Gistologiya, stitologiya va


klatringa bog’liq bo'lmagan endotsitoz



Yüklə 12,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/296
tarix23.09.2023
ölçüsü12,68 Mb.
#123101
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   296
Gistologiya Sitologiya embriologiya

klatringa bog’liq bo'lmagan endotsitoz
yordamida yutilishi mumkin. Bunda plazmolemma 
kaveolalar
deb 
ataluvchi mayda (diametri 50-80 nm) pufakchalar hosil qilib, ular 
yordamida moddalarni yutadi. Kaveolalar hosil bo‘lish mexanizmi 
kaveolin, ba'zi hollarda esa 
flotillin 
oqsillariga bog‘liq boMib, 
kaveola orqali endotsitoz ko‘pchilik hujayralar uchun xosdir. Ular 
ayniqsa endoteliy hujayralarida juda ko'p uchraydi va bu erda 
yirik makromolekulalami tashish uchun xizmat qiiadi.
Ekzotsitoz (sekretsiya) -
bu hujayra ichidagi sekretor 
vezikulalardan (masalan, sinaptik pufakchalardan) yoki sekretor 
donachalardan (granuladan) moddalaming hujayradan tashqariga 
chiqarish 
jarayonidir. 
Dastavval 
pufakcha 
yoki 
donacha
47


plazmolemma ostiga qarab suriladi. So‘ngra vezikula membranasi 
plazmolemmaga yopishadi va u bilan qo‘shiladi (“doking” ro‘y 
beradi, ingl. dock - qo‘shilish, joylashish). Pufakcha (granula) 
mahsuloti tashqariga chiqadi va uning membranasi esa qayta 
tiklanib, plazmolemmaning tarkibiy qismiga aylanadi. Ekzotsitoz 
natijasida membranalarning birlashishi qiyin jarayon. Hujayra 
membranasi manfiy zaryadlanganligi uchun membranali tuzil­
malar u bilan birlashmasdan, balki bir-biridan itariladi. Shuning 
uchun ekzotsitoz membrana oqsillarning birlashishini ta’minlov­
chi maxsus fuzogen oqsillar yordamida kechadi. Sekretsiya 
jarayoni 
konstitutiv (o‘z-o‘zidan) 
va m a’lum bir 
tartibli 
bo‘lishi 
mumkin. Konstitutiv sekretsiyada pufakchalar hech qanday 
qo‘shimcha signalsiz, o ‘z-o‘zidan muntazam ravishda plazmo­
lemma bilan qo‘shiIib, mahsulotni tashqariga chiqaradi. Bosh- 
qariladigan yoki tartibli sekretsiyada esa pufakchalar plazmo­
lemma ostida to ‘planib turadi, ammo ular membranalarining bir- 
biri bilan qo‘shilishi va ekzotsitoz ro‘y berishi uchun albatta 
qo‘shimcha signal talab qilinadi. Aksariyat k o ‘pchilik hollarda 
sitozolda Ca2+ ionlari kontsentratsiyasining oshishi ana shunday 
signal bo‘lib xizmat qiiadi.
Transsitoz 
- bu makromolekulalarning hujayra orqali 
transporti bo‘lib, bunda endotsitoz jarayonining tezkor va 
samarador ekzotsitoz jarayoni bilan almashinishi kuzatiladi. 
Transsitoz odatda kaveolalar ishtirokida kechadi. Kaveolalar 
hujayraning apikal va bazal qismlari orasida qatnovchi transport 
pufakchalarini hosil qiiadi. Bu pufakchalar har bir transport siklida 
apikal 
plazmolemmadan 
ajraladi 
(endotsitoz) 
va 
bazal 
plazmolemma bilan qo‘shiladi (ekzotsitoz). Shunday qilib, 
transsitoz jarayonida apikal plazmolemmada endotsitoz yo‘li bilan 
yutilgan makromolekulalar biror bir o ‘zgarishsiz ekzotsitoz 
mexanizmi orqali hujayraning bazal yoki yon qismidan tashqariga 
chiqariladi. Transsitoz ayniqsa endoteliy hujayralari uchun xos 
bo‘lib, u orqali makromolekulalar qon tomirlaridan to ‘qimalarga, 
va aksincha, to ‘qimalardan qonga transport qilinadi.
48



Yüklə 12,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə