yuqori darajada rivojlanishi kerak. Maxsus tayyorgarlik bosqichi gimnastika maktabi o‘zlashtirilganiga qaraganda guruhlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Maxsus tayyorgarlik birinchi o‘zlashtirilgan elementlarning ko‘pchiligiga bog‘liq. Tayanch elementlar tayanch kombinatsiyalarda shakllanadi. Bu kelajakdagi murakkab individual kompozitsiyaning asosidir. Asosiy harakat sifatlarini tarbiyalash maqsadida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalaridan foydalaniladi. Gimnastikachilar trenirovkasida, ayniqsa, guruhlashtirilgan maxsus tayyorgarlik davrida mazkur bosqichni to‘g‘ri rejalashtirish va tashkil qilish ularning kelajakdagi sportda muvaffaqiyatlarga erishishlarida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Bosqich sport ustasi nomzodi va sport ustasi dasturi o‘zlashtirilganda yakunlanadi. Istiqbolli trenirovka nafaqat xalqaro gimnastika federatsiyasi (XGF) tasdiqlagan majburiy dastur bo‘yicha, balki ixtiyoriy dastur bo‘yicha ham (mashq kompozitsiyasiga qo‘yilgan maxsus talablarni hisobga olib) o‘zlashtirishni talab qiladi. Mazkur bosqichda ayollar va erkaklarda ustalikning o‘sish tezligi orasidagi farq ancha sezilarlidir. Ayollar erkaklarda 3-4 yil oldin sport ustasi bo‘ladilar. Gimnastikachining individual imkoniyati va harakat qobiliyati, ularning istiqboli aniq namoyon bo‘ladi.
Mashg‘ulotning keyingi yillarida, yuqori muvaffaqiyatlar bosqichida gimnastikachilar erkin mashqlarni eng yuqori darajaga yetkazish xalqaro toifadagi sport ustasi kabi faxriy unvonni qo‘lga kiritishga harakat qiladilar. Ko‘p yillik tayyorgarlikning keyingi darajasiga o‘tish yuqori natijalarning barqaror bo‘lishidir.
Tajribali sportchi faxriylarda yuqori muvoffaqiyatga erishish ancha uzoqqa cho‘zilishi mumkin. O‘zbekistonning taniqli gimnastikachilari Galina Shamray, Sergey Diomidov, Elviq Saadi, Oksana Chusovitinalarning olimpiadadagi bir necha marta qatnashganligi buning isbotidir.
Yuqori sport natijalari namoyish qilish davridan keyin ko‘rsatgichlarning barqarorligi va asta sekin pasayishi gimnastikachining yakuniy bosqichiga o‘tayotganini ko‘rsatadi. Bu bosqich musobaqalar tugagandan keyin shaxsiy trenirovkalarni davom ettirib uzoqroq cho‘zilishi mumkin. Gimnastika bilan ancha keyin shug‘ullanishni boshlaganda bosqichlilik prinsipi hodisalarni istisno qilmasligini hisobga olish zarur.
Biroq gimnastikachi o‘zining tayyorgarligida ustalik darajasining barcha bosqichlaridan o‘tishi kerak. Albatta yoshi katta yangi kelganlarning boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida ancha miqdordagi kuch mashqlaridan foydalaniladi, yuqori muvoffaqiyatlar bosqichida esa ancha oddiy vazifalar – razryad yuklamalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, har bir bosqich va davrda umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlariga katta o‘rin ajratiladi.
Gimnastikachilarni tayyorlashni boshqarish
Gimnastikachilarni tayyorlash va uni boshqarishni bir-biri bilan bog‘liq qismlar deb qarash lozim. Olimpiada orasidagi to‘rt yillik davridagi gimnastikadagi natijalarni tavsiflaymiz.
Sport amaliyotida bashorat qilish uslubi - ekstropolyatsiya uslubi, ekspert baholash uslubi va modellashtirish uslubi eng ko‘p qo‘llaniladi. Bashorat qilish tufayli gimnastikachi muvoffaqiyati darajasi aniqlanadi va kuchli sportchi modeli yaratiladi.
Tayyorgarlik parametrlarini modellashtirish faqatgina kuchli gimnastikachi modelini yaratibgina qolmay, balki trenirovka yuklamalari, turli vaqt oralig‘idagi mashqlar soni, musobaqalar miqdori va boshqalar kabi eng muhim ko‘rsatgichlarni aniqlashni nazarda tutadi.
Kuchli sportchi modelini ishlab chiqish mo‘ljal sifatida katta ahamiyat kasb etadi, u bilan modelning eng yaxshi darajasiga yetish uchun zarur bo‘lgan ustalikning o‘sish tezligi aniqlanadi va shaxsiy natijalari solishtiriladi.
Gimnastikachi tayyorgarligining asosiy umumlashiruvchi ko‘rsatgichi uning musobaqa faoliyatining ballarda ifoda etilgan samaradorligi hisoblanadi.
Texnik tayyorgarlik o‘z navbatida funksional va psixologik tayyorgarlikka, morfometrik xususiyatlarga va sport stajiga bog‘liq bo‘lgan modelli tavsif bilan zich bog‘langan jismoniy tayyorgarlikning poydevoriga tayanadi. Modelli tavsif grafika ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Mamlakat terma jamoalariga nomzodlarni saralab olish muammosi ekstraklass gimnastikachi modeli xarakteristikasiga yaqin keluvchi gimnastikachilarni qidirishga olib keladi. Aslida, sportchilar turli bosqichlarda qo‘llaydigan nazorat mashqlari va yuklamalari hamda tayyorgarlikning turli tomonlarini testlash maqsadida namuna bilan haqiqiy ko‘rsatgichlarni solishtirishga imkon beradi. Gimnastikachining yo‘nalishidagi har bir qadam va har bir bosqichiga istiqbolli saralash maqsadida model – idealchi asta-sekin yaqinlashuvchi gimnastikachining jismoniy va funksional tayyorgarligi, texnik mahorat ko‘rsatgichining ma’lum darajasiga muvofiq bo‘ladi.
Tajribali trenerlar klassifikatsion dastur bilan chegaralanib qolmaydi va o‘zining qo‘l ostidagilarining tayanch tayyorgarligini kengaytiradi. Saralash masalasini kelajakda ishlab chiqish, shubhasiz, shug‘ullanuvchilarning imkoniyatlari va yosh xususiyatlariga qarama-qarshi ta’sir etmaydigan va bir bosqichdan keyingi bosqichga o‘tishni ta’minlaydigan darajaga, gimnastikachilar tayyorgarligining muvofiqligi yoki nomuvofiqligi to‘g‘risida aniq ma’lumot beruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlash bilan bog‘liq.
Gimnastikachilarni saralab olish konsepsiyasi to‘g‘risidagi umumiy tushunchasi “yuqoridan - pastga” dasturi “razvetka” prinsipi bo‘yicha (bosqich bo‘yicha: boshlang‘ich tayyorgarlikning tayanch elementlaridan kelajakdagi “ideal” gimnastikachining modelli mashqlarigacha) va “pastdan yuqoriga” prinsip bo‘yicha dasturni tez o‘zlashtirishga qodir bo‘lgan qobiliyatni sportchilarni izlash tizimini ifodalash mumkin. Saralash to‘g‘risida “Sport gimnastikasida saralashni tashkil qilish” ma’ruzasida ko‘proq ma’lumot berilgan.
Tayyorgarlik maqsadi ishining mazmunini belgilaydi. Tayyorgarlikning maqsadi, masalan, respublikaning terma jamoasida mas’uliyatli xalqaro musobaqalarda muvoffaqiyatli chiqishlar bilan Vatanimizning shuhrati va o‘zbek sportini g‘ururini ko‘tarishdan iborat. Sportda bu intilish Olimpiada o‘yinlarida, Jahon va Yevropa, Osiyo chempionatlarida, yirik xalqaro turnirlarda jamoa va yakka birinchiliklarda yutib chiqishdir.
Bu maqsad gimnastikachi, trener va rahbarning birgalikda jiddiy faoliyat yuritishni belgilaydi. Boshqachasiga aytganda, yuqori natijalar stoliga erishishga da’vo qilmaydigan gimnastikachining oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni ifoda etadi.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi va xizmatiga tayyorgarlik, jismoniy barkamollikka erishish, salomatlikni mustahkamlash – shular shug‘ullanuvchi oldiga qo‘yishi mumkin bo‘lgan asosiy maqsad. Gimnastikaning yo‘lini to‘g‘ri tanlab olish uchun bashorat qilish – kelajak to‘g‘risida ilmiy asoslangan ma’lumotlar zarur. Gimnastikada birinchi navbatda ixtiyoriy mashqlar mazmunini bashorat qilish muhimdir.


Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Morgunova I.I. Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi – Tashkent, 2011 y. 238-245 b.

  2. Сушко Г.К.Гимнастика и методика её преподавания T.: ILMZIYO.-2012 г. 104 c.

Qo‘shimcha adabiyotlar 1. Yefimenko A.I., Yo‘ldashev Q.Q., Umarov M.N. Gimnastika darsining samaraligini oshirish usullari. Tashkent, 1995 g
2.Tulenova X.B., Malinina N.N., Inozemseva L.A. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni (URM) o‘rgatish metodikasi. Tashkent, 2005 y.

  1. Cross Fit. Gymnastics training guide. Copyright 2015.Маzmunidan olindi.

Yüklə 38,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə