Gimnastikada umumiy va maxsus tayyorgarlik mashqlari bo‘yicha mahoratini oshirish. Reja



Yüklə 38,66 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü38,66 Kb.
#146819
  1   2   3   4
Gimnastikada umumiy va maxsus tayyorgarlik mashqlari bo‘yicha mahoratini oshirish.


Gimnastikada umumiy va maxsus tayyorgarlik mashqlari bo‘yicha mahoratini oshirish.
Reja:




  1. Umumrivojlantiruvchi mashqlar (URM).

  2. Erkin mashqlar va ularning qo’lanilishi.

  3. Akrobatik mashqlar.

  4. Sakrashlar.

Maxsus ishlab chiqiigan harakat shakllari gimnastika vositalari (mashqlari) hisobianadi. Ular yordamida insonning hayotiy muhim harakatlantiruvchi jismoniy sifatlari tarbiyalanadi va rivojlantiriladi. Ko‘pgina mashqlar odamning mehnat, harbiy va turmush faoliyati (yurish, yugurish, tirmashib chiqish, sakrash, emaklash, muvozanat saqlash, uloqtirish, to‘siqiardan oshib o‘tish, yuk tashish va shu kabilar)dan olingan.1
Jismoniy madaniyat va sport amaliyoti fanining rivoj topishi bilan butun bir harakatlantiruvchi faoliyatdan ajratib olingan harakatlardan iborat mashqlar paydo bo‘la boshladi. Bu mashqlar, asosan. harakat asoslarini o‘rgatish uchun, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, turli pedagogik maqsad va vazifalarni echish uchun qo‘llaniladi. Gavdaning ayrim a’zolariga mo‘ljallangan hamda turli gimnastika jihozlarida bajarilgan mashqlar shular qatoriga kiradi.
Gimnastika mashqlari bilan shug‘ullanuvchilarning tayyorgarligiga va pedagogik vazifalarni echish uchun ulardan foydalanishda orttirilgan tajribalarni nazarda tutib guruhlanadi. Mashqlar an’anaviy ravishda quyidagi gimnastika vositalariga ajratiladi:
Ushbu tarzda gimnastika vositalarini guruhlarga taqsimlanishi:

  1. Saf mashqlari - murakkab bo‘lmagan harakatda shug‘ullanuvchilar uchun mo‘ljallangan mashq bajarish jarayoni. Sanash va musiqa jo‘rligida yurish, yugurish, qad-qomatni to‘g‘ri tutish, rit- mik harakatlarga oid ko‘nikma hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Saf mashqlari bir tomonidan jismoniy harakat mashg‘ulotlari (mashg‘ulotning jamoa shakllari)ni uyushtirish usuli sifatida foydalanilsa, iklcinchi tomondan esa undan inson tana a’zolarini shakllantiradigan va rivojlantiradigan, uyushgan xatti-harakat ko‘nikma va malakalarni tarbiyalaydigan muayyan harakatlantiruvchi faoliyat sifatida foydalaniladi.
    2. (Umumrivojlantiruvchi) Bu mashqlar tayanch, sportga xos rokn-rol, aerobika, sheyping, gimnastrada, gigiyenik, atletik va ritmik gimnastikani o‘z ichiga oladi. Gimnastikaning bu turlari shug‘ullanuvchilarni har tomonlama garmonik jismoniy kamolotga etkazish, bahri dilini yayratish, salomatligini mustahkamlash va harakat faoliyatlarini tarbiyalash, takomillashtirish hamda gimnastikani targ‘ibot- tashviqot qilish maqsadida qollaniiadi. Ular gimnastika jihozlari vositasida, alohida guruh mashqlar to‘plami shaklida ham bajarilishi mumkin. SHunday qilib, dastlabki umumrivojlantiruvchi mashqlar insonga ko‘nikma va malakalarni egailab olish imkonini beradi, inson shu yo‘sindagi faoliyatida o‘z mushaklarini harakatlantirish qobiliyatini takomillashtirish maqsadida har qanday harakat murakkabligiga ega bo‘lgan yaxlit harakatlantiruvchi faoliyatni takrorlashda foydalanadi.
    Qo‘shimcha mashqlarga quyidagilar kiradi: ish kuni tartibidan o‘rin olgan gimnastika insonlarni sog‘lomlashtirish va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladigan, korxonalardagi gim­nastika (mehnatda, mudofaada, o‘qish-aqliy mehnat va sport faoliyatida yuqori natijalarga erishishda vosita sifatida qo‘llaniladigan), maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rish uchun qoilaniladigan kasbiy- amaliy, harbiy-amaliy va sport-amaliy gimnastikasi; davolash- jismoniy mashqiarning asosiy qismi bo‘lgan (turli kasallikka chalingan va jarohat olganlarni davolash uchun qo‘llaniladigan, mehnat qobiliyati va salomatlikni tiklashga yordam beradigan davolash) gimnastika. Ushbu mashqlar maxsus jihozlar (arqon, langarcho‘p, yakkacho‘p, gimnastik o‘rindiqlar, devorlar)dan foydalanib bajariladi. Uning yordamchi mashqlari bilan ochiq gimnastika maydonchalaridagi standart-nostandart jihozlarda yashash, dam olish, istirohat bog‘lari va shahardan tashqaridagi hordiq chiqarish maydonlarida shug‘ullanish mumkin.

3. Еrkin mashqlar sport gimnastikasini bir turi bo‘lib, umumrivojlantiruvchi vosita sifatida chidamlilikni tarbiyalash va rivoj- iantirish, muvozanatni saqlash uchun foydalanadi. Mashqlar texnikasini aniq bajarish, musiqa jo‘rligida bajariladigan mashqlarni estetik zavq bilan bajarishni ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. Mashg‘ulot va sport kompozitsiya elementlarini tarbiyalashda sportchilaming ijodiy imkoniyatlari ko‘lamini rivoj la ntiradi.

Yüklə 38,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə